Stomatologiya, bolalar stomatologiyasi kafedrasi hodimlari
Maxkamova F.T, Yakubova F.X, Shukurova.G.R , Habilov B.H hamda, xalqaro fakultet talabalari Toshkent shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun kasb hunar maktabida tibbiy ko’rik oʻtkazdilar. Koʻrikdan o’tkazilgan o’quvchilar zarur maslahatlar va tavsiyalar berildi .
TOSHPTI TOMONIDAN TOSHKENT SHAHRI IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABIDA O’TKAZILGAN TIBBIY KO’RIK
2023 yil 15 noyabr kuni
Toshkent shahri imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Davolash bo‘limi boshlig‘i, Xotin-qizlar kengashi raisi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, kafedra professor-o‘qituvchilari, mutaxassislar Endokrinolog, Nevropatolog, Stomatolog, Psixiatr, Oftolmolog, Otolaringolog va tibbiy xodimlar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mutaxassilar tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida maktab o‘quvchilari salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sog‘lom oilani shakllantirish maqsadida to‘lik tekshiruvlar o‘tkazildi va davolanish uchun ko‘rsatma, tavsiyalar hamda tibbiy maslahatlar berildi.
22-aprel 2024 yil.
Stomatologiya kursi murabbiylari Shukurova Gulnoza Rahmanovna , dosentlar Yakubova Farida Xaldarovna , Maxkamova Feruza Tashtemirovna boshchiligida 608, 609 guruh 1- Pedriatriya fakulteti talabalari ishtirokida “Toʻg’ri ovqatlanish davr talabi “ mavzusida seminar o’tkazildi . Seminarda to’g’ri ovqatlanishdagi qonun qoidalar, ovqatlanishning inson salomatligidagi o’rni haqida baxs munozaralar olib borildi. Faol ishtirokchi talabalar rag’batlantirildi .
25-aprel 2024 yil.
Stomatologiya kursi assistenti Shukurova Gulnoza Rahmanovna , dosentlar Yakubova Farida Xaldarovna , Maxkamova Feruza Tashtemirovna boshchiligida 608, 609 guruh 1- Pediatriya fakulteti talabalari ishtirokida “O’g’iz boshlig’ining gigiyena vositalari “ mavzusida seminar o’tkazildi . Seminar qizg’in baxs munozaralar bilan o’tdi . Talabalar o’zlarining fundamental bilimlarini namoish qilishdi. Seminar talabalarda katta ta’surot qoldirdi.
17 aprel 2024 yil.
201 Xalqaro stomatologiya fakulteti ustozlar Shukurova Gulnora Rahmonovna dosent Yakubova Farida Xaldarovna boshchiligida Xalqaro Stomatologiya ko’rgazmasiga tashrif buyurdilar . Ko’rgazmada zamonaviy stomatologiyaning dolzarb yangiliklari bilan tanishdilar. Davolash jarayonidagi yangi usullar , dori darmonlar , uskunalar , usullar haqida ma’lumotlar olindi.
17 aprel 2024 yil.
201 Xalqaro stomatologiya fakulteti ustozlar Shukurova Gulnora Rahmonovna dosent Yakubova Farida Xaldarovna boshchiligida Xalqaro Stomatologiya ko’rgazmasiga tashrif buyurdilar . Ko’rgazmada zamonaviy stomatologiyaning dolzarb yangiliklari bilan tanishdilar. Davolash jarayonidagi yangi usullar , dori darmonlar , uskunalar , usullar haqida ma’lumotlar olindi.
TOSHPTI TOMONIDAN TOSHKENT SHAHRI IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABIDA O’TKAZILGAN TIBBIY KO’RIK
2023 yil 15 noyabr kuni Toshkent shahri imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 2-son kasb-hunar maktabida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Davolash bo‘limi boshlig‘i, Xotin-qizlar kengashi raisi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, kafedra professor-o‘qituvchilari, mutaxassislar Endokrinolog, Nevropatolog, Stomatolog, Psixiatr, Oftolmolog, Otolaringolog va tibbiy xodimlar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mutaxassilar tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida maktab o‘quvchilari salomatligini asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sog‘lom oilani shakllantirish maqsadida to‘lik tekshiruvlar o‘tkazildi va davolanish uchun ko‘rsatma, tavsiyalar hamda tibbiy maslahatlar berildi.
INSTITUT YOSHLAR ITTIFOQI TASHABBUSI BILAN TALABALARGA MASTER-KLASS O’TKAZILDI
2023-yil 9-noyabr kuni
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Talabalar shaharchasida O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida “Sog’lom turmush tarzi” shiori ostida master-klass o’tkazildi.
Master-klass davomida talabalarga yurakning tekshirish usullari – auskultatsiya, perkussiya, palpatsiya, qon bosimi va pulsni o’lchash texnikasi bo’yicha mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi va talabalarning amaliy ko’nikmalarni mustahkamshga qaratilgan mahorat darsi o’tkazildi.
Mazkur master-klass O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan taklif etilgan institutning Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi dotsenti A.K. Tursunov, Patologik fizioligiya, gistologiya kafedrasi mudiri, dotsent S.A.Begmanov hamda Otorinoloringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi, bolalar stomotalogiyasi kafedrasi xodimlari G.R.Shukurova, F.X. Yakubova va 2-bosqich magistranti J.B. Xamdamov hamda Farmokologiya va fiziologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tkazildi.
Master-klass jarayonida O’zbekiston yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkiloti qoshidagi Volontyorlik jamoalari tomonidan auskultatsiya, perkussiya, palpatsiya tekshirish usullari ko’rsatib berildi. Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan kasalliklari bo’yicha mutaxassislarga savollarni berib, ularga tegishli javoblarni oldilar.