Klinik ordinatura – kadrlarni qayta tayyorlash tizimiga kiradigan taʼlim turi bo‘lib vrachlarning uzluksiz kasbiy taʼlimi ko‘p pag‘onlai tuzilmasining bir qismi hisoblanadi.
Klinik ordinaturada o‘qish Vazirlar mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi № 319- son qarorini 2 – ilovasidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida vrachlarni klinik ordinaturada o‘qitishni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vrachlik mutaxassisliklari nomenklaturasi bo‘yicha, mutaxassisga qo‘yiladigan ixtisoslik talabi asosida tuzilgan har qaysi mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
TOSHPTI da 2022-2023 o‘quv yilida klinik ordinaturada quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlanadi:
- Akusherlik va ginekologiya
- Allergologiya va klinik immunologiya
- Asab kasalliklari
- Anesteziologiya va reanimatologiya
- Bolalar xirurgiya
- Bolalar anesteziologiya va reanimatsiyasi
- Bolalar asab kasalliklari
- Bolalar va o‘smir qizlar ginekologiyasi
- Bolalar yuqumli kasalliklari
- Bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan
- Dermatovenerologiya
- Kardiologiya
- Neyroxirurgiya
- Neonatologiya
- Nefrologiya gemodializ bilan
- Narkologiya
- Xirurgiya
- Onkologiya
- Otorinolaringologiya
- Oftalmologiya
- Pediatriya
- Psixiatriya
- Terapiya
- Tibbiy radiologiya
- Travmatologiya va ortopediya
- Ftiziatriya
- Endokrinologiya
- Epidemiologiya
- Sud tibbiyoti
Klinik ordinaturada xorijiy talabalar xam tahsil olishadi. 2022-2023 o‘quv yilida Akusherlik va ginekologiya, Xirurgiya va Endokrinologiya mutaxassisliklarida xorijiy talabalar tahsil olishmoqda.
TOSHPTI hamda Sankt Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan bo‘lib, klinik ordinaturada ham 3 ta mutaxassislik bo‘yicha taʼlim dasturlari ishlab chiqilgan. Akusherlik va ginekologiya, otorinolaringologiya, nevrologiya mutaxassisliklari bo‘yicha qshma dastur asosida taʼlim oluvchilar o‘qishning birinchi yili TOSHPTI da, ikkinchi yilini Sankt Peterburg Davlat pediatriya tibbiyot universitetida davom ettirishadi.