28-sentyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Xon atlas” festivali bo’lib o’tdi.
2023-yil 29-sentyabr kuni Adiblar xiyobonida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Talabalar ligasi sport musobaqalari doirasida (12-21 sentyabr) sportning mini-futbol turi bo‘yicha institutda taxsil oluvchi bakalavriyat talabalari ishtirokida musobaqalar ikkinchi tur saralash baxslarida 320 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.
2023 yil 29 sentabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 1-oktabr –“Ustoz va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlab “Qalbi daryo ustozim” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.
6-oktyabr kuni Adiblar xiyobonida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining «Zakovat» intellektual klubi 2023 yil 9 oktabrdan boshlab «Zakovat» intellektual turnirining yangi kuz-qish mavsumi uchun ro’yxatga olish boshlanganligini ma’lum qiladi.
Quyidagi havola orqali jamoaviy ro’yxatdan o’ting:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfa8MDE8fl6Jjg1wGK7zh0TCQsfd9uq7jHvFD1zWOthey-oaQ/viewform?usp=sf_link
9-oktabr kuni Xotin-qizlar maslahat Kengashi tomonidan institut talaba-qizlari o’rtasida «Zakovat» intelektual o’yini bo’lib o’tdi. Tadbirda institutning faol talaba-qizlardan iborat «Pediatr», «Aorta», «Eksklyuziv» va «Ko’k choy» jamoalari o’zaro bellashdilar. Bellashuv so’nggida g’olib bo’lgan jamoa a’zolariga esdalik sovg’alar va sertifikatlar topshirildi.
11 oktyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Abu Ali ibn Sino maydonida talabalar safiga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talabalarning ota-onalari hamda 1 –kurs talabalari ishtirok etdi.
Institut psixologi G.S.Djumanova tomonidan 13 oktyabr kuni talabalarga «Muloqot sirlari» nomli trening tashkil qilindi. Treningda asosan bir- birini qo‘llab-quvvatlash, tinglash kabi xislatlarni kuchaytirish sirlari haqidagi o‘yin mashqlari o‘tkazdi.
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli mas’ul tashkilotlar hamkorligida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda “Eng yaxshi o‘zbek tili targ‘ibotchisi”, “O‘zbek tili – qalbim g‘ururi”, “Men o‘zbek tilini yaxshi ko‘raman” nominatsiyalari bo’yicha O’TM talabalari bellashuv olib bordi.
Tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabas Maehwa Gong (Janubiy Koreya) “O‘zbek tili – qalbim g‘ururi” nominatsiyasi 2-o‘rin g’olibi bo’ldi va 9 900 000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
2023-yil 13-oktyabr kuni Adiblar xiyobonida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari tomonidan Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktyabrdagi «Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O’zbek tili bayrami kunini keng nishonlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 179-son bayonining 20-bandida «O’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida ommaviy diktant hamda «Til bilimdonlari» intellektual o’yinlarini tashkil etish choralarini ko’rish» vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talaba-yoshlari o‘rtasida 18-20-oktabr kunlari ommaviy diktant va intellektual o’yinlar tashkil etildi.
2023 yil 19 oktabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining institut bosqichi kuz-qish mavsumining birinchi tur o’yini o‘tkazildi. O‘yinda institut talabalaridan iborat jami 43 ta jamoasi qatnashdi.
2023-yil 21-oktabr kuni institutining 2- va 3-son Talabalar turar joyidagi talaba-qizlar o’rtasida sportning Voleybol turi bo’yicha musobaqasi bo’lib o’tdi.
2023-yil 24-oktabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari o’rtasida 5 tashabbus loyihalarining 1-yo’nalishi doirasida “Sevimli faslim kuz” mavzusida ko’rik tanlov bo’lib o’tdi.
2023 yil 26 oktabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutdagi talabalari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining institut bosqichi kuz-qish mavsumining ikkinchi tur o’yini o‘tkazildi.
2023 yik 1 noyabr kuni «Vatan bo‘ylab sayohat» shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixni o‘rganish, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida Zokirov nomidagi «SOGʻLIQNI SAQLASH» muzeyiga 2-pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti 1-kurs 101-pediatriya, 103-pediatriya guruhi talabalari bilan madaniy ekskursiya tashkil qilindi.
2023 yil 3-noyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari oʻrtasida “Korrupsiya holatlarini oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va koplayens nazorat boʻlimi boshligʻi hamda nazorat Inspektori ishtirok etib, talablarga Korrupsiya holatlarining salbiy oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.
2023 yil 2 noyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining institut bosqichi kuz-qish mavsumining uchinchi tur o’yini o‘tkazildi.
2023 yil 4-5 noyabr kunlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Institut hududiga 200 dona terak, 60 dona mevali va 26 dona manzarali daraxtlar ekildi.
2023- yil 8-noyabr kuni talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashil etish hamda “Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash hamda talabalar bilan muntazam do‘stona hamkorlikda ish yuritish maqsadida poytaxtimizning Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 302-DI hamda 305-DI guruh talabalari hamda fakultet tyutorlarni tomonidan ekskursiya uyishtirildi.
✅️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.
🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
🟥Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi (https://drive.google.com/file/d/19MTGucXe0W1C-7xeTHnV67hIdnzfY_CA/view?usp=sharing)
(https://telegra.ph/Oliy-talim-muassasalari-talabalari-ortasida-otkaziladigan-Yil-talabasi-10-10)🧊 Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi.
2023 yil 9 noyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining institut bosqichi kuz-qish mavsumining to’rtinchi tur o’yini o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinda institut talabalaridan iborat jami 30 ta jamoa qatnashidi.
2023-yil 11-12-noyabr kunlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Xotin-qizlar maslahat Kengashi ko’magida institutning bir guruh professor-o’qituvchilari Markaziy Osiyoning eng mo’tabar joylaridan biri bo’lmish Turkiston shahriga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida muqaddas qadamjolar shahri bo’lmish Sayram shahriga, buyuk murshidning ustozlari Arslonbob ziyorati, O’tror shahriga va nihoyat Turkiston piri unvonini olgan Ahmad Yassaviy maqbarasida bo’ldilar.
Safardan ustozlar olam-olam yangi taassurotlar olib, ham ruhiy, ham ma’naviy yuksalishlarga erishib qaytdilar.
2023 yil 15 noyabr kuni Respublika Satira teatrida «Shumbola» spektakl tomoshasi namoyish etildi. Spektakl tomoshasiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 2-pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti talabalari borishib madaniy xordiq chiqarishdi.
Toshkent shahrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarida ommaviy sport o‘yinlariga jalb etish maqsadida turli sport tadbirlari va intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda.
Ziyo Forum” Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro Fondi (https://t.me/Ziyoforum_uz)
tomonidan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning «CS:2» yo‘nalishi bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 45 000 000 so‘m bo‘lgan “ZIYO CUP” turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning saralash bosqichida poytaxtning 38ta davlat hamda nodavlat Oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Saralash o‘yinlarida jami 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.
“CS: 2” yo‘nalishida Toshkentdagi Webster universiteti talabalariga teng keladigani topilmadi.
2-o‘rinni TMC insituti egallagan bo‘lsa,
3 va 4-o‘rinlarni Millat Umidi universiteti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari egalladi.
Shoshiling! Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanloviga ijodiy ishlar qabuli yakuniga 1 kun qoldi!
Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumlik televizor, kitoblar to‘plami hamda diplom bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli),
2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli),
3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli).
Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.
2023 yil19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini qabul qilish kuniga bag‘ishlangan «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘qituvchi va talabalari qatnashib fahirli o‘rinlarni egallashdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot (https://t.me/kitobtanlovbot?start=1975040176) manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari
✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.
📖 «Zabarjad Media»nashriyotining kitob ko’rgazmasiga marhamat!
Qadrli institut xodim va talabalari!
👆2023-yil 23-25 noyabr kunlari institut Bosh bino foyesida “Zabarjad Media” nashriyoti tomonidan kitoblar ko’rgazmasi va savdosi bo’lib o’tadi.
❗️Barcha kitobsevarlarni ko’rgazmaga taklif etamiz!
Eslatib o’tamiz, ko’rgazma 3 kun bo’lib o’tadi.
