Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2020-2021 o‘quv yilida  bitiruvchilarni ishga joylashish to‘g‘risida ma’lumot

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan  bitiruvchilarning bandligini ta’minlash yuzasidan yillik ish va chora tadbirlar  dasturi  ishlab chiqilgan va shunga asosan  bugungi kunda ToshPTida tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning extiyojini o‘rganish asosida bakalavriyat,   magistratura yo‘nalishi bo‘yicha har yili monitoring o‘tkaziladi unga asosan quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

2020/2021 o‘quv yili jami bitiruvchilarni soni 837 nafar tashkil etgan, shundan bakalavriyat yo‘nalishi 472 nafar, magistratura yo‘nalishi 186 nafar hamda klinik olrdinatura mutaxassisligi 179 nafar tugatgan.

Bakalavriyat bitiruvchilarning 472 nafari birlamchi tibbiyot tizimlariga ishga joylashgan va o‘z navbatida 100 % bandlikni tashkil etgan.

Jumladan, birlamchi tibbiyot tizimida (ShOP,QOP) 192 nafar ya’ni 39,4 % bitiruvchi ishga joylashgan, o‘qishni davom etgan ( klinik ordinatura va magistratura) jami 264 nafar, ya’ni 56,0 % tashkil etadi, bola parvarishi bilan band bo‘lgan jami 31 nafar, ya’ni  6,5 % tashkil etadi.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasiga klinik ordinaturaga jami 17 nafar o‘qishga kirgan, jumladan  N.I. Pirogova -15 nafar, RUDN-1 nafar hamda SPgPMU-1 nafar bitiruvchi

Magistratura bitiruvchilarning 186 nafari tibbiyot muassasalariga ishga joylashgan va o‘z navbatida 100% bandlikni tashkil etgan.

Jumladan, oliy ta’lim muassasasi (OTM) 15 nafar ya’ni 8%, viloyat va shahar tibbiyot muassasalari 105 nafar ya’ni 56,4%, bola parvarish 15 nafar (8%),  Respublika ilmiy amaliy markazlariga 22 nafar ya’ni 12% hamda xususiy tibbiyot klinikalariga 29 nafar ya’ni 15,5% bandligi ta’minlangan.

Klinik ordinatura bitiruvchilarning 179 nafari tibbiyot muassasalariga ishga joylashgan va o‘z navbatida 100% bandlikni tashkil etgan.

Jumladan, viloyat va shahar tibbiyot muassasalari 131 nafar ya’ni 73,0% ishga joylashgan, bola parvarish 20 nafar (11%) band,  Respublika ilmiy amaliy markazlariga 8 nafar ya’ni 4% tashkil etadi,  hamda xususiy tibbiyot klinikalariga 20 nafar ya’ni 11,0% bandligi ta’minlangan.

Shu bilan birga, Respublika oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi 2020 yil natijalari bo‘yicha “Talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi OTM orasida TPTI 2-chi natija erishilgan  (http://reyting.tdi.uz/2020/all/).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida  2022 yil 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 19-son bayoni ijrosi bo‘yicha vazirlik Nazorat-rejasi «Yo‘l xaritasining» 15.1, 15.3 hamda  15.4-bandlarida belgilangan vazifalar  ijrosi bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Marketing va karera bo‘limi tomonidan 2021-2022 o‘quv yilining 550 nafar bitiruvchilarini 347 nafari viloyatlar va Toshkent shahrining tibbiyot birlashmalari, kasalxona, oilaviy poliklinika va turli tibbiyot maskanlariga ishga joylashtirildi. 

550 nafar bitiruvchilarning 153 nafari magistratura va klinik- ordinaturaga o‘qishga kirgan, 50 nafari xomiladorlik ta’tili va bola parvarishida.

