Kafedrada  3-kurs talabalari “Farmakologiya” fanidan o’qitiladi. Farmakologiya fani bo’yicha pediatriya,  тibbiy pedagogika va davolash ishi fakultetida ma’ruza 58 soat, amaliy mashg’ulotlar 94 soat, mustaqil ish 82 soat V va VI semestrida olib boriladi.

Ma’ruza 1

 Farmakologiya fanining mazmuni, tibbiyotdagi  o’rni,  qisqacha tarixi  va  maqsadlari.

 Farmakologiya  tibbiyotning asosiy fanlaridan biri, kasalliklarga qarshi kurashishda shifokorlar qo’lidagi eng asosiy qurol xisoblanadi. Farmakologiya lotincha   so’z bo’lib, parmacon – dori, logos-fan, dorishunoslik fani degan ma’noni bildiradi. Farmakologiya odam va xayvonlar organizmiga dorilar yuborilgandan keyin unda ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganadi. Farmakologik moddalar organizmning turli a’zolari, to’qimalari, xatto xujayralarini faoliyatini o’zgartirishi mumkin.Farmakologiya bir nechta katta bo’limlardan:  umumiy farmakologiya, klinik farmakologiya, biokimyoviy farmakologiya, ximioterapiya, toksikologiya va boshqalardan iborat.Farmakologiya farmastiya fanlari – farmastevtik kimyo, farmakognoziya, farmastevtik texnologiya bilan chambarchas bog’liq, ular orqali kimyo, botanika, texnologiya fanlari bilan bog’lanadi.  Tibbiyot olamida farmakologiya alohida o’ringa ega: bir tomonda tibbiyotning asosiy nazariy fanlari – fiziologiya, patologik fiziologiya, biokimyo bo’lsa, ikkinchi tomonda amaliy fanlar – terapiya, pediatriya, xirurgiya va boshqalar turadi. Farmakologiya orqali nazariy bilimlar amaliy  tibbiyotdan o’rin oladi.  Farmakologiya tarixiga odamzod yaratilgan davrdayoq asos solingan, chunki o’sha davrda xam odamlar  kasal bo’lganlar, yirtqich xayvonlarga, yong’inlarga  duch kelganlar, ilonlar, chayonlar chaqqan, ular atrofdagi giyoxlardan, hayvonot olamidan shifo, dori-darmon izlaganlar. Eramizdan 3600 yil ilgari papirusga  yozilgan kitob “Xar xil a’zolarga qo’llanadigan dorilar to’grisida” deb nomlangan.  Farmakologiya fanining rivojlanishida qadimiy Osiyo mamlakatlarining xissasi katta bo’lgan. Xindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida o’simliklar bilan davolash keng tus olgan.Xitoy tibbiyotining asoschisi Shen-Nung bundan 3 ming yil ilgari o’z  asarlarida o’simliklarning sinonim nomlari, botanik ta’rifi, o’simliklardan maxsulotlar tayyorlash davrlari va usullari, dori-darmonlarning ta’sir doirasi, qo’llanilishini keltirgan.“Ayur-Veda”  dorivor o’simliklar haqida shifokor Sushruta tomonidan yozilgan  qadimiy xind kitobida 700 xil dorivor o’simlik tasvirlangan. Mashxur “Jud-Shi”  (“Shifobaxsh dori-darmonlarning moxiyati”) kitobi Tibet tibbiyotining asosini tashkil qiladi.Eramizdan 1500 yil ilgariyoq anor po’stining gijjalarga qarshi, kanakunjut moyining surgi, dengiz piyozining yurakka foydali ekanini bilishgan. Bu maxsulotlar xozirgi kunda xam ushbu kasalliklarda qo’llanadi.Qadimgi yunon shifokorlari Buqrot (eramizdan oldingi 460- 377 yillar), Dioskorid (1 asr), ayniqsa Rum xakimi Jolinus (Galen, 2 asr) dori-darmonlar ustida katta ishlar olib borishgan. Jolinus birinchi bo’lib xar xil dori shakllarini yaratgan, dori moddalarga retsept yozishni qo’llagan.  Farmakologiyani rivojlantirishda o’zbek allomalari  katta xissa qo’shganlar. Sharqning buyuk tabibi Ibn Abbos (997 yilda vafot etgan) o’z  asarlarida yillar sayin yangi dori moddalari paydo bo’lishi, ularni avval xayvonlarda sinab ko’rish zarurligini ta’kidlagan.  Sharqning qomusiy olimi, tabibi, mutafakkiri Abu Bakr Muxammad ibn Zakariyo ar-Roziyning (865-925 y) tabobatga doir 36 asari bizgacha etib kelgan: o’z asarlarida terapiya, xirurgiya, farmakognoziya, farmakologiya, psixologiya ilmlarini yangi goya va ixtirolar bilan boyitgan. Ushbu olimning tibbiyotga va kimyoga bagishlangan asarlari o’rta asrlarda Sharq va Garbda shu soxalarning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.  Farmakologiya fani rivojida O’rta Osiyoning buyuk xakimi Abu Ali Ibn Sino xissasi juda katta bo’lgan “Tib qonunlari”, “Kitob ush shifo”, “Kitobi al kalbiya” kabi asarlarida o’sha davr tibbiyotida qo’llanilgan dori moddalari keltirilgan. “Tib qonunlari” ning birinchi kitobida 811 xil oddiy dori moddalari keltirilgan, ulardan 612 tasi o’simliklarga mansub. Beshinchi kitobda murakkab dori moddalarni tayyorlash va ularni qo’llash usullari bayon etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarni mijoziga qarab ishlatish zarurligini uqtirgan, dori moddalarini mijoz bo’yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi, namlovchi turlarga bo’lgan: Ibn Sino dori moddalariga bag’ishlangan  she’riy “Urjuza fi-t-tibb” yozgan. Ibn Sino Ovrupo shifokorlaridan 400 yil oldin zaxm kasalligini  simob bilan davolagan.  Farmakologiyaning rivojlanishida buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniyning xam xissasi katta, “Saydana” asarida XI asrda ma’lum bo’lgan dori moddalari, to’rt yarim mingdan ortiq o’simliklar, xayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan oziqalarning nomlari va izohlari keltirilgan. Beruniy insonning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat yoki zaxar bo’ladi, dorilar ana shularning o’rtasida turadi, degan. Dastavval oddiy dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar ular foyda etkazmasa, shundan so’ng murakkab dorilarni qo’llash mumkin, deb ta’kidlagan. Beruniyning “Saydana” kitobi sharq dorishunosligining buyuk qomusi sifatida qo’llanib kelingan.  