Neyroxirurgiya va bolalar neyroxirurgiyasi

Kafedraning assosiy bazasi Respublika ilmiy neyroxirurgiya markazida neyroxirurgiya bo’limi hisoblanadi. Kafedra 4 va 6-qavatlarida joylashgan. 4 qavatda Magistratura bo’limi mavjud va 3 ta moderator xonalari, xona ustalari va katta laborant uchun mo’ljallangan xonalardan iborat. 6-qavat 3ta o’quv honalari bor va ular o’quv qo’llanmalar, tarqatma materiallar va dalolat bannerlar bilan jihozlangan. Tasdiqlangan jadval va rotatsiya jadvaliga ko’ra magistr va bakalavrlar talabalar o’quv mashg’ulotlarini olib borishadi. Shuningdek, kafedra ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarlarda faol qatnashadi. Magistratura va bakalavr talabalari tarixini o’rganish, bemorlar ko’riklarida qatnashish, jarrohlik amaliyotini kuzatish ortqali nazariy va amaliy bilimlarini boyitish imkoniga ega. 

Travmatologiya va ortopediya

Travmatologiya va ortopediya kafedrasida 4 va 6 kurs tibbiy-pedagogika va davolash ishi fakulteti talabalari «Travmatologiya va ortopediya» fanidan, pediatriya fakulteti 5 kurs talabalari «Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi» fanidan ta’lim oladilar. Kafedra ToshPTI klinikasi binosi 2-qavatda joylashgan. Bundan tashqari, 2- ShBKXSh, Respublika bolalar ortopediya markazi va Toshkent viloyat kasalxonalarida joylashgan bazalarda tahsil oladilar.