2021-2022 o‘quv yilida institutning grant loyihalari, dekanat va bo‘limlariga 100 nafar talaba ishga joylashtirilgan.  Xozirgi kunda institutning talabalari o‘rtasida ishlashga hohishi bor talabalarni o‘qishdan bo‘sh vaqtida turli tibbiyot tashkilotlariga shuningdek institutning grant va boshqa bo‘limlariga ishga joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktyabrdagi  №561 – sonli “Davlat tibbiyot muassaslarining kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi” qaroriga asosan, 2022-2023 o‘quv yilida bitiruvchilarning mexnat shartnomasi asosida ish bilan ta’minlash chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Jumladan, 2022-2023 yilda bakalavriyat bitiruvchilari jami 556 nafarni tashkil qiladi. Reja asosida bosqichma-bosqich bitiruvchi 6 kurs talabalarini hududiy sog‘liqni saqlash bosh boshqarma xamkorligida birlamchi tibbiyot muasslariga ish bilan ta’minlash joriy yilning TPTI ning 14 oktyabr kunidagi №420 sonli buyrug‘i asosida xududiy ma’sullar tayinlanib noyabr oyidan ishga joylashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Joriy yilning 20 dekabr holatiga quyidagi xududlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etamiz, jumladan Farg‘ona viloyatida 52 nafardan 15 tasi, Jizzax viloyatida 26 nafardan 8 tasi, Namangan viloyatidan 30 nafardan 11 tasi, Navoiy viloyatidan 7 nafardan 1 tasi, Qashqadaryo viloyatida 66 nafardan 29 tasi, Sirdaryo viloyatida 40 nafaridan 7 tasi, Surxondaryo viloyatida 45 nafardan 40 tasi, Toshkent shaharda 224 nafardan 12 tasi va Toshkent viloyatida 48 nafardan 22 tasi ish bilan ta’minlandi. Jami 20 dekabr 2022 yil xolatiga 145 nafar 6 kurs bitiruvchilari ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek, talabalarni ish bilan ta’minlashni takomillashtirish maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining hududida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mexnat Vazirligi bilan xamkorligida joriy yilning 8 oktyabr va 24 noyabr kunlari “Mexnat yarmakalari” tashkil qilindi.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilgan holda 2023 yilning 7 aprel kunida Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida Toshkent shahri bitiruvchi talabalari, hamda Toshkent Shahar tuman tibbiyot boshqarmalari ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur mehnat yarmarkasiga hududiy tibbiyot boshqarmalari jalb etilgan bo‘lib, tadbirda ishtirok etayotgan muassasalar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada 500 ga yaqin institutning bitiruvchi talaba-yoshlari ishtirok etdi. Ular o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rinlari bilan tanishdilar.

Natijada, o‘zlariga maqbul keladigan ish qidirib, kelgusida o‘z kasblari va mutaxassisliklari bo‘yicha ma’lum bir ish o‘rniga ega bo‘lish maqsadida mehnat yarmarkasida ishtirok talabalarga ish beruvchilar tomonidan vakansiyalar taklif etildi.

Bundan tashqari, “Karyera kuni”da ishtirok etgan talaba-yoshlarga kasb-xunarga o‘qitish imkoniyatlari, jamoat ishlariga qatnashish ishlari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar berildi.

Mehnat yarmarkasi tegishli davlat organlari va xususiy sektorlar tomonidan taklif etilgan ish oʻrinlariga talaba-yoshlarni ishga qabul qilinganligi boʻyicha mehnat shartnomalari imzolanishi bilan yakunlandi.

2023-yil 15-may kuni Tosh PTI da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali bilan hamkorlikda bitiruvchi kurs talabalari uchun “Xalqchil davlat xizmatiga ochiq yo‘l” mavzusida seminar uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda filial rahbari J.Inagamov, mas’ul xodimlar O‘.Abdukarimov va K.Alimdjanovalar bitiruvchi kurs talabalariga davlat tashkilotlariga ishga kirishda ochiq tanlov o‘tkazish tizimi, onlayn malaka oshirish tizimidan foydalanish va davlat xizmati sohasidagi xorijiy tajribalar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Uchrashuvda bitiruvchi talabalning ishga joylashih tartibi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi “Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 769-son qarorida keltirilgan “Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom xaqida tushuntirish ishlari olib borildi.