2025-yil 16-aprel kuni Olmaota shahrida (Qozog‘iston) joylashgan S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoqiston milliy tibbiyot universitetida tibbiyot oliygohlarining 1-3-bosqich talabalari o‘rtasida klinikoldi bazaviy fanlar bo‘yicha Xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazildi.

Nufuzli xalqaro olimpiadada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Anatomiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD) Primova G.A. rahbarligidagi quyidagi institut talabalari jamoasi ushbu nufuzli musobaqada munosib ishtirok etdi:

  1. Abdullayeva Yayra – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 130-DI-guruhi talabasi;
  2. Baxodirova Malika – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 228-DI-guruhi talabasi;
  3. Yusupov Jasurbek – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 226-DI-guruhi talabasi;
  4. Abdivohidov Ibrohim – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 226-DI-guruhi talabasi;
  5. Boboqulov Abdulloh – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 226-DI-guruhi talabasi;
  6. Maxmatqulov Shohrux – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 218-1P-guruhi talabasi.

Xalqaro tanlov natijalariga ko’ra o’zining nazariy bilimi va amaliy ko‘nikmalarini yuksak darajada namoyon qilgan institut talabalari faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

Institut jamoasi g‘oliblikni qo’lga kiritgan talabalar va ularning ilmiy rahbarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda ularga kelgusi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi.