Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining ko‘p nusxali ijtimoiy-ma’rifiy gazetasi 1974 yili mart oyida tashkil etilgan.
Uning birinchi bosh muharriri tibbiyot fanlari doktori, professor, taniqli tibbiy genetik, institutning “Biologiya” kafedrasi mudiri Otaulla To‘raxonovich Oqilov bo‘lganlar.
1976 yildan 1978 yilgacha esa “Mikrobiologiya” kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Nozim Alimjanovich Zokirov bo’lgan.
1978 yildan 1987 yilning fevral oyigacha tibbiyot fanlari doktori, professor, AQSH Fanlar Akademiyasi a’zosi Akoid Saidxonovich Saidxonov bo’lgan.
1987 yilning fevralidan 1998 yilgacha jurnalist Vera Ivanovna Bazarova bo’lgan.
1998 yildan 2008 yilgacha Kavsar Turdiyeva bo’lgan.
1998 yildan 2010 yilgacha institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor A.V.Alimov bo’lgan.
2010 yildan bugungi kungacha esa institut rektori tibbiyot fanlari doktori, professor B.T.Daminov gazetaning bosh muharriridir.
Institut bilan deyarli tengdosh “Pediatr” gazetasi har qachon o‘z maqsadi: institut hayoti, ma’naviy-ma’rifiy va tibbiy tadbirlarini yoritib borish, o‘zining ma’rifiy va tarbiyaviy vazifalarini izchil va muntazam amalga oshirib kelgan.