STOMATOLOGIYA, BOLALAR STOMATOLOGIYASI KAFEDRASI HAQIDA KAFEDRA MUDIRI TIBBIYOT FANLARI DOKTORI, PROFESSOR GULYAMOV SUR’AT SAYDIVALIEVICHNING KIRISH SO’ZI
ASSALOMU ALAYKUM WEB SAHIFAMIZNING HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILARI!
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining «Stomatologiya bolalar stomatologiyasi» kafedrasining rasmiy web-sahifasiga xush kelibsiz!
www.tashpmi.uz saytining rasmiy dinamik Stomatologya web sahifasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (prof. B. T. Daminov) ning 31.01.2013 sana 43-son «Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti rasmiy veb sayti haqida»gi buyrug’iga asosan yaratildi.
Sahifa maqsadi:
Talabalarning bilim olishiga ko’mak berish va ta’lim jarayonini yengillashtirish, o’qituvchilar, xodimlar, talabalar, magistrlar, doktorantlar, klinik ordinatorlar, o’z farzandlarining taqdiri bilan qiziquvchi ota-onalar, patsientlar va hamkorlarimizga tezkor, xolisona ma’lumot yetkazib berish, ular bilan o’zaro ma’lumotlar almashish, muloqotda bo’lish va hamjihatlikda o’qitish sifatini yanada yaxshilash uchun loyihalar tuzish.
Sahifalar mundarijasini bilay desangiz xaritaga qarang!
Kafedra faoliyatini boshqarish va tashkillashtirish:
• Kafedra ToshPTI rektori tomonidan tayinlagan Mudir tomonidan boshqariladi.
• Kafedra professor-o’qituvchilari Mudir tavsiyasiga binoan rektor tomonidan ishga qabul qilinadi.
• Kafedra mudiri «Kafedra Nizomi» va «Institut Nizomi»ga binoan barcha ish faoliyatlarni tashkillashtiradi va boshqaradi.
O’rta Osiyo respublika pediatriya institute hozirda, Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va bizning kafedramiz, 1972 yilda tashkil topgan. Shu o’tgan davr mobaynida kafedramiz pediatrlar, umumiy amaliyot shifokorlari, oilaviy shifokorlar, otorinolaringologlar (bolalar va kattalar) tayyorlashda muayyan ko’nikma va tajribalarga ega bo’ldi. 2001 yilda ToshPTI Otorinolaringologiya kafedrasi asosida prof. Saidakrom Asqarovich Xasanovning, bevosita tashabbusi, prof. Sunnat Nigmatovich Mahsudov va dosent X.N.Shamsiyev boshchiligida Bolalar stomatologiyasi kursi tashkil etildi. Xozirgi kunga qadar kurs xodimlari tomonidan talaba yoshlarning talim-tarbiyaviy ishlarni, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga qollash borasida, oquv, oquv uslubiy ishlarini takomillashtirish boyicha bir muncha ishlar amalga oshirildi. 2011-2016 yillar mobaynida «Pediatriya stomatologiyasi» yo’nalishi bo’yicha magistratura va klinik rezidentlik tashkil qilindi.2011 yildan buyon t.f.d.professor Gulomov Surat Saidvaliyevich “Bolalar stomatologiyasi” kursi rahbari. 2018-2019 o’quv yilida «Bolalar yuz-jag’ jarrohligi» yo’nalishi bo’yicha magistratura tashkil qilindi.
Kafedraning ilmiy salohiyati 85% tashkil qiladi, xodimlarning o’rtacha yoshi 45 da. O’qituvchilar Rossiya va taniqli klinikalarda o’z mahoratlarini muntazam oshirib kelishmoqda. Aholimiz orasida jag’-yuz kasalliklari keng tarqalgan bo’lib, ularni davolashda stomatologlar va umumiy amaliyot shifokorlari ishtirok etadi. Shu sababli, zamonaviy diagnostik va davolash ko’nikmalariga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu web-sahifa kafedraning o’quv, davolash, ilmiy va ma’naviy-axloqiy, jamoat faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishtiradi. Zamonaviy ta’lim muammolariga oid ma’lumotlarni internet orqali topishga va qidiruv serverlaridan kerakli axborotni izlashga yordam beradi. Sahifa materiallari 5 va 6-kurs «Tibbiy-pedagogika» va «Pediatriya ishi» fakultetlari talabalari, stomatologiya mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlar, doktorantlar hamda stomatologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, u 3 (o’zbek, rus va ingliz) tillarida yoritilgan.
Kafedra a’zolari 3 tilda dars olib borishadi va talabalardan ham shuni talab qilishadi. Bundan tashqari, ushbu sahifadan foydalanuvchi talaba yoshlarimizning ota-onalari bolalar stomatologiyasi bo’yicha qiziqqan savollariga javob topishi va farzandlarining muvaffaqiyatlaridan boxabar bo’lishlari mumkin. Sahifadagi davolash ishlariga doir ma’lumotlar bemorlarimizning ota-onalari va yurtimizning xayrli niyatli insonlari uchun ham foydadan holi emas.
Kafedra tarkibi millati va yashash joyidan qat’iy nazar, faqat qobiliyatiga qarab tanlangan, intiluvchan yoshlar bilan to’ldirib boriladi. Kafedra har kuni qandaydir bir yangilik bilan boyiydi: yangi asbob-anjomlarni olishga muvaffaq bo’ladi, diagnostika va davolashning zamonaviy uslublari, shuningdek, o’qitishning mukammal metodlarini amaliyotga tatbiq etadi. Har bir xodim pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib boradi.
Hozirgi kuchli raqobat davrida yangiliklarga intilish uchun harakat qilmaslik – orqada qolish demakdir! Bizning kafedramizda «operatsiya qilmaydigan» xirurglar yo’q, va bizda xodimlarni «kafedra va klinika»ga ajratish yo’q. Kafedra o’z oldidagi vazifalarni yanada sifatli bajarish maqsadida yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning o’xshash kafedralari bilan muntazam ravishda tajriba almashadi va hamkorlik qiladi.
- E-mail surat1977@mail.ru
Hurmat bilan, kafedra mudiri t.f.d., prof. Gulyamov S.S.