Bo’lim Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgust dagi 207 – sonli hamda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2001 yil 21 sentabrdagi 166 – sonli buyruqlari asosida “Axborot texnologiyalari” nomi ostida tashkil etilgan. Bo’limda birinchi bo’lib bo’lim boshlig’i lavozimida Ermakov D.Yu. 2001-2006 yilgacha faoliyat ko’rsatgan. Sadikova Svetlana Vyacheslavovna 2006 yil 4 – okyabr Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 254 – buyrug’i asosida 2006-2011 yilgacha faoliyat ko’rsatgan. hozirgi kunda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2011 yil 1 oktabr 194 – sonli buyrug’iga asosan bo’lim boshlig’i lavozimida Tursunboev Qobiljon Nig’matillaevich faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bo’lim hozirgi kun talablariga javob beradigan so’ngi kompyuter va multimedia texnikalari bilan ta’minlangan.