Hujjatlar https://akadem.ilmiy.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 

Ushbu dastur 40 yoshgacha bo’lgan yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy ob’yektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun qoʻyiladigan shartlar:

– Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;

– 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;

– Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;

– Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha boʻlishi.

Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

“Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha batafsil ushbu havolada tanishib chiqishingiz mumkin (https://akadem.ilmiy.uz/) hujjatlar 1-apreldan 30-aprelgacha platforma orqali qabul qilinadi.