Fakultet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-son hamda 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–60-son hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–61-son Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori, institut Ustavi hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etadi.
2022-2023 o‘quv yili bitiruvchilar soni 205 nafar bo‘lib, ulardan 5 nafari xorijiy davlatlar (Janubiy Koreya, Turkmaniston, Qozog‘iston) fuqarolari.
2023-2024 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar soni 2178 nafar. Fakultet kafedralarida magistratura va klini ordinaturaning 14 ta mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
2023-2024 o‘quv yilida fakultetning Davolash ishi ta’lim yo‘nalishiga 395 nafar talaba, shu jumladan, Afg‘oniston, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarolari o‘qishga qabul qilindilar.
2023 yil institutda 16 sentyabr kuni “Ota-onalar forumi o‘tkazildi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 noyabrdagi 713-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida fakultetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchi kurs 308 nafar talabalari amaliyot o‘tish joylariga taqsimlandilar hamda ular uchun rejadagi ma’ruza va o‘quv mashg‘ulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda tashkil etildi.
Qoraqalpoq xalq shoiri Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar.
“QVZ – 2022” va “QVZ – 2023” mavsumlari ko‘rik tanlovi final bosqichi g‘olibligini qo‘lga kiritgan fakultetning “Skalpel” jamoasi.
«Xon atlas» festivali
Tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish jarayoni
Sport musobaqalarida ishtirok
«Ota-onalar forumi»
Talabalar hayotidan