4-aprel kuni Central Asian University’ning EDVENT Hall zalida sun’iy intellekt sohasidagi eng ilg‘or loyihalarni jamlagan xalqaro mukofot — “AICA Awards 2025 named after Al-Khwarizmi” tantanali yakuniy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ilg‘or Texnologiyalar va Strategik Tashabbuslar Markazi xodimlari “Homila AI” , “School of Autism” va “KidneyGuard” loyihalari bilan “Sun’iy intellekt yordamida sog‘liqni saqlashdagi eng yaxshi innovatsiya” nominatsiyasi doirasida final bosqichida ishtirok etishdi.

Loyihalar finalda muvaffaqiyatli taqdim etilib, tibbiyot va ijtimoiy sohalarda sun’iy intellektdan foydalanishdagi yutuqlari namoyish etildi. Tanlovda ishtirok etish jamoalar uchun o‘z g‘oyalarini keng auditoriyaga yetkazish va soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatini berdi.

AICA Awards 2025” — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston mutaxassislarini bir platformada jamlab, sunʼiy intellekt sohasidagi tendensiyalarni muhokama qilish va yangi hamkorliklarni yoʻlga qo‘yish imkonini berdi.

Finalda ishtirok etgan jamoalarni tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!