2025-yil 25-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida “Urganch-2030” II-Xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 10 nafar talabalardan iborat jamoa ishtirok etdi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra ishtirok etgan barcha institut talabalari g’oliblikni qo’lga kiritib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar va diplomlar bilan taqdirlandilar:
- Abdulazimov Shoxrux Azamat o‘g‘li – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 426-1P-guruhi talabasi – “Otorinolaringologiya” fanidan 1-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Rasulova N.A. - Nartadjyieva Sabina Shavkatovna – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 228-DI-guruhi talabasi – “Anatomiya” fanidan 2-o’rin.
Ilmiy rahbar: Anatomiya kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.f.d. (PhD) Primova G.A. - Muxtarov Azizbek Ilyos o‘g‘li – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 202-DI-guruhi talabasi – “Biokimyo” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi dotsenti, t.f.n. Rashidova D.A. - Djurayeva Zulfiya Baxtiyarova – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 623-2P-guruhi talabasi – “Pediatriya” fanidan 2-o‘rin.
Ilmiy rahbar: 2-son Gospital pediatriya va xalq tabobati kafedrasi dotsenti, t.f.n. Kuryazova Sh.M. - Qobiljonova Dilshoda Shuhratjon qizi – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 533-1P-guruhi talabasi – “Dermatolovenerologiya” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Teri-tanosil kasalliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi assistenti Pulatova S.X. - Xazratqulov Adham Arslon o‘g‘li – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 337-DI-guruhi talabasi – “Farmakologiya” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Farmakologiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Yunusov A.A. - Ma’rufova Hurriyat Suvon qizi – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 504-DI-guruhi talabasi – “Yuqumli kasalliklar” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Xayrullina A.X. - Xasanov Akmal O‘ktam o‘g‘li – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 602-1P-guruhi talabasi – “Bolalar xirurgiyasi” fanidan 3-o‘rin.
Ilmiy rahbar: Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti Ismadiyarov B.U. - Abdurashitova Ziyoda Asanovna – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 426-1P-guruh talabasi – “Oftalmologiya” fanidan “Eng yaxshi amaliy ko‘nikmalar” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Oftalmologiya va bolalar oftalmologiyasi kafedrasi assistenti Boboxa L.Yu. - Maxmudaliyeva Durdona Alisher qizi – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 406-1P-guruhi talabasi – “Patologik anatomiya” fanidan “Eng yaxshi nazariy material taqdimoti” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Patologik anatomiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Karataeva L.A.
Institut jamoasi g‘oliblikni qo’lga kiritgan talabalar va ularning ilmiy rahbarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.


