ASSALOMU ALAYKUM WEB SAHIFAMIZNING HURMATLI TASHRIF BUYURUVCHILARI!

Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining «Otorinolaringologiya, bolalar otorinolaringologiyasi va stomatologiyasi» kafedrasining rasmiy web sahifasiga xush kelibsiz!

Kafedra mudiri t.f.d..prof.
Omonov Sh. E.

Kurs mudiri t.f.d..prof.
Gulyamov S.S.

www.tashpmi.uz saytining ushbu rasmiy dinamik Stomatologiya kursi web sahifasi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (prof. B. T. Daminov) ning 31.01.2013 sana 43-son «Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti rasmiy veb sayti haqida»gi buyrug’iga asosan yaratildi. Buyruqqa asosan Stomatologiya kursi bo’yicha Informasion va kommunikasion texnologiya (IKT) koordinatori assistent Makhkamova Feruza Tashtemirovna hisoblanadi . Sahifa maqsadi: talabalarning bilim olishiga ko’mak berish va ta’lim jarayonini yengillashtirish, o’qituvchilar, xodimlar, talabalar,  doktorantlar,  o’z farzandlarining taqdiri bilan qiziquvchi ota-onalar, patsientlar va hamkorlarimizga tezkor, xolisona ma’lumot yetkazib berish, ular bilan o’zaro ma’lumotlar almashish, muloqotda bo’lish va hamjihatlikda o’qitish sifatini yanada yaxshilash uchun loyihalar tuzish. Sahifalar mundarijasini bilay desangiz xaritaga qarang! Kurs faoliyatini boshqarish va tashkillashtirish: • Kafedra ToshPTI rektori tomonidan tayinlagan Mudir tomonidan boshqariladi. • Kafedra professor-o’qituvchilari Mudir tavsiyasiga binoan rektor tomonidan ishga qabul qilinadi. • Kafedra mudiri «Kafedra Nizomi» va «Institut Nizomi»ga binoan barcha ish faoliyatlarni tashkillashtiradi va boshqaradi. Kurs tarkibi: •

Kurs mudiri Professor• r • Dotsent 1,0 • Assistentlar 2,0 •  Nizomlarga ko’ra kurs quyidagi ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirishga mas’ul: • Ta’lim berish (talabalar, doktorantlar, o’qitilishini tashkil qilish). • Ilmiy izlanishlar olib borish. • Ma’naviy- ma’rifiy ishlar. • Maslahat va davolash ishlari. • Jamoat ishlari. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti va bizning kafedramiz, O’rta Osiyo respublikalarida tug’ilish ko’rsatkichi yuqoriligini inobatga olgan holda, 1972 yilda tashkil topgan. Shu o’tgan davr mobaynida kafedramiz pediatrlar, umumiy amaliyot shifokorlari, oilaviy shifokorlar, otorinolaringologlar (bolalar va kattalar) tayyorlashda muayyan ko’nikma va tajribalarga ega bo’ldi. 2001 yildan boshlab LOR kafedrasi tarkibida «Bolalar stomatologiyasi» kursi tashkil etildi. Kafedraning ilmiy salohiyati 90% tashkil qiladi, xodimlarning o’rtacha yoshi 45 da. O’qituvchilar, Janubiy Koreyadagi taniqli klinikalarda o’z mahoratlarini muntazam oshirib kelishmoqda. Aholi orasida  og’iz bo’shligi kasalliklari bilan xastalanish darajasi yuqori pog’onalarni egallaydi, va ularni davolashda  stomatologlar, umumiy amaliyot shifokorlari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishadi. Shu sababli, zamonaviy diagnostik, davolash ko’nikmalari bilan qurollangan, yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqli saqlash tizimining ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu web sahifa kafedraning o’quv, davolash, ilmiy, ma’naviy-axloqiy, jamoat faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishtiradi, zamonaviy ta’lim muammolariga xos ma’lumotlarni Internetdan izlab topishga va qidiruv serverlaridan ma’lumotlar axtarishda Sizga yordam beradi. Eng muhimi, sahifa materiallari 5 va 6 kurs «Tibbiy-pedagogika», Davolash ishi va «Pediatriya ishi» fakultetlari talabalari,Stomatologiya mutaxassisligi bo’yicha  doktorantlar hamda stomatologiya kursi professor-o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, u 3 (o’zbek, rus va ingliz) tillarida yoritilgan. Kurs a’zolari 3 tilda dars olib borishadi va talabalardan ham shuni talab qilishadi. Bundan tashqari, ushbu sahifadan foydalanuvchi talaba yoshlarimizning ota-onalari  bolalar stomatologiyasi bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishi, farzandlarining muvaffaqiyatlaridan boxabar bo’lishlari mumkin. Sahifadagi davolash ishlariga doir ma’lumotlar bemorlarimizning ota-onalari va yurtimizning xayrli niyatli insonlari uchun foydadan xoli emas. Kurs tarkibi millati va yashash joyidan qat’iy nazar, faqat qobiliyatiga qarab tanlangan, intiluvchan yoshlar bilan to’ldirib boriladi. Kurs har kuni qandaydir bir yangilik bilan boyiydi: yangi asbob-anjomlarni olishga muvaffaq bo’ladi, diagnostika va davolashning zamonaviy uslublari hamda o’qitishning mukammal metodlarini amaliyotga singdiradi, har bir xodim, har doim o’z pedagogik mahoratini oshirib boradi. Hozirgi kuchli raqobat davrida yangiliklarga intilish uchun harakat qilmaslik – orqada qolish demakdir!!! Kafedramiz xodimlarining ham qo’li ham boshi ishlaydi.  Kurs o’z oldidagi vazifalar sifatini yanada oshirish maqsadida uzoq va yaqin chet el davlatlarining turdosh tashkilotlari mutaxassislari bilan muntazam hamkorlik qiladi va o’zaro tajriba almashishadi. 

