Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv adabiyotlari: darsliklar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, xrestomatiyalar, monografiyalar, maqolalar to‘plami, testlar to‘plami va boshqa o‘quv va ilmiy materiallarni tayyorlaydi va nashr etadi. Ushbu adabiyotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri nashr etish, ularning nashriyot talablariga mos kelishi, nashr etilgan adabiyotlarning muqovasi dizayni va ilmiy-badiiy saviyasini oshirishga katta e’tibor qaratiladi.
Shuningdek tahririy-nashriyot bo‘limi tomonidan har yili 20 ta son ko‘p nusxali “Pediatr” gazetasi va yilning har choragida chop etiladigan “Pediatriya” ilmiy jurnallari tayyorlanadi.
Tahririy-nashriyot bo‘limining moddiy-texnik bazasi:
Tahririy-nashriyot bo‘limi zamonaviy kompyuterlar, skanerlar, printerlar (oq-qora), nusxa ko‘chirish mashinalari bilan to‘liq jihozlangan. Joriy yilda nashriyot bo‘limi texnik bazasi yangi zamonaviy kompyuter bilan to‘ldirildi.
Tahririy-nashriyot bo‘limi xodimlarining tarkibi
Tahririy-nashriyot bo‘limida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 7 stavka ish o‘rin ajratilgan: 1 stavka bo‘lim boshlig‘i, 2 stavka muharrir, 1 stavka texnik muxarrir, 3 stavka musahhih.
Tahririy-nashriyot bo‘limida 11 nafar xodim faoliyat yuritadi, shu jumladan: 2 ta bo‘lim boshlig‘i, 4 ta muharrir, 4 ta musahhih, 1 ta texnik muharrir faoliyat yuritadi.