Hozirgi vaqtda magistratura bo’limi faoliyati ikki shtat birligi (bo’lim boshlig’i va metodist) asosida amalga oshirilmoqda.
Oliy o’quv yurtida kadrlar tayyorlashning milliy modeli vazifalari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga muvofiq magistratura bo’limi faoliyatining maqsadi tegishli mutaxassislik bo’yicha kasbiy, huquqiy, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur o’zlashtirgan va jamiyat, davlat va oila oldidagi mas’uliyatini anglagan yuqori malakali mutaxassislar-magistrlar tayyorlashni tashkil etishdan iborat.
Magistratura bo’limiga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagi vazifalar yuklatilgan:
magistrlar tayyorlash, ularning ta ‘lim va o’ qitish sifatini nazorat qilish bo ‘yicha o’ quv jarayonini tashkil etish va ta ‘minlashga ko’ maklashish;
o ‘quv-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlari o ‘tkazilishini ta’ minlash;
magistrlar tayyorlash masalalari bo ‘yicha oliy ta’ limning barcha bo ‘ linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni amalga oshirish;
magistrlarni o ‘qitish va ishga joylashtirish jarayoni ustidan tizimli monitoring olib borish, magistrlar tayyorlash masalalari bo’ yicha muntazam hisobotlarni tahlil qilish va tayyorlash.