2001 yil ToshPTI Otorinolaringologiya bolalar otorinolaringologiyasi va stomatologiyasi kafedarasida Xasanov S.A, tashabuslari bilan professor Maxsudov S.N  va dosent Shamsiyev X boshchiliklarida bolalar stomatologiyasi kursi tashkil qilingan.

Bolalar stomatologiyasi kursining eng asosiy ishlaridan biri bu metodik-o’quv jarayoni bo’lib xisoblanadi. Kafedra xodimlari tomonidan “Yosh bolalar stomatologiyasi” bo’yicha o’quv qollanma va ishchi dastur tuzilib va tasdiqlanib, kompyuter uchun tayyorgarlik test sinovlari va klinik mashqlar, ogzaki savol javoblar tashkil etilgan.  Shu jumladan Pediatriya- tibbiy pedagogika 5-6 kurs talabalari uchun hilma hil qiyinchilik darajasiga ega bo’lgan testlar tuzildi.  Oliy xamshiralik ishi fakul’teti talabalari uchun “Stomatologiya xamshiralik ishi” bo’yicha o’quv va ishchi dasturlar ishlab chiqildi va 2015 yilgacha faoliyat yuritdi.

 Vaqt o’tishi bilan bolalar stomatologiyasi bazasi yengilanib turibti, poliklinikada zamonaviy turbinali mobil anjomlar stomatologik asbob uskunalar va qurilmalar o’rnatildi.

Tishlarni plombalash uchun zamonaviy va sifatli plomba xom ashyollari olib kelindi. Bolalar stomatologiyasi kursida sanitar-gigienik tekshiruvlar stomatologik kassaliklarni profilaktikasiga aloxida etibor qaratiladi. Talabalarni o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogoik texnologiyalardan foydalaniladi.

Kursning ma’ruzalarida va amaliyot mashg’ulotlarida multimediyali prezentatsiyalar va video filmlar keng qollanilmoqda. Oquv jarayonlarni yaxshi o’zlashtirish uchun kursda oquv programmalar, texnologiyalar va organayzerlar ishlab chiqildi.

2011-2016  yillarda ToshPTI tarkibida “Bolalar stomatologiyasi” yo’nalishida magistratura va klinik ordinatura faoliyat yuritdi. O’qishga 16 ta magistr qabul qilindi va bitirdi. 

2018-2019  o’quv yilida «Bolalar yuz-jag’ jarrohligi» yo’nalishi bo’yicha magistratura tashkil qilindi.