23-noyabr kuni ToshPTIda “Qoraqalpoq xalq shoiri Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘lining tavallud topgan kuni munosabati bilan “Berdaq asarlarida-yangi hayot talqini” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyani Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Muborak Axmedova kirish so‘z bilan ochib berdi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limi bo‘limi boshlig‘i Sanaqulov Saloxiddin Isoqulovich, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti (ZOOM Platformasi orqali) Allambergenova Patima «Berdaq asarlarida axloqiy g‘oyalarning ifodalanishi» mavzusida, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi Bekbergenova Mariya Dosbergenovna «XXI asr qoraqalpoq adabiyoti va Berdaqning ijodiy an’analari» mavzusida, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti f.f.d. Quramboeva Gulandom Karimboevna “O‘zbek adabiyotshunosligida Berdaq ijodining o‘rganilishi” mavzusida ma’ruzalar taqdimotini qilishdi. Konferensiya so‘ngida Berdaqning asaridan talabalar tomonidan badiiy qismlar namoyish etildi. “Berdaq” nomidagi stependiya sovrindori Bahorgul Utebaeva hamda 1-pediatriya fakulteti 302-guruh talabasi Guljahon Meliqo‘ziyeva va boshqa talabalar chiqishlari ichtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalar turar joyida 22 noyabr kuni “Talabalik oltin davrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, adabiiy-badiiy, intellektual o‘yinlar hamda tezkor savol-javob viktorina, targ‘ibot va tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Xudayberdiev, Yoshlar ittifoki raisi, Tyutorlar, Yoshlar ittifoqi kardinatorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbirni Yoshlar ittifoqining “Universal” jamoasi sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlari bilan ochib berdi. Tadbirda kооrdinatorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Xudayberdiev tomonidan talabalar bilim olishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar, fan, kasb to‘garaklari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi. “Universal” jamoasi talabalar o‘rtasida tezkor va mantiqiy savollar viktorinasi o‘tkazdi, qiziqarli o‘yinlar tashkil etdi. Shuningdek talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar, odob-axloq, mehmon kutish qoidalari bo‘yicha targ‘ibotlar qilindi.
2023 yil 25 noyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Yunusobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorlikda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i Muxsimova D.M., 2-son IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Kapitan Ubaydullaeva D.A., Oliy toifali psixologlar taklif qilindi.
‼️ДИҚҚАТ, ЭЪЛОН!!!
👉 Каналимизда (https://t.me/aralashma2030) Ўзбекистон Республикаси давлат мадҳиясининг қабул қилинган кунига бағишлаб ижодий танлов эълон қилинади!
☝️Танловда қуйидаги номинациялар бўйича ижодий ишлар каналга жойлаштирилиб, энг кўп кўрилган, энг кўп эътироф этилган (лайк йиғган) ва энг кўп овоз олган иштирокчилар мукофотланади:
🎬 давлат мадҳиясини шеър шаклида ифодали қилиб ёддан айтиб бериш (видеолавҳа юборилади);
🎤 давлат мадҳиясини бирор мусиқа чолғуси (🥁 🎹 🪗 🎸 🪕 🎻 🪘) ёрдамида қўшиқ қилиб жонли ижро этиш (яккахон ёки жўр бўлиб);
🧾давлат мадҳиясини (барчаси ёки исталган кетма-кет 4 қаторини, яъни 1 байт – куплетини) матнли ёки аудио шаклида шарҳлаш.
🎼 Танлов учун ижодий ишингизни тайёрлашга киришинг!
📆 Танловга ижодий ишларни қабул қилиш 2023 йилнинг 28 ноябрь куни соат 10.00 дан бошланади.
Давлатимиз рамзига бефарқ бўлманг ва қимматбаҳо совғага эга бўлинг!
Yosh ijodkor va tadqiqotchilar diqqatiga!
