TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT  INSTITUTI

USTAVI

TOSHKENT  –  2010 y.

Тоshkent pediatriya tibbiyot instituti  (ToshPTI)

I. Umumiy qoidalar

1. O`rta Osiyo Meditsina Pediatriya Instituti 1972 yilda SSSR Ministrlar Sovetining 1971 yil 23 iyuldagi qaroriga ko`ra tashkil qilingan. 1988 yil 22 martdagi 226-raqamli buyrug’iga asosan O`zSSR Sog’liqni saqlash vazirligining ixtiyoriga o`tkazilgan hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (ToshPTI) deb qayta nomlangan. ToshPTI  O`zSSVning tasarrufiga kiradi.

2. ToshPTI davlat oliy ta`lim muassasasi hisoblanib, oliy ta`limning asosiy va kasbga oid qo`shimcha  ta`lim Dasturlarini bajarish bo`yicha ta`lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq o`quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta`lim xizmatlarini ko`rsatadi.

3. ToshPTI o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta`lim to`g’risida»gi qonuni, Kadrlar tayorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining  normativ-huquqiy xujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

4. ToshPTI yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o`ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo`yicha o`z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o`z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirish, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da`vogar va javobgar bo`lishi mumkin.

Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa shu jumladan valyuta bo`yicha hisob raqamlariga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muxrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

ToshPTI joylashgan manzil: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar 100140, Bog’ishamol ko`chasi, 223.

Tel.: +998712603250, faks: +998712623314,

Е-mail: info@tashpmi.uz

Bank rekvizitlari:
O`JJB Yunusobod bo`limi
X/r: 23402000300100001010
Sh/r: 400910860262667094100054001
INN: 201122783 OKONX: 92110 MFO: 00014

Тошкент педиатрия тиббиёт институти (ТошПТИ)

Ташкентский педиатрический медицинский институт (ТашПМИ)

Tashkent pediatric medical institute (TashPMI)

……………………………………………

IX. Yakuniy qoidalar 

55. ToshPTI  O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda qo`yidagilarga javob beradi:
– uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarmaganligi; 
– ta`lim jarayonida o`quv reja va jadvallarga muvofiq ta`lim dasturlari hajmini to`liq bajarmaganligi; 
– ta`lim jarayoni vaqtida oliy ta`lim muassasasida ta`lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog’lig’i;
– ta`lim oluvchilar va oliy ta`lim muassasasi xodimlarining huquq va erkinliklarning buzilganligi;
– O`zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlar. 

56. ToshPTI O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin. 

57. Oliy ta`lim muassasasining Ustavi ushbu namunaviy Ustavda belgilangan tavsiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilishi mumkin. 

Oliy ta`lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan Ustav tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanib, o`rnatilgan tartibda davlat ro`yxatidan o`tkaziladi va kuchga kiritiladi. 

Oliy ta`lim muassasasining Ustaviga o`zgartirish yoki qo`shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

58. Mazkur Ustavni ishlab chiqish jarayonida tasarrufida oliy ta`lim muassasalari mavjud bo`lgan O`zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, «O`zbekiston temir yo`llari» DAK, Davlat soliq qo`mitasi, Badiiy akademiya, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Sog’liqni saqlash vazirligi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligidan tushgan takliflari va fikr-mulohazalari inobatga olingan.  

Izox: ToshPTIning Ustavi OO`MTVning 2010 yil 1 iyuldagi 257-sonli buyrug’i asosida ishlab chiqilgan

To’liq matinni bu yerda yuklab olishingiz mumkin