Sharafutdin Abu Abdullox  Muxammad  Yusuf Ilokiy (1068 yilda vafot etgan) Ibn Sinoning shogirdlaridan bo’lib, o’zining “Muolajati Ilokiy”, “Muxtasari Ilokiy” asarlarida turli kasalliklarning kelib chiqishi, ularni aniqlash, belgilari va dori moddalar bilan davolash usullarini bayon etgan. Bu asarlar o’z davrida tabiblar uchun qo’llanma bo’lgan.  Xorazmlik olim va tabib Ismoil Jurjoniy (1080 – 1141) tibbiyot soxasida 15 dan ortiq asar yozgan. Farmakologiyaga oid kitobi ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda oddiy moddalar, ikkinchi bo’limda murakkab moddalar va ularni tayyorlash usullari tog’risida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu olim forsiy tilda farmakologik atamalarni yaratgan.  Umar Chagminiy (1221 yili vafot etgan) tib ilmiga mansub “Qonuncha” asarini yaratgan. Ushbu asarda  faqat olimning vatani Xorazmda emas, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo’qon madrasalarida, shuningdek Xindiston, Eron kabi mamlakatlarda  XX asrning boshlarigacha qo’llanma sifatida foydalanib kelingan.  Najibuddin Samarqandiy Abu Xomid Muxammad ibn Ali ibn Umar (1222 yilda vafot etgan) samarqandlik tabib va olimni tabobatga oid 8 ta ilmiy asari ma’lum, ulardan biri “Murakkab dorilarni tayyorlash” usullaridir.  Yusufiy Muxammad ibn Yusuf al-Xiraviy (XV asr) Xindistonda Shox Zaxiriddin Bobur, keyinchalik uning o’g’li Xumoyunning saroy tabibi bo’lgan, “Tibbi Yusufiy” kitobi , bemorlarni dori moddalar bilan davolashni o’rganishda muxim qo’llanma bo’lgan.  XVI asrda G’arb olimi Parastels farmakologiyani kimyoviy moddalar bilan to’ldirib yuborgan, tibbiyotda yatrokimyo (yatros – vrach) yunalishining asoschisi bo’lgan. Shu bilan birga Parastels fikricha, tabiatda xamma kasalliklarning davosi bor ularni tashqi ko’rinishidan aniqlash mumkin. Bemorga kasallangan a’zo shakliga o’xshagan meva, o’simliklar tavsiya qilingan. Masalan, yurak kasalliklarida mevalari yurak shakliga o’xshagan anakardius o’simligi, buyrak kasalliklarida esa barglari buyrakka o’xshagan o’simliklar bemorga  shifobaxsh ta’sir etgan.  XVIII asr oxirlarida Ganeman dorishunoslikda gomeopatiya yo’nalishiga asos solgan. Bunda davolash monandlik, o’xshashlik qonuniga asoslangan. Ganeman. Gomeopatik dorixonalar hozirgi kunda xam keng tarqalgan.  XIX asrga qadar farmakologiya empirik tarzda rivojlandi, xalq tabobatida xamda shifokorlar dori moddalarning ta’sirini bemorlarda kuzatib borganlar. XIX asrda eksperimental farmakologiya rivojlana boshladi. Barcha qo’llaniladigan, qo’llanmoqchi bo’lgan dori moddalari avval xayvonlarda tekshirib ko’rilishi zarur degan xulosaga kelindi, shu vaqtdan boshlab ilmiy farmakologiyaga asos solindi.  Ilmiy farmakologiyaning rivojlanishida Rossiyada A.P.Nelyubin, O.V.Zabelin, E.V.Pelikan, Ovrupoda Fransua Majandi, Klod Bernar, Shmideberg kabi olimlar katta  xissa qo’shdilar.I.P.Pavlov mashxur fiziolog bo’lishiga qadar farmakologiya soxasida katta tajribalar o’tkazgan, bu soxaga oid 80 ta ilmiy ish chop etilgan. I.P.Pavlov 1891 yildan 1895 yilga qadar Sankt-Peterburgdagi xarbiy tibbiy akademiyada farmakologiya kafedrasiga raxbarlik qilgan edi. Ushbu kafedrani I.P.Pavlovdan keyin xozirgi davr farmakologiyasining asoschisi akademik N.P.Kravkov 25 yil boshqardi. N.P.Kravkov farmakologiya soxasida katta maktab yaratgan, uning “Farmakologiya asoslari”  kitobi 14 marta nashr etilgan. N.P.Kravkov juda ko’p shogirdlar tayyorlagan. Akademiklar S.V.Anichkov, V.V.Zakusov kabi shogirdlarining ishlari bugungi kun farmakologiyasining poydevori xisoblanadi.  Xozirgi kunda farmakologiyaning rivojlanishida akademiklardan M.D.Mashkovskiy va D.A.Xarkevich katta xissa qo’shib kelmoqdalar, ayniqsa M.D.Mashkovskiyning “Dori moddalari, D.A.Xarkevichning talabalar uchun yozgan “Farmakologiya” dasturi shu fanni o’zlashtirishda katta ahamiyatga egadir.  O’zbekistonda farmakologiyaning rivojlanishi Toshkent tibbiyot institutining farmakologiya kafedrasi ilmiy ishlaridan boshlangan. Farmakologiya fani ayniqsa 1956 yilda O’zbekison Fanlar Akademiyasining o’simliklar kimyosi institutida farmakologiya laboratoriyasi ochilgandan keyin taraqqiy etdi. Ushbu laboratoriyani mashxur o’zbek farmakologi professor Isxok Komilov boshqardilar. Domla qirqtaga yaqin fan doktorlari, fan nomzodlarini tayyorladilar. Xozirgi kunda O’zbekistonimizda farmakologiya soxasida 20 dan ortiq fan doktorlari, 100 ga yaqin fan nomzodlari etishib chiqdi. Olimlarning izlanishlari natijasida bir necha yangi moddalar tibbiyotda qo’llanilmoqda. Tibbiyot oliy bilimgoxlaridagi farmakologiya kafedralari, qator ilmiy-tekshirish laboratoriyalarining xodimlari, olimlar, kimyo-farmatsevtika sanoati xodimlarining saxovatli mexnati tufayli O’zbekistonda farmakologiya fani kundan-kunga rivojlana bormoqda.  Farmakologiyaning asosiy maqsadlaridan biri yangi dori moddalarini kashf qilish, ularning ta’sirini o’rganib, amaliy tibbiyotga tatbiq etishdan iboratdir. 

