Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2024-yil 18-martdagi 81-son hamda 2024-yil 17-iyuldagi 238-son buyruqlariga asosan 2024/2025 o’quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga qabul boshlanganligi to’g’risida e’lon qilmoqda.
2024/2025 o’quv yili uchun birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura) qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/iP4VjAF4ok72qXWw6
Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga qabul 2024 yil 5 avgustdan 20 avgustgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2024/2025 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.
Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
“Call-center” telefon raqami:
+99878 150-51-51.
“Call-center”ning ish rejimi:
dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;
tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga kirish imtihonlari og’zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga kirish test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
MUHIM! Birlamchi maqsadli ixtisoslashrish kurslari (internatura)ga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog’liqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantirilgan talabnomalarga asosan umumiy amaliyot shifokorlari qabul qilinadi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining 3-xatboshi).
2024/2025 o ‘quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining birlamchi maqsadli ixtisoslashuv (internatura) kurslariga mutaxassisliklar bo’ yicha qabul qilish parametrlari
2024/2025 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining birlamchi maqsadli ixtisoslashuv kurslariga (internatura) «Tibbiy psixologiya va psixoterapiya» va «Narkologiya»mutaxassisliklari bo’yicha qabul qilishning qo’shimcha parametrlari
2024/2025 o’quv yilida birlamchi maqsadli ixtisoslashuv (internatura) kurslaridatahsil olish uchun mutaxassisliklar ro’yxati