Asosiy maqsad
Markazning bosh maqsadi – ilg‘or xalqaro raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ma’muriy va ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish, ularni uzluksiz takomillashtirish va rivojlantirishdan iborat.
Asosiy vazifalar
🔹 Mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida institutni raqamli modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash va uning amalga oshirilishini monitoring qilish.
🔹 Xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar va mutaxassislarni jalb qilish, grant va beg‘araz yordam loyihalarini amalga oshirish.
🔹 Markaz ishlab chiqqan yagona metodologiya asosida ta’lim jarayonini raqamlashtirish.
🔹 Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
🔹 Institut tarkibiy bo‘linmalari va kafedralarini raqamli texnologiyalar bo‘yicha uslubiy, tahliliy va konsultativ jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
🔹 Institut strategik pozitsiyasiga ega raqamli tizimlarni doimiy ravishda rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
🔹 Markazning rivojlanish monitoringini olib borish.
Faoliyat yo‘nalishlari
📌 Ilg‘or raqamli texnologiyalar va tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar:
🔹 Sun’iy intellekt, biotexnologiya va katta ma’lumotlar bazasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish.
🔹 Ilmiy-amaliy va strategik hujjatlarni ishlab chiqish.
🔹 Xalqaro ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
📌 Ta’lim va innovatsiya:
🔹 Oliy ta’lim va tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalar bo‘yicha treninglar, seminarlar, vebinarlar va konferensiyalar tashkil etish.
🔹 Elektron Universitet 3.0 konsepsiyasini amalga oshirish va infratuzilmaviy loyihalarni joriy etish.
📌 Texnologik rivojlanish:
🔹 Veb ishlanmalar, raqamli platformalar va dasturiy ta’minotlar yaratish.
🔹 Video konferens tizimlar va yagona veb-server klasterini rivojlantirish.
🔹 Smart Campus Network tizimini takomillashtirish.
🔹 Institutdagi raqamli texnologiyalar infratuzilmasini rivojlantirish.
📌 Startaplar va innovatsion ekotizim:
🔹 Startap va innovatsion loyihalarni akseleratsiya va inkubatsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish.
🔹 Ilg‘or raqamli texnologiyalarni tijoratlashtirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.
Markaz o‘z faoliyati orqali institutni raqamli transformatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiya sohasida yangi muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida uzluksiz ish olib boradi.