Yangi dori moddalarini kashf qilinishi.

 Davolash va xastalikning oldini olish xususiyatlariga ega bo’lgan moddalar dori moddalari deb ataladi. Dori moddalarini olish yo’llari, manbalari ko’p, ular yovvoyi va ekib etishtiriladigan o’simliklardan (yurak glikozidlari, narkotik analgetiklar), xayvonlarning a’zo va to’qimalaridan (gormonal moddalar, fermentlar), mikroorganizmlardan (antibiotiklar), minerallardan ( temir, kobalt, alyuminiy, ko’mir moddalari) xamda kimyoviy sintez yo’li bilan (sulfanilamidlar) olinadi. Dori moddalarini ayniqsa maqsadga muvofiq yo’naltirish  yo’li bilan sintezlab olish katta axamiyatga ega. Bunda kimyogarlar va farmakologlar xamkorlikda davolash xususiyatiga ega bo’ladigan moddalarni sintezlashni oldindan rejalashtirib oladilar. Organizmning o’zida xosil bo’ladigan moddalar, masalan, bir qator gormonlar, adrenalin, noradrenalin, prostaglandinlar laboratoriyalarda xam sintez qilinadi. Sintez yo’li bilan tabiiy metabolitlarning qarama-qarshilari,  ya’ni antimetabolitlar olinadi. Sintez yo’li bilan biologik faolligi aniq moddalar, masalan, barbiturat kislotani unumlari, sulfanilamidlarga kimyoviy o’zgarishlar kiritiladi. Bundan maqsad ta’siri sezilarli, kam zaxarli yangi moddalarni kashf qilishdir. Organizmdagi tabiiy metabolitlarning (tabiiy mediator atsetilxolinni ingibitorlari, monoaminoksidaza fermentini ingibitorlari)  kimyoviy o’zgarishlarini o’rganish yo’li bilan xam yangi moddalar kashf qilinadi.  O’simliklardan, xayvonot olamidan, mikroorganizmlardan olingan moddalar asosida xam sintez yo’li bilan yangi yarim sintetik moddalar yaratiladi. Dori moddalari tasodifiy, kutilmagan xolatda xam kashf qilinishi mumkin.  Masalan, xininning aritmiyaga qarshi ta’siri tasodifan bezgak bilan  og’rigan bemorni (unda aritmiya xam bo’lgan) davolashda aniqlangan. Empirik yo’l bilan yangi dori moddalarni kashf qilishda “skrining” (inglizcha elakdan o’tkazish) axamiyatga ega. Bunda olingan kimyoviy moddalarning hammasi  har xil usullar bilan biologik faolligi aniqlanadi, elakdan o’tkaziladi va ulardan eng faoli tanlab olinadi.  Yangi dori modda kashf qilingandan keyin u farmakologiya laboratoriyasiga, kafedrasiga tekshirish uchun topshiriladi (1 jadval). Bu erda moddaning asosiy ta’siri, ta’sir mexanizmi, joyi, ta’sir davomiyligi aniqlanadi. Dori moddalarning  asosiy ta’siridan tashqari boshqa ta’sirlari, keyin nojo’ya ta’sirlari xam aniqlanadi. Dori moddaning farmakokinetikasi (surilishi, taksimlanishi, uzgarishi, organizmdan chikishi) urganiladi. Dori moddalarining zaxarliligi – o’tkir zaxarliligi – bir marta yuborilganda  xamda surunkali zaxarliligi – davomli qo’llanganda aniqlanadi. Ularning teratogenligi, kansterogenligi, mutagenligi o’rganiladi. Keyin moddaning asosiy ta’siri kasallik chaqirilgan xayvonlarda o’rganiladi. Tajribalar o’tkazilganda fiziologik, biokimyoviy, biofizikaviy, morfologik va boshqa usullar qo’llaniladi.  O’tkazilgan tajribalarda yangi dori moddaning ta’siri tibbiyotda qo’llanayotgan dorilardan ustun ekanligi aniqlansa, modda Sogliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmakologiya qo’mitasiga topshiriladi. Qo’mita ekspertlari – farmakologlar, klinististlar natijalarni ko’rib chiqadilar, agar tekshirishlar tasdiqlangan qonun -qoidalarga   javob bersa, bu moddani dori sifatida qo’llash mumkin bo’lsa, uni klinik sinovlardan o’tkazishga ruxsat etiladi. Modda 7-8 ta klinikadagi bemorlarda sinab ko’riladi (dori qanchalik ko’p bemorlarda sinab ko’rilsa, shunchalik ishonchli natijalar olinadi), yangi modda xozirgi kunda shu kasallikda keng qo’llanib kelingan moddaning ta’siri bilan  albatta solishtiriladi. Yanada ishonchli natijalar olish uchun klinik sinovlar o’tkazilganda “platsebo”  qo’llanadi,  – dorining shakli, tashqi ko’rinishi, xidi, ta’mi sinovdagi moddaga o’xshash bo’ladi, faqat platseboda tekshirilayotgan moddani o’zi bo’lmaydi. “Platsebo”  sinalayotgan dori modda bilan bemorlarga  qo’llaniladi,  bemor dorining qaysi biri  “platsebo”, qaysi biri sinalayotgan dori ekanidan bexabar bo’ladi, buni faqat davolovchi shifokor biladi,  ba’zi xolatlarda bundan faqat uchinchi shaxs (biror tibbiyot xodimi) xabardor bo’ladi, davolovchi shifokor xam,  bemor xam “platsebo” yoki dori moddani iste’mol qilinmoqdami bilishmaydi, bunday xolat ikki marta “ko’zga ko’rinmaydigan”  nazorat deb ataladi. Sinovlar natijasida statistik ma’lumot olinadi. Agar sinalgan dori modda ishonchli, uning ta’sirida bemorlar axvoli yaxshilangan bo’lsa, modda nisbatan kam  zaxarli, hamma ko’rsatkichlari solishtirilgan moddadan ustunroq, iqtisod jixatidan ham foydali bo’lsa, klinik sinov natijalari yana Farmakologik qo’mitaga topshiriladi, ekspertlar olingan natijalarni ko’rib chiqishadi, yangi modda barcha qonun – qoidalarga javob bersa, uni tibbiyotda keng qo’llashga ruxsat beriladi. Keyin bu modda kim’yo – farmatsevtika sanoatiga ishlab chiqarish uchun topshiriladi, shunday mashaqqatli yo’l bilan kashf qilingan yangi modda dori sifatida tibbiyot amaliyotida o’z o’rnini oladi.  

