Falsafa kafedrasi 1972 yilda Toshkent pediatriya instituti tashkil etilishi munosabati bilan dastlab «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi tarkibida o’z faoliyatini boshladi. Keyinchalik «Falsafa», «Siyosiy iqtisod», «Ilmiy kommunizm» va «KPSS tarixi» kafedralari alohida tashkil etildi. 1993 yilda «Falsafa», «O’zbekiston tarixi» va «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedralari o’zaro birlashtirildi. 2004 – yil 28 – avgustida ToshPTI ilmiy Kengashining qarori bilan alohida “Falsafa” kafedrasi tashkil etildi va hozirda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada 2010-2011 o’quv yilidan boshlab yangi reyting tizimiga o’tildi. Hozirda kafedrada o’qitilayotgan barcha fanlar bo’yicha o’quv-ishchi dasturlar yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qaytadan to’ldirildi. Talabalarning fanlarni o’zlashtirish sifatini oshirish maqsadida istiqlol yillarda kafedrada o’qitilayotgan barcha fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va chop etildi. Falsafa kafedrasi xodimlari samarali ilmiy-tadqiqot tishlarini amalga oshirmoqdalar, istiqlol yillarida 2 ta monografiya 2 ta o’quv qullanma 16 ta o’quv-uslubiy qullanma 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Kafedra mudiri X.Xaydarov tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida, 225 bet hajmda “Место исторического закона в структуре социалного познания и управления” nomli monografiya chop etildi. Mazkur asarda muallif jamiyat qonunlarining mazmuni, mohiyati va o’ziga xosligi hamda ularning ijtimoiy jarayonlarni bilish nazariyasi va amaliyotidagi o’rni va metodologiik ahamiyati ochib berilgan. Kafedraning ilmiy–tadqiqot yunalishi: “Bozor munosabatlariga asoslangan xuquqiy demokratik jamiyatni ilmiy boshqarish muammosi” hisoblanib, ushbu yunalishda, 2003 yilda kafedra mudiri Xaydarov Xurram Formanovich tomonidan “Jamiyat qonunlari – islohotlar jarayonlarini bilish va boshqarish omili” mavzusida doktorlik dissertastiyasi himoya qilindi. Dissertatsiya ishida Respublikamizda Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar asosida mamlakatimizda bunyod etilayotgan demokratik va odil jamiyatning modelini aniq tasavvur etish, uning o’ziga xos rivojlanish qonunlarini kashf etish va ularga amal qilish asosida islohotlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish nazariyasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, Respublikamiz hayotida yuz berayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonlarini, demokratik boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish va uni yangicha usul hamda vositalar bilan qurollantirish, O’zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichida amal qilayotgan umumiy qonunlar bilan birga, o’ziga xos xususiy qonunlarni aniqlash orqali birinchi marotaba ijtimoiy – falsafiy nuqtai nazardan respublikamizning kelgusi istiqbollarini ilmiylik nuqtai nazaridan bashorat qilish va O’zbekistonning o’ziga xos rivojlanish tamoyillarini asoslab berish orqali islohotlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan. Kafedra mudiri, professor X.Xaydarov tomonidan 2010 yilda “O’zbekiston” nashriyotida 160 bet hajmda “Islohotlar falsafasi” nomli monografiyani chop etildi. Prezident Islom Karimov asarlarida bayon etilgan O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish konsepsiyasi monografiyaning nazariy asosi qilib olingan va shu asosda, birinchi marotaba bozor munosabatlariga o’tishning O’zbekiston sharoitiga xos xususiy qonunlarini aniqlash orqali, respublikamiz hayotining barcha sohalarida o’tkazilayotgan islohotlarning istiqbollarini oldindan ko’ra bilish va bashorat qilish mumkinligi e’tirof etilgan, jamiyat qonunlarining «amal qilish mexanizmi» va «foydalanish mexanizmi»ni teran o’rganish, undan oqilona foydalanish, mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan islohotlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirish hamda demokratik boshqarishning metodologik asosini tashkil etishi har tomonlama asoslab berilgan.