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy- publitsistik va badiiy asarlar tanlovi
Tanlov 3 ta yo‘nalishda tashkil qilinadi:
✅Eng yaxshi ilmiy asar;
✅Eng yaxshi publitsistik asar;
✅Eng yaxshi badiiy asar;
🎁G‘oliblar Diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
📥Hujjatlar qabul qilish soʻnggi kuni: 15.12.2023
🗓Taqdirlash: 20.12.2023
Hujjatlarni taqdim qilish uchun:
+99890 993 98 86
O’zbekiston davlat tarixi muzeyida 2023-yil 15-noyabrda «Tibbiyot xodimlari kuni»ga bag’ishlab «Ibn Sino – qomusiy olim, o’z davrining yetuk tabibi» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda ToshPTI adabiy maslahatchisi va tyutori Dilafro’z Choriyeva hamda Tibbiy pedagogika va davolash ishi 127-129 guruh talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda mutaxasislar tomonidan qiziqarli va ilmiy ahamiyatga ega maruzalar o’qildi. Tadbir so’ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin. Shu munosabat bilan 30- noyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti tyutori F.M.Shamudinova hamda 3- kurs talabalari Oʻzbekiston Davlat Satira teatriga «Soqov xotin» spektaklini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi. Spektakl barchada yaxshi taassurot qoldirdi.
Oʻzbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashining 2023-yil 16-noyabrdagi №01-04/338/18-sonli xatiga asosan joriy yilning 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 138 uyda joylashgan Respublika qon quyish markazi va uning hududiy boʻlinmalarida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti valontyorlik guruhi talabalari “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasida faol ishtirok etishdi.
1-dekabr – Qoraqalpoq tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonidagi Berdaq haykali yonida hamda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda Toshkent pediatriya tibbiyto instituti professor-oʻqituvchilari, «Berdaq» stipendiyasi sohiblari, iqtidorli talaba-yoshlar va institut Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 116, 117, 130- guruh talabalari faol ishtirok etishdi.
2023 yil 4 -dekabr kuni 1-Pediatriya va xalq tabobati fakulteti 101xt-114 guruxlarda 14-hafta Yangi o’zbwkiston-yangi konsitutsiya ijtimoiy davlat tushunchasining moxiyati mavzusida ma’naviyat darsi tashkil qilindi.
Sanʼat va madaniyat – xalqning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantiradigan, uning tarixi, milliy mentaliteti hamda madaniy salohiyatini namoyish etadigan qudratli kuch. Bunda, ayniqsa, teatrning oʻrni beqiyos. Teatrni maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy va gʻoyaviy tarbiya maktabi, insonni ruhiy poklovchi muqaddas dargoh hisoblanadi.
🎩Shu munosabat bilan joriy yilning 5- dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti tyutorlari va talabalari Oʻzbekiston Davlat Satira teatrida S.Safarov tomonidan sahnalashtirilgan Grigoriy Gorinning «Til afsonasi» spektakliga tashrif buyurishdi.
2023 yil 7 dekabr kuni 2-Pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti 201-202-guruh talabalariga tyutorlar Ulasheva Yorqinoy, Ergashev Jaloliddinlar tomonidan «Yangi Oʻzbekiston – yangilanayotgan Konstitutsiya» mavzusida axborot soati oʻtildi.
2023 yil 13 dekabr kuni 1-peditrita va xalq tabobati fakulteti. 103-104-102xt-120-guruxlarda 15-hafta Qonun ustivorligi va inson ma’nfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovidir. mavzusida ma’naviyat darsi tyutorlar tomonidan o’tildi.
2023 yil 19 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti II pediatriya va tibbiy biologiya fakulteti jamoasi tomonidan «Yangi yil jilosi» nomli bayram tadbiri o’tkazishdi.Yangi yil tadbiri quvnoq o’yin kulgi talabalar va tyuterlar ijrosida musiqiy nomer va spektakldan parchalar namoyish etildi.
2023-yil 18-dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori professor, B.T.Daminov tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Rektor va yoshlar” mavzusida ochiq-muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda 2023-yil davomida institutda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar ya’ni, talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun zamonaviy, tematik o‘quv auditoriyalari, o‘quv laboratoriyalar, simulyatsiya o‘quv markazi, ma’ruza zallari, kompyuter xonalari, Wi-Fi zonalari, axborot resurs markazida qulay shart-sharoit yaratilgani hamda darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi maqsadida sport musobaqalari, til o‘rganish, ijodiy intellektual qobiliyatlarini ro‘ybga chiqarishga qaratilgan loyihalarni o‘tkazilishi, muzey teatrlarga muntazam tashriflar tashkil etilayotgani alohida ta’kidlandi.