       Farmakologiyani asosiy bo’limlari. Dori moddalarni tasniflash qonun – qoidalari.

  Farmakologiya  ikki bulimdan – umumiy hamda xususiy farmakologiyadan iborat. Umumiy farmakologiya dori moddalari tufayli kelib chiqadigan qonun – qoidalarni, ularning farmakokinetikasi va farmakodinamikasini o’rganadi.  Farmakokinetika – dori moddalarini organizmga yuborish, uning so’rilishi, oqsillar bilan bog’lanishini, taqsimlanishi, o’zgarishi (metabolizmi) va organizmdan chiqish jarayonlarini, farmakodinamika – dori moddalarining ko’rsatadigan ta’sirini, ta’sir kuchini va ta’sir mexanizmini o’rganadi.  Dori moddalarini aloxida guruxlarga tasnif qilish ancha murakkab. Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqinligi bo’yicha tasnif qilingan moddalarning ta’siri har – xil bo’lishi mumkin. Dori moddalarni ayrim a’zolarga (masalan, yurakka, me’da – ichakka) ta’siri bo’yicha tasniflab ko’rilganda xam qiyinchilik bo’lgan, chunki qator moddalar bir yo’la turli a’zolarga har xil yunalishda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xozirgi kunda dori moddalari asosan sistemalarga ta’siri bo’yicha tasnif qilingan: bular asosan nerv sistemaga ta’sir etuvchi moddalar, a’zolar va sistemalarga, moddalar almashinuviga, ayrim kasalliklar, mikroorganizmlar va parazitlarga ta’sir etuvchi moddalarga bo’lingan. Dori moddalarining so’rilish tezligi, kuchi va ta’sir muddati ularni organizmga qaysi yo’l bilan yuborilganiga bog’liq bo’ladi. Dori moddalarini bemor organizmiga yuborish usuli uning axvoliga, dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalariga va ularning ta’sir etish tezligiga qarab tanlanadi. Dori moddalarning organizmga yuborish yo’llari

 1. Enteral usul – dori moddalari oshqozon-ichak yo’li orqali yuboriladi.

 2. Parenteral usul– dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqari yo’llar orqali yuboriladi.

 Enteral yuborish usulida dori moddalari til ostiga, og’izga, un ikki barmoq ichakka, to’g’ri ichakka yuboriladi. Dori moddalari til ostiga yuborilishi sublingval yo’l deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalarni davolashda umuman qo’llanmaydi. Dori modda til ostiga qo’yilganda og’iz bo’shlig’ida fermentlar faoliyati sust bo’lganligi uchun dori moddalari deyarli parchalanmaydi, til ostidagi doriga me’da-ichak fermentlari ta’sir qilmaydi, jigarda o’zgarishlarga duch kelmaydi, qo’yilgan joyida so’rilib umumiy ta’sir ko’rsatadi. Bu yo’l orqali ayrim dorilar asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qo’yiladi, ular qonga tez so’riladi (til ostida qon tomirlar juda ko’p), ta’siri tez boshlanadi. Og’iz orqali yuborish – peroral yo’l. Bu yul keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir, bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi.  O’n ikki barmoq ichak orqali yuborish usuli: ichakda dori moddalarining yuqori kontsentratsiyasining xosil qilish maqsadida moddalar o’n ikki barmoq ichakka zond orqali yuboriladi.To’gri ichak orqali yuborish usuli:  dori moddalarini og’iz orqali yuborish mumkin bo’lmaganda, ruxiy bemorlarni davolashda, bemor bexush yotganda, qizilo’ngach yoki oshqozonda o’zgarishlar bo’lganda, oshqozon-ichak fermentlarini ta’sirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda ushbu usul qo’llaniladi.  Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (ingalacion – nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi, bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi.  Shilliq qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi.  Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi.  Teri ostiga yuborish yo’li  bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi.  Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi.  Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya vaktidayoq  boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi.  Orqa miya kanaliga yuborish usuli,  gematoenstefalik to’siq orqali yaxshi o’tmaydigan dori moddalar subaraxnoidal, peridural yo’l bilan yuboriladi.  Dori moddalar to’gridan-to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p , lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi, chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi.

             Dori moddalarning organizmda so’rilishi, taqsimlanishi va to’planishi.

