Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, 100140, Yunusobod tumani, Bog`ishamol ko’chasi, 223.
2022/2023 o’quv yili uchun klinik ordinatura qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://forms.gle/s528rd6CAeiNx8CF9
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2022/2023 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.
Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
“Call-center” telefon raqami:
+99878 150-51-51.