Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ustaviga asosan faoliyat yuritadi.

Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan tasdiqlangan mutaxassisliklar bo‘yicha doktorant, tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar tayyorlash huquqiga ega.

Tadqiqotlar olib borilishini ta’minlash uchun Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, natijalari “Pediatriya” va “Yevrosiyo Pediatriya axborotnomasi” ilmiy-amaliy jurnali tibbiyot jurnallarida chop etilib, natijalarini ilmiy maqolalarda e’lon qiladi. Doktorantura va tayanch doktorantura faoliyati vazirlikning ushbu sohaga oid tavsiya va yoʻnalishlari asosida amalga oshiriladi.