№ | Davlat | Universitet | Yillar | Loyihalar soni |
1. | Avstriya | JAM MUSIC LAB xususiy universiteti | 2019-2022 | 4 |
2. | Fransiya | Ijtimoiy va hamshiralik ta’limi instituti | 2014-2022 | 10 |
3. | Polsha | Papa Ioann Pavel II Nomli davlat oliy maktabi | 2019-2021 | 1 |
4. | Ruminiya | Arad universiteti | 2017-2021 | 8 |
5. | Italiya | Unisannio | 2010-2021 | 2 |
6. | Portugaliya | Porto universiteti | 2017-2019 | 2 |
7. | Portugaliya | Porto universiteti | 2016-2018 | 1 |
8. | Italiya | Piza universiteti | 2016-2018 | 5 |
9. | Italiya | Piza universiteti | 2015-2017 | 5 |
10. | Italiya | Piza universiteti | 2015-2019 | UZHELTH |
11. | Italiya | Unisannio | 2013-2016 | TechReh |
JAM MUSIC LAB xususiy o’quv konservatoriyasiga 2011 yilda Markus Ratka, Yoxannes Valentin va Andreas Bartosch tomonidan asos solingan. Hozirda u davlat tomonidan xususiy ta’lim muassasasi sifatida tan olingan. Ushbu ta’lim maskani, professional jaz va ommabop musiqa sohasida yetakchi muassasalardan biriga aylandi. 2016 yil 13 dekabrda ushbu konservatoriya – xususiy o’quv muassasa deb Avstriya (AQ Avstriya) Sifatni ta’minlash agentligi tomonidan tan olingan. Hozirgi kunda, JAM MUSIC LAB Xususiy Jaz va Ommaviy Musiqa Universiteti, Avstriyada birinchi bo’lib jaz, mashhur va media musiqasini rivojlantirayotgan birinchi musiqa universitetidir.
1864 yilda tashkil etilgan Fransuz Qizil Xoch Jamiyati, hukumat va davlat organlari bilan birgalikda faliyat yurituvchi mustaqil hayriya tashkilotidir. Jamiyatning asosiy ishtirokchisi sifatida ushbu universitet gumanitar, sog’liqni saqlash, ijtimoiy, maishiy xizmatlarni taqdim etadi. Jamoa – 18000 ishchi va 56000 ko’ngillilardan tashkil topgan bo’lib, ular – mahalliy qo’llab-quvvatlash, doimiy va tinimsiz xayriya faoliyatini olib boradilar.
Papa Ioann Pavel II Nomli davlat oliy maktabi Biala Podlaska (Polsha) shahrida 2000-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda ushbu muassasada 18 yo’nalish va 43 mutaxassislik bo’yicha, 3000 talaba tahsil olmoqda. Ta’lim olish bepul. Bakalavr, magistr, shuningdek fan nomzodi ilmiy darajalarini qo’lga kiritish imkoniyati mavjud. Ushbu OTM universitetlar orasida Rezcpospolitej va Outlook 2014 va 2015 respublika reytingida II o’rinni egallagan. U ilmiy izlanishlarni qo’llab-quvvatlovchi barcha tashkilotlar bilan, shaxsan, sog’liqni saqlash muassasalari: yuqumli kasalliklarni diagnostika va epidemiologik tadqiqotlar, sil kasalligi va ohak kasalliklari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarni hamkorlikka chaqiradi.
Arad universiteti «Aurel Vlayku» bu Ruminiya Konstitutsiyasi va oliy ta’lim to’g’risidagi qonunlarga muvofiq ish olib boruvchi ilmiy hamjamiyat. Universitetda yuqori malakali o’qituvchilar faoliyat olib boradilar. Hozirgi kunda universitetda 9 ta kafedra va 11 ta ilmiy markaz, 3 ta institut va 1 ta biznes-inkubator mavjud bo’lib, unda 47,903 m2 didaktik maydonlar, zamonaviy kompyuter laboratoriyalari, konferents va ma’ruza zallari mavjud. Ushbu unievrsitetda o’qish Yevropa Ittifoqi doirasida beriladigan diplomlar kabi Yevropa Kredit To’plash Tizimi (ECTS) bo’yicha olib boriladi. Erasmus + dasturi talabalarga chet el yoki mahalliy universitetda ta’lim olsh imkoniyati mavjud.
Sannio universiteti Salerno universiteti tarkibida 1986-90 yillarda tashkil topgan. 1990 yil 10 sentyabrdagi rektor qarorlari bilan quyidagi kafedralar tashkil etildi: Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti (hozirda Iqtisodiyot fakulteti), Bank iqtisodiyoti, moliya iqtisodiyoti, sug’urta iqtisodiyoti va statistika, muhandislik fakulteti, kompyuter injiniringi. 1991-93 yillarga mo’ljallangan uch yillik rejada Tabiiy fanlar fakulteti qoshida biologiya va geologiya mutaxassisliklari bo’yicha qo’shimcha kurslar tashkil etildi. 2005 yildan beri Sannio universiteti Yevropa-O’rta yer dengizi iqlim o’zgarishi markazining (CMCC) hamkori hisoblanadi. Sannio universiteti 4 fakultetga bo’lingan: Huquqshunoslik, Muhandislik, Iqtisodiyot va biznes fanlari hamda tabiiy fanlar fakulteti.
Porto Universiteti Birinchi Portugaliya Respublikasining Vaqtinchalik Hukumati tomonidan 1911 yil 22 martdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Porto universiteti doimiy ravishda Portugaliyaning eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi. Webometrics Ranking Web of Universities reytingiga ko’ra, u Yevropaning eng nufuzli 100 ta universiteti qatoriga kirgan. 2018 yilda ARWU tashkiloti universitetni dunyoning eng nufuzli 301–400 universitetlari qatoriga kiritdi. 2019 yilda QS World University Rankings universiteti reytingida sifatida dunyodagi eng yaxshi 328-chi universiteti deb tan olindi.
Piza Universiteti 20 dan ortiq kafedra: qishloq xo’jaligi, astrofizika, informatika, muhandislik, tibbiyot va veterinariya sohalarida yuqori darajadagi ilmiy markazlarga ega bo’lgan jamoat muassasasidir. Piza universiteti rasman 1343 yilda tashkil etilgan. Ushbu Universitet talabalarining 4% ni chet ellik talabalar tashkil etadi. Universitetda 2300 dan ziyod o’qituvchi faoliyat yuritadi. Universitet, talabalar va universitet professor-o’qituvchilari uchun mo’ljallangan xalqaro almashinuv dasturlarida faol qatnashadi.