Institutda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2024/2025 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026 o‘quv yilida qayta taqsimotga koʻra ajratiladigan taʼlim grantlari tasdiqlandi.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida 2025/2026 o‘quv yili uchun qayta taqsimotga ko‘ra ajratiladigan taʼlim grantlari toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.