ILMIY FAOLIYATI
Kafedra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda chiqilgan “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturini amalga oshrish yuzasidan ishlar olib bormoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat. Milliy rivojlanish dasturi doirasida kafedradai ilmiy makolalarni “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida kafedramiz professor – o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarga “SCOPUS” va “ScienceDirect” halqaro ilmiy ma’lumotlar bazalariga ulanish masalalariga bag‘ishlangan seminar – treninglarlarda ishtirok etishdi. Kafedramizning barcha professor – o‘qituvchilari va doktorantlari ro‘yxatdan o‘tishdi.
Kafedraning ilmiy faoliyatiga mas’ul:
Hatamova O’.H.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari:
“Bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning oldini olish” – mudir: tibbiyot fanlari doktori, prof. Gulyamov S.S.
Ilmiy muammolar:
Bolalarda tish kasalliklarining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
KAFEDRA ILMIY FAOLIYATIDAGI MAQSADLARNI BAJARISH UCHUN YILLIK REJAGA ASOSAN QUYIDAGI YUNALISHLARDA ISHLAR OLIB BORILADI:
– ilmiy makolalar chop etish
– ilmiy amaliy konferensiyalarda tezislar va dokladlar bilan ishtirok etish
– monografiyalar chop etish
– ilmiy ishlar natijalarini tadbik etish aktlarini olish
– patentlar olish
– PhD dissertasiyalari himoyasi
– DSc dissertasiyalari himoyasi.
Ilmiy tadqiqot:
Oxirgi 5 yil davomida 1 ta dissertatsiya himoya qilindi:Karimov D.M. (PhD – 2020);
Bugungi kunda kafedrada:
1 nafar fan doktori va 3 nafar fan nomzodi, 1 nafar professor va 2 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda.
Kafedra mudiri:
tibbiyot fanlari doktori, professor Gulyamov Surat Saidvalievich
Kafedra xodimlari:
tibbiyot fanlari doktori, prof. Gulyamov S.S., t.f.n. dotsent Maxkamova F.T., t.f.n., dotsent Yakubova F.X., t.f.n., dots. Shukurova G.R., ass. Hatamova O’.H. ass. Saidmurodova N.S.
Kafedraning ilmiy salohiyati – 80%
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
Saidmurodova N.S “Tug’ma tanglay va lab kemtikli bolalarda kompleks davolashni takomillashtirish”. PhD darajasi uchun.
Ilmiy hamkorlik. Kafedra xodimlari Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining otorinolaringologiya kafedrasi bilan faol hamkorlik qiladi;
Talabalar ilmiy jamiyati.
Har yili bakalavr, magistratura va klinik ordinatorlar kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda qatnashadilar. Ularning ilmiy ishlari natijalari talabalar ilmiy konferensiyasi tezislari to‘plamida chop etiladi va sovrinli o‘rinlarni egallaydi.
Ilmiy konferentsiyalar.
Kafedra xodimlari muntazam ravishda stajirovkadan o‘tadilar, O‘zbekistonda va xorijda o‘tkaziladigan kongresslar, anjumanlar va konferensiyalarda qatnashadilar. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Stomatologlar jamiyati doirasida har yili stomatoloiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etishda ishtirok etib keladi.
Ilmiy nashrlar.
Oxirgi 10 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 200 ga yaqin ilmiy ishlar chop etilgan, jumladan, intellektual mulk agentligining kompyuter patentlari.
Ilmiy jamoalarda ishtirok etish.
Kafedraning quyidagi xodimlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi Ilmiy kengash (DSc. 04/30.12.2019. Tib.29.01) aʼzolari hisoblanadilar:
– tibbiyot fanlari doktori, professor G‘ulomov S.S., (14.00.21 – stomatologiya);
Quyidagi bo’lim xodimlari:
tibbiyot fanlari doktori Toshkent stomatologiya instituti qoshidagi ilmiy seminar a’zosi, prof., Gulyamov S.S.
– Kafedra mudiri, t.f.d., professor., Gulyamov S.S. “Pediatriya” va “Stomatologiya” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi.
Bolalar Stomatologiyasi kursi faoliyati davomida xodimlar tomonidan 100 tadan oshiq maqola shundan 11 ta chet elda nashr qilingan, 22 ta tezis, 2 ta darslik va 5 ta oquv qollanma .1ta monografiya chop etildi.
1. Gulyamov S.S., Sh.B.Daminova, F.T.Maxkamova, N.S.Saidmurodova. Og’iz bo’shlig’i a’zolari va tishlarning gistologiyasi . “EFFEKT-D” ” nashriyoti. 2022.
2.Gulyamov S.S., Sh.B.Daminova, J.R.Abdullaev .,Rahmatullaeva D.O’. Профилактика стоматологических заболеваний. “METODIST” nashriyoti. Тoshkent. 2023.
3. F.T.Maxkamova Лечебные и профилактические мероприятия заболеваний зубов и пародонта в детском и подростковом возрасте. “Ijod-Print” nashriyoti. Тoshkent . 2019
4. Gulyamov S.S., I.Xalilov, F.T.Maxkamova .Bolalar terapevtik stomatologiyasidan amaliy qo’llanma. “Ijod-Print” nashriyoti. Тoshkent . 2019
5. Yakubova F.X., Shukurova G.R., Maxkamova F.T. Pediatrlar uchun Bolalar stomatologiyasi fani bo’yicha o’quv qo’llanma . “NURFAYZ” nashriyoti. Тoshkent 2021.
6. Yakubova F.X. Asosiy stomatologik kasalliklar. Pediatrlar uchun Bolalar stomatologiyasi fani bo’yicha o’quv qo’llanma. “EFFEKT-D” nashriyoti. Тoshkent. 2023.
7. Maxkamova F.T. Yuz-ja g’ sohasi o’smalari va o’smasimon hosilalaril. “METODIST” nashriyoti. Тoshkent. 2023.
8. Shukurova G.R. Физиотерапия в стоматологии. “EFFEKT-D” nashriyoti. Тoshkent. 2023.
Bir necha EHM dasturlari mavjud:
- Ashirbaev SH.P., Vihrov I.P.,Mamadullaev B.N., Gulyamov S.S. Dunyo’ boylab COVID-19 tarqalishining asosiy statistik ishlov berish dasturi. № BGU 00612 – sonli 13.04. 2022 yil.
- Daminov B.T., Ashirbaev SH.P., Vihrov I.P.,Mamadullaev B.N., Gulyamov S.S., Еngil avtomashinalardan foydalanishdan СО2 ifloslanishining interaktiv ma’lumotlar bazasi. № BGU 00942 – sonli 07.02. 2023 yil.
- Shukurova G.R. Stomatologiyada fizioterapiya amaliyotini tashkil etish modul dasturi. № DGU 39297 – sonli 02.06. 2024 yil.