Kafedraning xalqaro hamkorligi:

       Xozirgi kunga kelib Toshkent pediatriya tibbiyot instituti dunyoning QS World University Ranking universitetlari  o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yolga  qo‘ymoqda va  ijobiy natijalarga erishmoqda, natijada  Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi  kafedrasi  mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor — Sankt-Peterburg davlat bolalar tibbiy universiteti «Bolalar stomatologiyasi»  yonalishi bo‘yicha  144 soat 30.05.2022-26.06.2022 — Gulyamov S.S., dotsent Yakubova F. X 16.09.2019-12.10.2019 malakalarini oshirdilar.


Bundan tashqari ToshPTI professor o‘qituvchilari Turkiya Tibbiyot Institutiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi  kafedrasi  mudiri,  professor Gulyamov S.S. ham ishtirok etdi. Tashrif doirasida Pediatrlar Assotsiatsiyasi raisi E.Hasanogli bilan uchrashib, ushbu Pediatrlar  Assotsiatsiyasiga a‘zolikka va  qo‘shma  Xalqaro konferentsiyalar uyushtirishni kelishib olindi.   Shuningdek, uchrashuvda amaliy tibbiyot va tibbiy ta’lim sohalarida hamkorlikni, o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.  Uchrashuv yakunida taraflar samarali hamkorlik uchun muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi kafedrasi hodimlari Xalqaro konferentsiyalarda doimiy ravishda qatnashib kelmoqda. 17 aprel 2024 yil. 201 Xalqaro stomatologiya fakulteti ustozlar Shukurova Gulnora Rahmonovna dosent Yakubova Farida Xaldarovna boshchiligida Xalqaro Stomatologiya ko’rgazmasiga tashrif buyurdilar . Ko’rgazmada zamonaviy stomatologiyaning dolzarb yangiliklari bilan tanishdilar. Davolash jarayonidagi yangi usullar , dori darmonlar , uskunalar , usullar haqida ma’lumotlar olindi.