 Dori moddalarining oshqozon-ichak sistemasiga tushib, murakkab biologik membranani hosil qiluvchi bir yoki bir necha qavat hujayralar orqali qon yoki limfaga o’tishi s o’ r i l i sh  deb ataladi. So’rilish murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi. Biologik membrana yarim o’tkazuvchan bo’lib, ba’zi moddalarni o’tkazib, ba’zilarini o’tkazmaydi. Ichak epiteliysi faqat bir tomonlama o’tkazuvchan bo’lganligi uchun odatda dorilar qon va limfadan ichak bo’shlig’iga qaytadan o’tolmaydi. So’rilish jarayoni sust diffuziyalanish, oson diffuziyalanish, filtratsiya, faol transport va pinotsitoz tufayli amalga oshiriladi.  S u s t   d i f f u z i ya l a n i sh. Ushbu yo’l bilan lipofil (yog’ va yog’simon moddalarda eruvchi) moddalar, ya’ni qutblanmaydigan moddalar so’riladi. Dori    moddalarining membranalardan so’rilishida sust diffuziyalanish jarayoni asosiy hisoblanadi, chunki ularning ko’pchiligi kuchsiz kislota va kuchsiz asoslardan iboratdir. Membrana orqali sust diffuziyalanishni moddalar kontsentratsiyasi hal qiladi, ular kontsentratsiya ko’p tomondan kam tomonga , ya’ni kontsentratsiya gradienti tarafga qarab yo’naladi.  O s o n   d i f f u z i ya l a n i sh. Bunda dori modda xujayra membranasining alohida tarkibi bilan birlashadi, shu tufayli xujayraga o’tishi tezlashadi, so’rilish sust diffuziyalanishga nisbatan engilroq o’tadi. Engillashtirilgan diffuziyalanish ham quvvat talab qilmaydi, kontsentratsiya gradienti bilan bog’liq. Masalan, nuklein kislotaning purin va pirimidin asoslari xujayraga oson diffuziyalanish mexanizmi orqali so’riladi.  F i l t r a ts i ya –  dori moddalarni membranalar oralig’idan filtrlanib so’rilishi. Membranalar oralig’i (0,4 nm)  uncha katta bo’lmaganligi uchun ular orasidan suv, ba’zi ionlar va mayda gidrofil molekulalar (masalan, siydikchil) so’riladi. Moddalarning ushbu yo’l bilan so’rilishida quvvat talab qilinmaydi, ularning yo’nalishi kontsentratsiya darajasiga bog’liq.  F a o l   t r a n s p o r t –  moddalarning ushbu yo’l bilan so’rilishida transport mexanizmlar sistemasi ishtirok etadi. Faol trasport yo’li bilan so’rilishda modda kontsentratsiyasining gradientiga qarshi kamdan ko’p tomonga yo’nalgan bo’ladi, bu jarayon quvvat sarflanishi bilan bogliq. Faol transport yo’li bilan suvda eriydigan (gidrofil) qutblangan molekulalar – noorganik ionlar, qand, aminokislotalar va pirimidin birikmalari so’riladi. Yosh bolalarda fermentlarni faoliyati etarli rivojlanmagani uchun faol transport jarayoni sust o’tadi.  P i n o ts i t o z – dori moddalarining bu yo’l bilan so’rilishida hujayra membranalarida pufakchalar (invaginastiya) hosil bo’ladi. Ushbu pufakchalarga suyuqlik va dori moddalar kirib oladi va pufakchalar bilan hujayralarning ichki tomoniga xarakat qiladi, shu erga etib olganda modda pufakchalardan chiqadi.  Dori moddalar qonga so’rilgandan keyin jigarga o’tadi, jigar esa organizmni yot moddalardan saqlovchi muhim fiziologik to’siq (barer) va qonning filtri hisoblanadi. Jigarda dori moddalari zararsizlanadi, metabolizmga uchraydi, ularning kimyoviy tuzilishi o’zgarishi mumkin.  Dori moddalari to’qimalarning alohida retseptorlari bilan ham bog’lanadi.  Hozirgi kunda ko’pchilik moddalar uchun organizmda o’ziga xos resteptorlar bo’lishi aniqlangan. Dofamin – dofaminoresteptorlarga, serotonin – serotoninoresteptorlarga, gistamin – gistaminoresteptorlarga, benzdiazepin unumlari – benzdiazepin resteptorlarga, narkotik analgetiklar – opiat resteptorlarga, GAMK –  GAMK resteptorlarga, gormon moddalari – gormonal resteptorlarga, yurak glikozidlari-digitalis resteptorlariga ta’sir ko’rsatadi.  Dori moddalari  organizmda tekis va notekis taksimlanishi mumkin.  Moddalarning taksimlanishiga yo’llarda uchraydigan biologik tusiqlar ta’sir ko’rsatadi. Bular kapillyarlar devori, hujayra membranalari, gematoenstefalik to’siqlar, seroz bushliq pardalaridir.  Moddalar jigarda, buyraklarda, o’pkada, suyaklarda va boshqa to’qimalarda to’planishi mumkin.  Ko’pchilik dori moddalari organizmda o’zgarish (biotransformastiya)ga uchraydi. Biotransformastiya jarayonida jigarning mikrosomal fermentlari qatnashadi, yog’da eriydigan moddalar suvda eriydigan metabolitlarga aylanishi ham mumkin. Dori moddalari ikki yo’l bilan: metabolik transformastiya va kon’yugastiya yo’li bilan o’zgaradi. Metabolik transformastiyada moddalar asosan qaytarilish, gidrolizlanish va oksidlanish hisobiga o’zgarishga uchraydi.  Kon’yugastiya jarayonida dori modda yoki uning metabolitlari boshka kimyoviy guruxlar (metil, astetil, sulfat, glyukuron kislota) bilan birikadi.  Dori moddalari o’zgargan xamda o’zgarmagan xolda asosan siydik va o’t bilan organizmdan chiqib ketadi. Buyraklardan filtrastiya, reabsorbstiya, oddiy diffuziyalanish jarayonlari tufayli siydikka o’tadi.  Dori moddalarining tuqimalarda biologik faoliyatining yo’qolishi va organizmdan chiqib ketishi -ekskrestiya natijasi eliminastiya deb ataladi. Eliminastiyani aniqlash uchun: moddaning yarim xayotini, ya’ni yuborilgan moddaning yarmisini organizmdan chiqish vaqti xamda elliminastiya koeffistienti, ya’ni kvotasi-sutkada bir marta yuborilgan dori mikdorining qancha foizi ajralib chikishi o’rganiladi.