Ochiq-muloqotda talabalar tomonidan yoshlar siyosati, talabalarni bilim olishini va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga oid takliflari eshitildi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida «Tafakkur» jurnali muharriri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Nasrullo Ergash bilan «Yagonasan – muqaddas Vatan!» shiori ostida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Muborak Ahmedova ochib berdi.
Tadbir davomida shoir tomonidan oʻqilgan Ona Vatanni madh etuvchi sheʼrlari talaba yoshlarni toʻlqinlantirdi.
Shoir ijodiy muloqot jarayonida talaba-yoshlarning savollariga javob berar ekan Ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, ajdodlar merosiga hurmat, xalq oldidagi burch va vatanparvarlik kabi oliyjanob tuygʻularning har bir inson qalbidan chuqur joy olmogʻi va ulugʻ maslagiga aylanmoqda lozimligiga batafsil toʻxtalib oʻtdi.
2023 yil 21 dekabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika va davolash fakulteti tyutorlari va 1- kurs talabalari tomonidan «Yangi yil sarguzashtlari» nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor M.A.Axmedova ochib berdi.
Shundan so‘ng, navbat badiiy qismga berilib, qiziqarli o‘yinlar, topishmoqlar, raqslar, musobaqalar, Qorbobo va Qorqiz, shuningdek, boshqa ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar tashkil etildi. Tadbir soʻngida ishtirokchilar Qorbobo tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2024-yil 10-yanvar kuni “Ogohlik Davr Talabi” Shiori ostida “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” nomli profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligi xodimi M.Boysariyev xam ishtirik qildi va soʻzga chiqib – Bugungi kunda dunyoning koʻplab mamlakatlarida roʻy berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy global axborot manzaraasida xozirgi vaqtda keng jamoatchilikni tashvishga solayotgan Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatdagi obroʻ-eʻtibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-oʻsib, ulgʻayib, qanday inson boʻlib hayotga kirib borishiga bogʻliqligi haqida va bu kabi tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarimizni muttasil ogohlikka daʻvat etishdan iborat ekanligi haqida gaprib oʻtdi va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2024-yil 9-yanvar kuniMudofa vazirligining Harbiy tibbiy akademiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Harbiy vatanparlik” mavzusida tashkil qilindi. Tadbir ertalab soat 8:30 da Mudofa vazirligining harbiy tibbiy akademiyasi, TOQQ harbiy orkestr bilan faxriylarni tantanali kutib olish bilan boshlandi.
Faxriy qorovul ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi va Mudofa vazirligi bayrogʻi olib kirildi. Tadbir istefodagi faxriylarni qutlash maqsadida badiiy qismi ochib berildi. Tadbir soʻngida institutning kasaba uyushmasi tomonidan bayram sovgʻalari topshirildi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari 2024-yil 26-27-yanvar kunlari Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgacha» IV Xalqaro olimpiadasida ishtirok etdilar.
Xalqaro fan olimpiadasining yakuniy natijalariga ko’ra Toshkent pediatriya tibbiyot institutining quyidagi talabalari g’olib deb topilib, sovrinli o’rinlarni qo’kga kiritdilar:
- Maxmatqulov Shohrux – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 1-bosqich talabasi – “Anatomiya” fanidan 3-o’rin.
Ilmiy rahbar: Anatomiya, patologik anatomiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent Rasulov X.A. - Sobirov Komiljon – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 2-bosqich talabasi – “Normal fiziologiya” fanidan 3-o’rin.
Ilmiy rahbar: Farmakologiya va fiziologiya kafedrasi assistenti Mustakimova F.A. - Yunusova Xushruy – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Dermatovenerologiya” fanidan 3-o’rin.
Ilmiy rahbar: Teri-tanosil kasalliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi assistenti, t.f.f.d. (PhD) Abidov X.A. - Kodirova Nafisa – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Oftalmologiya” fanidan 2-o’rin.
