Innovatsiya Markazi Sog’liqni Saqlash Vazirligining 2009 yil 3 noyabrdagi № 06-11/331 sonli xatiga asosan, ToshPTI rektorining 2009 yil 11 noyabrdagi № 369 sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.
Birinchi loyiha – telekompyuter tizimini tadbiq etish bo’lib, ushbu tizim professor-o’qituvchilarini AKT asoslarini o’qitish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Tizim, bir manbaa, masalan kompyuterdan, o’quv xonalarida ketma-ket joylashgan televizorlarga ovoz va tasvirni uzatish orqali ishlaydi. Keyingi loyiha – ToshPTI asosiy binosini qamrab olgan markazlashgan mahalliy tarmoq (MMT) hisoblanadi. Ushbu tarmoq barcha axborot xavfsizligiga javob beruvchi, eng so’nggi, simsiz, axborotni qabul qilish – uzatish WiFi texnologiyalari asosida ishlaydi.
Shu bilan birga institut hududida, elektron kutubxona tashkil etilib, ushbu tizimga barcha MMTga ulangan shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari kirishlari mumkin. MMT foydalanuvchilari kompyuter texnologiyalari orqali o’zlarining bilim va malakalarini oshirishi, ishchi va boshqa dasturlardan foydalanishi, chet tillarini o’rganishlari mumkin. Bundan tashqari, Markazlashgan internet tarmog’i, professor-o’qituvchilar o’zaro axborot almashinishini yengillashtiruvchi Axborot portali loyihalari ham tadbiq etilgan.
Markazimiz tomonidan 2010 yil “ToshPTI talabalari nigohida inson taraqqiyoti va avlod rivojlanishining mos kelishi”, 2012 yil “Yoshlar va ta’lim bir-biri bilan uchrashganda” nomli 2 fototanlov o’tkazildi. Barcha fototanlov qatnashchilari “ishtiroki uchun sertifikat” bilan, g’oliblar esa qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
2012-yil so’ngida professor-o’qituvchilarni tadbiq etilgan masofaviy ta’lim tizimi asosida kompyuter bo’yicha malakasini oshirish maqsadida “CLON” – Computer Literacy Optimal Naming loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu kurs yakunida test va amaliy mashg’ulotlardan tashkil topgan imtihon tashkil etilgan.