2001 yilda ToshPTI Otorinolaringologiya kafedrasi asosida prof. Saidakrom Asqarovich Xasanovning ,bevosita tashabbusi, prof.Sunnat Nigmatovich Mahsudov va dosent X.N.Shamsiyev boshchiligida Bolalar stomatologiyasi kursi tashkil etildi.Xozirgi kunga qadar kurs xodimlari tomonidan talaba yoshlarning talim-tarbiyaviy ishlarni, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga qollash borasida, oquv, oquv uslubiy ishlarini takomillashtirish boyicha bir muncha ishlar amalga oshirildi. 2011-2016 yillar mobaynida «Pediatriya stomatologiyasi» yo’nalishi bo’yicha magistratura va klinik rezidentlik tashkil qilindi.2011 yildan buyon t.f.d.professor Gulomov Surat Saidvaliyevich “Bolalar stomatologiyasi” kursi rahbari. 

2018-2019  o’quv yilida «|Bolalar yuz-jag’ jarrohligi» yo’nalishi bo’yicha magistratura tashkil qilindi.