Ilmiy rahbar: Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi assistenti Boboxa L.Y. - Badriddinov Fazliddin – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Gigiyena” fanidan 2-o’rin.
Ilmiy rahbar: Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti, t.f.n. Eshdavlatov B.M. - Bektemirova Zuxra – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi – “Anesteziologiya va reanimatologiya” fanidan 1-o’rin.
Ilmiy rahbar: Аnesteziologiya va reanimatologiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.d. Yusupov A.S. - Umarov Saidabbosxon – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi – “Otorinolaringologiya” fanidan 2-o’rin.
Ilmiy rahbar: Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi va bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Amonov Sh.E. - Eshonboboyev Firdavs – Tibbiy-pedagogika va davolash fakultetining 5-bosqich talabasi – “Nevrologiya” fanidan 3 o’rin.
Ilmiy rahbar: Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Madjidova Y.N. - Dusmuratova Durdonaxon – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Akusherlik va ginekologiya” fanidan “The Triumph of Reasons” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.n. Mirzayeva N.B. - Xusanjonova Shahzoda – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Tibbiy radiologiya” fanidan “Absolute Champion” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Yusupaliyeva G.A. - Aripova Saidabonu – 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining 2-bosqich talabasi – “Gistologiya” fanidan “The Triumph of Season” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Patologik fiziologiya, gistologiya kafedrasi dotsenti, t.f.d. Saitmuratova O.X. - Samatova Gulshoda – 2-Pediatriya va tibbiy-biologiya fakultetining 4-bosqich talabasi – “Patologik fiziologiya” fanidan “The Best Solution to Situational Tasks” nominatsiyasi g’olibi.
Ilmiy rahbar: Patologik fiziologiya, gistologiya kafedrasi assistenti Boboyev M.Sh. - Mursakakeva Kamila – “Tibbiy radiologiya” yo’nalishi bo’yicha 1-bosqich magistranti – “Tibbiy radiologiya” fanidan ilmiy maʼruzasi uchun “Rhetoric” nominatsiyasi g’olibi.
2024-yil 1-2-9-fevral kunlari institutning Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiyni yod etib”, “Gʻazal mulkining sultoni”, “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” nomli badiiy kecha kafedralari va talabalar turar joylarida bo’lib o’tdi. Tadbirni barcha fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, yoshlar ittifoqi, matbuot kotibi, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professo’r – o’qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
TOSHPTIDA ZAKOVAT INTELLEKTUAL TURNIRINING YANGI MAVSUMI BOSHLANDI
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining «Zakovat» intellektual klubi 2024 yil 19 fevraldan boshlab «Zakovat» intellektual turnirining yangi bahorgi mavsumi uchun ro’yxatga olish boshlanganligini ma’lum qiladi.
Quyidagi havola orqali jamoaviy ro’yxatdan o’ting:
Yoki @tanimiysiz_baribir ga murojaat qilish orqali ham jamoaviy ro’yxatdan o’tishlariz mumkin bo’ladi.
Ro’yxatga olish
2024 yil 5 mart
soat 22:00 da TO’XTATILADI ❌
Joriy mavsum doirasidagi ilk o’yin:
2023 yil 7 mart (Payshanba)
soat 16:00 da Axborot-resurs markazi (ARM) da bo’lib o’tadi.
Har bir jamoa 4 tadan 6 tagacha asosiy va 1 ta zaxiradagi ishtirokchidan (jami bo’lib 7 ta) iborat bo’ladi. Jamoa tarkibini joriy mavsum oxiriga qadar o’zgartirish mumkin emas.
Talba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida institutning Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti birinchi kurs 130,131,132- guruh talabalari Oʻzbekiston davlat “Satira” teatrida namoyish qilinayotgan “Qalbim sohili” spektakli namoyishiga Ya.Madraximov boshchiligida olib borildi.Ushbu spektakl Qirgʻiz yozuvchisi va dramaturgi Maar Bayjiyevning “Duyel” nomli novellasi asosida “Qalim sohili” nomi bilan sahnalashtirilgan.Talaba yoshlar spektakl tomasha qilishib maʼnaviy dam olishdi.