Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha ma’sul: Ismailova M. U.
Kafedrada ma’naviy-axloqiy ishlar tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda. “Axborot soatlari” har hafta o‘tkazilib, turli ma’naviy-axloqiy mavzularda tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar muntazam tashkil etilmoqda.
Kafedrada talabalarning tashqi ko‘rinishi, sog‘lom turmush tarzi, estetik-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari institutning barcha tadbirlarida faol ishtirok etib, doimo faxriy o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Barcha kafedra xodimlari har oy talabalar turar joyiga tashrif buyurishadi. Kafedrada ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarda ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu yo‘nalish doirasida kafedrada haftalik axborot soati o‘tkazilib, unda barcha kafedra xodimlari, magistrlar, kafedra klinik ordinatorlari hamda sikl darsida qatnashayotgan talabalar ishtirokida mamlakatimiz va jahon yangiliklari muhokama qilinadi. Muntazam ravishda tasdiqlangan reja asosida ma’naviy-axloqiy ishlar bo‘yicha kafedra yig‘ilishlari o‘tkazilib, ularda terrorizm va diniy ekstremizm, xulq-atvor madaniyati, noto‘g‘ri tarbiya va uning oqibatlari kabi muhim mavzular muhokama etilmoqda. Yig‘ilishlar ma’ruza, suhbat tarzida o‘tkaziladi.
Ushbu yig'ilishlarda talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar, kafedra assistentlari tomonidan tayyorlangan ma'ruzalar ham o'qiladi. O‘quv yili davomida har haftada “Axborot soatlari” o‘tkazilib, shu ma’lumotlar asosida o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida targ‘ibot va tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Kafedrada barcha bayram tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek har bir sikl davomida hozirda aktual bo’lgan giyohvandlik, toksikomaniya, chekish kabi zararli odatlarning noto’g’ri tarbiya natijasi ekanligi haqida suhbatlar o’tkazildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar bilan muntazam ravishda giyohvandlikning zarari, sog‘lom, ijtimoiy moslashgan shaxsni shakllantirishda to‘g‘ri tarbiya berishning ahamiyati, stress omillarining odamlarning ruhiy salomatligiga ta’siri tibbiyotda axloq va deontologiyaning ahamiyati va tibbiyot fanlari bo‘yicha tushuntirish suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. O‘quv yili davomida har oyda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Kafedrada “Ma’naviyat va ma’rifat” burchagi mavjud.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan birgalikda “Giyohvandlik”, “Tamaki chekish”, “OIV infeksiyasi”, “Alkogolizm” mavzularida ma’ruzalar zallarida anjumanlar tashkil etilmoqda. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun ham shunday ma’ruza va tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kafedrada professor-o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy va kasbiy saviyasini oshirish bo‘yicha muntazam ishlar olib borilmoqda. Kafedra xodimlari institut jamoat hayotida, madaniy va sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedrada Murabbiylik ishlari tashkil etilgan. Institut Rektori va Murabbiylar Kengashining 2023 yil Sentabr oyidagi buyrug’iga asosan 2023 – 2024 o’quv yilidan 6-kurs I-pediatriya fakultetidan 12-guruh talabalari bilan murabbiylik ishlarini olib borish uchun bizning kafedramizga biriktirildi. Shuningdek, murabbiylar talabalarni institutda yaratilgan sharoitlar, moddiy rag‘batlantirish va yordam ko‘rsatish uchun mavjud imkoniyatlar, shaxsiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishtiradi, imkoni boricha talabalarga har tomonlama yordam ko‘rsatishga e’tibor beriladi.
Axborot soatlari: Kafedrada Prezident qarorlari, Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, siyosiy yangiliklar va boshqalar jamlangan materiallar jamlanmasi mavjud. Ushbu materiallar kafedra majlislarida, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda muhokama qilinadi.
Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasidagi murabbiylarni Axborot soatlarini o‘tish jadvali (bir oyda ikki marta) 2023-2024 o‘quv yili.
Beknazarov A.B | 601 -602 Payshanba |
Shoraxmedov Sh.Sh | 603-604 Juma |
Ashurova G.Z | 611-612 Payshanba |
Fayziev O.Ya | 615-616 Chorshanba |
Mamatqulov I.A | 617-618 Seshanba |
Shakarova M.U | 621-622 Dushanba |