  Ma’ruza 2

 Umumiy farmakologiya. Dori moddalarining farmakodinamikasi 

Dori   moddalarining   ta’sir   mexanizmi

 Ma’lumki, dori moddalarining shifobaxshligini, ularning ta’sirini aniqlash oson, lekin shu ta’sir sababini – mexanizmini aniqlash ancha mushkul. Dori moddalarning ta’sir mexanizmi biomolekulyar, membranalar, resteptorlar darajasida aniqlanadi. Xozirgi kunda qo’lanib kelayotgan bazibir dori moddalarining ta’sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan. Lekin shunga qaramay, mavjud ma’lumotlarga ko’ra dori moddalarining quyidagi ta’sir mexanizmlarini keltirish mumkin.  1. Dori moddalari organizmdagi normal moddalar almashinuvi maxsulotlari (gormonlar, vitaminlar, nerv impulslarini o’tkazishda ishtirok etadigan mediatorlar) ga  kimyoviy jixatdan o’xshash bo’ladi, yuborilganda organizmda ushbu maxsulotlar ishtirok etadigan kimyoviy jarayonlarga kirishib, ular o’rnini bosishi va tegishli fiziologik faoliyatni keltirib chiqarishi mumkin.  2. Ko’pgina dori moddalari organizmdagi normal moddalar almashinuvi jarayonida xosil bo’ladigan metabolitlarga kimyoviy jixatdan o’xshab ketadi, shu tufayli ular ushbu metabolitlar o’rnini egallab oladi, biokimyoviy jarayonlarni to’xtatib qo’yadi, tabiiy almashinuv metabolitlari bilan raqobatda bo’ladi. Bu xolat raqobat mexanizmi deb ataladi va farmakologiyada axamiyati g’oyat katta.  3. Dori moddalari o’zining fizik-kimyoviy xossalariga ko’ra xujayra oqsillariga ta’sir ko’rsatadi, ularning eruvchanligini o’zgartiradi, oqsil molekulasining tuzilishida yanada nozikroq o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Natijada xujayra faoliyati vaqtincha buzilishi va xatto xujayralar xalok bulishi mumkin. Kupincha mikroblarga karshi dori moddalarining ta’sir mexanizmi shu tariqa ro’y beradi.  4. Dori moddalari fermentlar – xolinesteraza, monoaminoksidaza faoliyatini kamaytirib, organizmdagi tabiiy mediatorlarni parchalanishdan saqlab qoladi va ularning ta’sirini oshirib yuboradi.  5. Dori moddalari xujayradagi asosiy elektrolitlar tarkibini – Na,  K,  Ca,  Mg  ionlari nisbatini, ya’ni fermentlar, oqsillar va boshqa xujayra elementlari ta’sirining yuzaga chiqadigan muxitini o’zgartiradi. Shu tufayli xujayralar kuzgaluvchanligi, mushak tolalarining qisqaruvchanligi o’zgaradi. Ba’zan biokimyoviy jarayonlar izdan chiqadi. Masalan, siydik xaydovchi moddalar, ba’zi antikoagulyantlar, yurak glikozidlari va tabiiy elektrolitlarning xam ta’sir mexanizmi shu tarzda kechadi.

 Dori   moddalarning  ta’sir va davolash  turlari.

 1. Maxalliy ta’sir  – dorining shifobaxsh ta’siri qo’yilgan, ishlatilgan joyida yuzaga chiqadi.  2. Rezorbtiv ta’sir – dori moddalarning qonga surilgandan keyingi (rezorbtion- surilish) ta’siri. Maxalliy xamda rezorbtiv ta’sir orqali dori moddalar  bevosita, bilvosita xamda reflektor ta’sir kursatishi mumkin.  3.         Dori moddalar to’g’ridan-to’g’ri xasta a’zoga shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, bevosita ta’sir deb ataladi.  4. Reflektor ta’sir – dori moddalar teri, shilliq qavat xamda boshqa yo’llar bilan qo’llanilganda to’qimalardagi nerv resteptorlari  (sezuvchan nerv oxirlari) ni kuzg’atishi natijasida paydo bo’ladi. Kuzg’alish tegishli nerv markazlariga yoki ichki a’zolarga o’tib, ularning xolatini o’zgartiradi.  5. Asosiy ta’sir deyilganda biror moddani kullaganda birinchi navbatda ruyobga chikadigan ta’siri tushuniladi.  6. Tanlab ta’sir ko’rsatish – dori moddalar bir yerda joylashgan resteptorlarga tanlab ta’sir kiladi.  7. Asliga qaytuvchi va asliga qaytmas ta’sir. Agar dori moddalari qisqa muddat ta’sir etsa, ta’siri kuchli bo’lmasa, a’zo va  tukimalarda deyarli katta o’zgarishlar ro’y bermagan bo’lsa, oradan birmuncha vaqt o’tgach, a’zolar yoki tuqimalar xolati tiklana boshlaydi, dori moddaning ta’siri qaytib ketadi, bu asliga qaytar ta’sir deb ataladi. Ba’zi dorilar bemorga ko’p miqdorda berilganda to’qimalar xolati jiddiy o’zgarishlarga uchraydi, ya’ni ularning bundan keyingi faoliyati to’xtab qoladi – qaytmas ta’sir ko’rsatadi.  8. Nojo’ya ta’sir. Dori modda asosiy ta’sir ko’rsatishi bilan birga boshqa a’zo va to’qimalarga nojo’ya ta’sir ko’rsatadi.  9. Zaxarli ta’sir. Ba’zi bir dori moddalari ro’yirost zarar qilib, zaxarli ta’sir ko’rsatadi.  1. Etiotrop  ( yunoncha – aetio – sabab, tropo – yunaltirish) davolash turi dori moddalarining kasallik sabablarini yo’qotishga qaratilgan.  2. Simptomatik davolash – ba’zi dori moddalari kasallik belgilari (simptomlari) ni yo’qotishga qaratilgan bo’ladi.  3. O’rin  bosuvchi davolash – organizmda fiziologik faoliyatni idora etishda ishtirok etadigan moddalar kamayib ketsa ularni o’rnini bosuvchi moddalar yuboriladi, bunda asosan gormon va vitamin moddalari qo’llanadi.  4. Profilaktik davolash. Dori moddalarining kasalliklarning oldini olish uchun qo’llanishi  profilaktik davo deb ataladi. 

 Dori  moddalarining  xususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar

 Ushbu sharoitlar bir tarafdan dori moddalarni xususiyatlariga,, ikkinchi tarafdan organizmni faoliyatiga bog’liq Dori moddalarining ta’siri, ularning kimyoviy tuzilishi, fizik xossalari, miqdori, shu bilan birga xar bir organizmning o’ziga xos xususiyatlari: bemorning yoshi, axvoli va dori moddalariga nisbatan sezgirligi bilan aloqador bo’ladi.  Dori moddalarining ta’siri ko’pchilik xollarda ularning fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga: suvda yoki lipoidlarda (yoglarda) erishiga, maydalanish darajasiga, uchuvchanligiga va shakliga bog’liq bo’ladi.  Dori moddalarining organizmga ta’siri ularning miqdoriga – dozasiga bog’lik bo’ladi. Doza – bu bir marta qo’llanadigan shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan miqdordir. Dori moddaning farmakologik ta’siri yuzaga chiqa boshlaydigan eng kichik doza m i n i m a l yoki   b u s a g a   m i q d o r deb ataladi, rosmana shifo kursatadigan doza  d a v o l o v ch i – te-  r a p e v t i k  miqdor deb ataladi. Tibbiyot amaliyotida terapevtik dozalardan foydalaniladi, ko’pincha moddalarning o’rtacha davolash miqdori qo’llanadi. Ayrim xollarda yuqori, ya’ni m a k s i m a l  davolash dozadan foydalanishga to’g’ri keladi. Zaxarlanishni keltirib chiqaruvchi miqdor zaxarlaydigan – t o k s i k miqdor,  o’limga olib keladigan doza  o’ldiruvchi (letal) miqdor deb ataladi. Dori miqdoriga  qarab organizmga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, uxlatuvchi vositalar – barbituratlarning minimal miqdori tinchlantiruvchi, o’rta miqdori uxlatuvchi, katta mikdori narkotik ta’sir etishi mumkin.  Dori moddalarini ishlatishda ularning farmakologik ta’sir doirasining kengligi xisobga olinadi. Minimal toksik doza bilan davolash dozaning o’rtasidagi oraliq farmakologik ta’sir doirasi deyiladi. Ushbu oraliq nechog’li katta bo’lsa, davolash ta’siri shunchalik keng, modda kam zaxarli va uni qo’llash nisbatan xavfsiz bo’ladi.  Dozalar dori moddalarini qo’llashga qarab bir martalik, sutkalik bo’ladi. Bir martalik doza bo’lib-bo’lib qo’llanilsa – bo’lingan, 2-3 barobar oshirib qo’llanilsa -zarbdor, davolash davrida qo’lanadigan doza – kurs doza deb ataladi.  Yuqorida keltirilganlarga ko’ra dori moddalarni ta’siri organizmning o’ziga xos xususiyatlari bilan xam bog’lik. Birinchidan dori moddalarga sezuvchanligi yoshga qarab o’zgarib boradi. Bolalar dori vositalar ta’siriga kattalarga nisbatan sezuvchanroq bo’ladilar, bu bolaning yoshiga oid anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan bog’lik. Yosh bolalarni markaziy nerv sistemasi xali yaxshi rivojlanmagan, gematoenstefalik to’siqni o’tkazuvchanligi ortiq darajada, jigarning dori moddalarini zararsizlantiradigan fermentlari, buyrak faoliyati to’la-to’kis rivojlanmagan bo’ladi. Shuning uchun bolalarga dori  moddalari kattalarga nisbatan kam mikqorda buyuriladi. Ayrim dori moddalarni esa bolalarga ma’lum yoshgacha umuman qo’llash man etiladi.  Katta yoshlilar (60 yoshdan oshgan) xam dori moddalariga nisbatan sezuvchan bo’ladilar. Ularda dorilarning so’rilishi, metabolizmi va organizmdan chiqishi sekinlashadi. Shuning uchun katta yoshli bemorlarga ko’pchilik dori moddalarining, ayniqsa markaziy nerv sistemani faoliyatini susaytiruvchi , yurak glikozidlari, siydik xaydovchi dori moddalarining miqdori kamaytiriladi. Antibiotiklar, sulfanilamid moddalar va vitaminlarning miqdori odatda o’rtacha yoshdagilar dozasiga tengligicha qoladi.  Dori moddalarining ta’siri jinsga bog’liq: xayz ko’rish, xomiladorlik, emizikli davrlarda dorilarga nisbatan organizmning sezuvchanligi o’zgaradi, shu tufayli ayollar erkaklarga nisbatan dorilarga ko’prok sezuvchan bo’ladilar. Moddalarning ta’siri vaznga xam bog’liq – semiz odamlar ozg’inlarga nisbatan dorilarga kamroq sezuvchan bo’ladi. Ko’pincha moddalarning ta’siri ba’zi kishilarning o’ziga xos xususiyatlariga xam bog’liq.  Dori moddalarning ta’siri mijozga xam bog’liq. Mijozning turi organizmdagi suyuqliklar – qon, shilimshiq, sariq safro , ko’ra safrolarning o’zaro nisbati bilan bog’liq. Qon – issiq va nam, shilimshiq- sovuq va nam, sariq safro –sovuq va quruq, ko’ra safro esa issiq va quruq buladi.  Ibn Sino bo’yicha xar bir organizm, xatto organizmning xar bir a’zosi o’z mijoziga ega. Davolashda bemorning mijoziga karama-karshi mijozli dori -moddalar qo’llashga tug’ri keladi. Dorilarga kelganda, masalan, parasimpatik nervlar tonusini oshiradigan moddalar asosan sovuq mijozli: simpatik nerv sistemani tonusini oshiradigan moddalar asosan issiq mijozli bo’ladi. Bemorlarning issiqligi, quruqligi oshgan bo’lsa, sovuq va nam mijozli moddalar, sovuq va namligi oshgan bo’lsa, issiq va quruq mijozli moddalar tavsiya etiladi. 

Dori   moddalarini  takror  yuborish, birgalikda   kullash.

 Dori moddalar takror-takror yuborilganda, ularning ta’siri zurayishi yoki susayishi mumkin. Uzok muddat mobaynida takror yuborilgan dori moddalarining shifobaxsh ta’siri susayishi – organizmning unga urganib kolishi yoki tolerantlik deb ataladi.  Dori moddalari kiska muddat ichida takror-takror yuborilganda xam ularning ta’siri kamayishi mumkin,  bu xolat taxifilaksiya (yunoncha tachys- tez,  pylaxis- ximoya) deb ataladi.  Dori moddalari takror yuborilganda ularga nisbatan organizmning sezuvchanligi oshib ketadi, bu xolat sensibilizastiya  deb ataladi.  Ba’zi dorilar takror va takror kabul kilinganda ular organizmda tuplanadi, bunda ta’sir kuchi va ta’sir muddati xam oshib boradi, bu xolat kumulyastiya deb ataladi. Kumulyastiya 2 xil buladi: 1) moddiy kumulyastiya -dori moddalari, masalan digitoksin , neodikumarinning organizmda sof xolda tuplanishi: 2) funkstional kumulyastiya – dori moddalari ta’sirining jamlanishi: masalan, etil spirtining ta’siri tuplanadi, chunki uzi organizmda juda tez oksidlanadi, tukimalarda ushlanmaydi, fakat neyrotrop ta’siri jamlanadi.  Ba’zi dori moddalari takror kabul kilingandan keyin bemor jismoniy yoki ruxiy jixatdan xush yokadigan tinchlanish yoki engil kuzgalishni sezadi. Natijada shifokor kursatmasi bulmasa xam bemorda bu dorilarni kayta-kayta kabul kilish istagi paydo buladi. Bu xolat xumorlik, tobelik  deyiladi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalar: morfin, kodein, barbituratlar, diazepam, etil spirti, kokain va bir kator boshka dori moddalari ushbu xolatga sabab buladi.

