19-mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, professor Botir Daminov talaba-yoshlar uchun «Ma’rifat darslari»ni boshlab berdi.
Ushbu darsda talabalar hozirgi kundagi siyosiy yangiliklar, yurtimizdagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar haqida foydali ma’lumotlar oldi.
Jumladan, darsda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga tashrifi, ikki mamlakat Prezidentlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, tashrif doirasida imzolangan qator bitimlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o’tkazilgan Korrupsiya qarshi Milliy Kengash yig’ilishi, qishloq xo’jaligida xalqaro hamkorlikdagi loyihalar taqdimoti, aholi bandligi, investitsiya va eksport ko’rsatkichlari bo’yicha taqdimot, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi, Gruziya Bosh vazirini qabul qilganligi, Gruziya bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tadbirlar tafsilotlari talaba-oshlarga yetkazildi.
Dars davomida Davlatimiz rahbarining barcha sohalarga jumladan, tibbiyot va oliy ta’lim sohalariga ham bo‘lgan e’tibori, amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, ““O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, ““Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.



