Farmakologiya kafedrasi 1972 yili O’rta Osiyo Pediatriya Instituti qoshida tarkib topgan. Kafedra xodimlari tarkibini 1 – kafedra mudiri, 1- dostent, 3- assistent, 1- katta laborant va 4 – kichik laborantlar tashkil qilgan. Kafedra mudiri lavozimida tibbiyot fanlari doktori, Uzbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi San’at Sobirovna Azizova, dostent lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi V.Z. Mazgutov, assistentlar: t.f.n., Tashmuxamedova F. Sh., Gulyamov G.G., Kadirova N.X., katta laborant Taybayeva M.S., kichik laborantlar Pak N.M., Mirzaxidova M.N., Gulyamov R.O., Eshonxodjaev D. mexnat qilganlar. Farmakologiya fani bo’yicha 3 – kurs talabalariga rus tilida amaliy mashg’ulotlar va ma’ruzalar o’qilgan. Ma’ruzalarni prof. S.S.Azizova va dotsent V.Z.Mazgutovlar o’qigan bo’lsa, barcha domlalar amaliy mashg’ulotlardan dars berganlar. S.S.Azizova rahbarligida yurak glikozidlarining amaliyotga tadbiq etish va ularni yangi ta’sirlarini o’rganish bo’yicha ilmiy maktab yaratildi. 1992 yili bajargan ilmiy tadqiqotlari va tayyorlagan fan doktori, nomzodlari uchun professor S.S.Azizovaning xizmatlari yuksak baxolanib, ularga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoni berildi. Bajarilgan ilmiy tadqiqotlar va tayyorlagan fan nomzodlari uchun professor S.S. Azizovaga 1998 yili O’zbekiston Respublikasining ilmiy tanlovi qarori bilan «1998 yilning eng yaxshi ilmiy rahbari» mukofoti topshirildi. 2004 yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutining farmakologiya kafedrasining mudiri, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi professor S.S.Azizovaning tavallud topgan kunlariga bag’ishlab «Eksperimental va klinik farmakologiyaning dolzarb muammolari» mavzusiga bag’ishlangan ilmiy – amaliy anjuman o’tkazildi. Olima taxriri ostida ilmiy anjuman ma’ruzalarning to’plami chop etildi. Professor S.S.Azizova taxriri ostida tibbiyot institutlari uchun «Farmakologiya» darsligi o’zbek va rus tillarida ikki marta (1994, 2000, 2002, 2006) qayta nashrdan chiqdi va talabalarning asosiy darsligiga aylandi. 2005 yili S.S.Azizova va D.I.Axmedovalar tomonidan «Farmakologiya» elektron darsligi yaratildi va bu darslik xozirgi kunda tibbiyot institutlarining farmakologiya kafedrasida o’quv jarayonlarida faol qo’llanilmoqda.
2005 yilining dekabr oyida kafedra mudiri lavozimiga ToshPTIning Ilmiy Kengashi tomonidan A.A.Abdusamatov saylandi va 2012 yilning noyabr oyigacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatdilar. 2011yil 1 avgustdan Vazirlar Mahkamasi buyrug’i bilan ToshPMI Ilmiy ishlar prorektori lavozimiga tayinlandilar va 2012 yilning noyabr oyigacha Ilmiy ishlar prorektori lavozimida faoliyat ko’rsatdilar. 2008 yil dekabr oyida 3ta o’quv-uslubiy qo’llanma “Farmakologiya” fanidan amaliy mashg’ulotlar tibbiyot oliy o’quv yurtlari 3 kurs talabalari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma; Metodicheskaya rekmendastiya k prakticheskim zanyatiyam po farmakologii, dlya studentov 3go kursa medistinskix VUZov; Farmakologiya fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv-uslubiy qo’llanma, Tibbiyot oliy o’quv yurtlari III kurs talabalari uchun. O’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi
13 yilning fevral oyida kafedra mudiri lavozimiga ToshPTIning Ilmiy Kengashi tomonidan S.D.Aminov tayinlandi. S.D.Aminov O’zbekistonda o’suvchi o’simliklardan ajratib olingan yangi kumarin, flavanoid va alkaloidlarni farmakologik xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullandi. 4 ta moddaga avtorlik guvohnomasi oldi. S.D.Aminov tomonidan 75 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. S.D.Aminov Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi ixtisoslashgan farmakologiya va klinik farmakologiya yo’nalishidagi Kengash a’zosi. Tibbiyotda yangi kun jurnali redkollegiya a’zosi. «Adolat» sosial-demokratik partiya a’zosi.
2016 yil 9 iyunda farmakologiya, fisiologiya kafedrasi mudiri t.f.d.S.D.Aminov 60 yoshga to’lishi munosabati bilan institut ilmiy kengashida institut rektori B.T.Daminov institut jamoasi nomidan yubilyarni qizg’in tabrikladi.
2018-2019 o’quv yilida farmakologiya kafedrasida 1 professor, 2 dotsent, 1 katta o’qituvchi va 3 asisstant ishlamoqda. Assistant K.T.Mirzaaxmedova doktoranturani tugatib dissertatsiya ishini himoya uchun Ixtisoslashtirilgan Kengashga topshirdi.