Klinik ordinatura bo’yicha qabul komissiyasiga topshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati:
1. Klinik ordinatura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda institut rektori nomiga ariza (ariza namunasini ro’yxatdan o’tganda yuklab olish mumkin – yuqoridagi havola);
2. Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjat (yoki diplomgan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun);
3. Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning (yoki diplomgan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) ilovasi;
4. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
5. Pasport;
6. Chet tilini bilish darajasi haqidagi milliy (Davlat test markazi sertifikati) yoki xalqaro (IELTS, TOEFL, Cambridge Assessment English FCE, Goethe-Zertifikat, TestDAF, DSD, DELF, TCF) sertifikat (mavjud bo’lsa);
7. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (mavjud bo’lsa).