 Dori moddalari birga kullanganda ruy beradigan ta’sirlar

 Birga kullangan moddalarning uzaro ta’siri tufayli bitta modda ikkinchi moddaning ta’sirini oshirishi sinergizm (yunoncha syn – birgalikda,  ergo – ishlash) deb ataladi. Sinergizm dori moddalarining jamlanishi va potenstirlashi tufayli yuzaga chiqadi. Ikki yoki bir necha dori qo’shib yuborilganda ularning umumiy ta’siri ayrimlarining oddiy arifmetik yigindisidan iborat bo’ladi. Bu xolat oddiy jamlanish deb ataladi. Agar qo’shib yuborilgan moddalarning ta’siri oddiy jamlanishdan oshsa, potenstirlash deb ataladi. Qo’shma ravishda yuborilgan dori moddalarining kuchi bir xil substratga ta’sir etishi tufayli oshsa – bevosita sinergizm, agar ular xar xil substratlarga ta’sir etib kuchi oshsa – bilvosita sinergizm deb ataladi. Agar ikkita moddaning ta’siri organizmda qarama-qarshi jarayon xosil qilsa yoki ularni  ta’siri tufayli organizmning faoliyati qarama-qarshi yo’nalishda o’zgarsa, bunday xolat antagonizm deb ataladi. Antagonizm (yunoncha anti-karshi, agon -kurash) xam bevosita va  bilvosita turlarga bo’linadi. Organizmga qarama-qarshi ta’sir ko’rsatadigan dori moddalari kuchiga karab antogonizm ikki taraflama va bir taraflama bo’lishi mumkin.  Dori moddalarining bir-biriga bulgan antagonizmi asosan moddalar bilan o’tkir zaxarlanganda qo’llanadi. Sinergoantagonizm degan tushuncha xam bor, bunda qo’shib berilgan moddalarning bir xil ta’sirlari kuchayadi, boshqa ta’sirlari kamayadi. Masalan,   –  adrenoblokatorlar ta’sirida adrenalinning  – adrenoresteptorlarga bo’lgan ta’siri kamayadi, b- adrenoresteptorlarga bo’lgan ta’siri yuzaga chiqadi.    

Ma’ruza 3

AFFERENT INNERVATSIYAGA TA’SIR ETUVCHI MODDALAR.

 Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni kamaytiruvchi moddalar. Maxalliy anesteziyalovchi moddalar.

            Maxalliy anestetiklar sezuvchan nerv oxiridagi tolalarda o’tkazuvchanlikni xamda qo’z’aluvchanlikni asliga qaytar falajlaydi,  avvalo og’rik yo’qoladi, katta mikdorlari boshqa sezuvchanliklarni xam kamaytirib boradi.

            Maxalliy anesteziyalovchi moddalar xushbuy kislotalar (benzoy, paraminobenzoy)ning murakkab efirlari – novokain, dikain, anestezin va ularning amidlari – lidokain (ksikain), trimekaindan tashkil topgan

            Maxalliy anestetiklar uchlamchi aminlar bo’lgani uchun suvda erimaydi, tibbiy amaliyotda ularning suvda eriydigan gidroxlorid tuzlari qo’llanadi. Maxalliy anesteziya bo’lishi uchun tuzlar gidrolizlanib, asoslar xosil bo’lishi kerak.

Tuzlar to’qimalarning odatdagi ishqoriy muxitda (rN – 7,35 – 7,4 ) gidrolizlanadi, yallig’langan to’qimalarda muxit kislotalik tomoniga o’tadi (rN- 5,0-6,0), bu muxitda maxalliy anestetiklar tuzlari gidrolizlana olmaydi, anestetik erkin xolda ajralmaydi, shuning uchun yallig’langan to’qimalarda ularning ta’siri kamayib ketadi.

            N=R xCI+NaO   N=R+NaCI+2O

            Ajralib chikkan anestetik suvda yomon eriydi, nerv tolalarini oxirida mikrokristallar sifatida chukib, ular urnini oladi. Mikrokristallar yogda eriydigan bulgani uchun nerv tolalarini membranalari ularni kamrab oladi. Birok maxalliy ta’sir bulishi uchun anestetik ionlangan kation shaklga utishi kerak, shundan keyin resteptor bilan boglaniщ xususiyatiga ega buladi.

            N=R x CI ( maxalliy anestetikning tuzi, suvda yaxshi eriydi, ogrik koldirmaydi).

            N=R (maxalliy anestetik, ionlanmagan, suvda erimaydi, nerv tolalari membranalarida tuplanadi, ularning lipoidlarida eriydi).

            N=R x + maxalliy anestetikning ionlangan, kation shaklli resteptorlarni boglovchi xususiyatga ega.

            N=R resteptor. Resteptorlar bilan boglanadi, Na ionlari membranadan utolmaydi,  impulslar utkazilishi va tarkalishi falajlanadi.

            Anestetiklarning kation shakli kalstiy ionlariga nisbatan karama-karshi xususiyatga ega. Ular **sust** kalstiy kanallarini oksil molekulalari bilan boglab, kalstiyning nerv xujayralarini ichiga utishiga tuskinlik kiladi. Maxalliy anestetiklar kalstiyni fakat nerv xujayralariga emas, uning sillik mushaklarga, miokardga, yurakning utkazuvchan sistemasidagi xujayralarga utishiga xam tuskinlik kiladi. Xujayra membranalari mustaxkamlanadi, kuzgaluvchi impulslar kelganda natriy kanallari ochilmay,  natriy xujayra ichiga utolmaydi. Shu tufayli xarakat potenstiali yukoladi, utkazuvchanlik, kuzgaluvchanlik falajlanadi.

            Maxalliy anestetiklar fakat sezuvchan tolalarini emas, xarakatlantiruvchi, vegetativ nerv tolalarida xam kuzgaluvchanlikni  utkazishni falajlaydi. Ularning ushbu ta’siri nervlarning mielin pustlogi borligi, bu pustlokning kalinligi, moddalarning fizik-kimyoviy xossalari bilan boglik. Maxalliy anestetiklarga ayniksa ingichka mielinsiz tolalar sezuvchan buladi. Infiltrastion anesteziyada  impulslar kuzgaluvchanligining falajlanishi dastlab shu nervlardan boshlanadi, taktil, ogrik xamda xaroratga sezuvchanlik yukoladi. Anestetiklar simpatik nerv tolalarini xam falajlaydi, yuborilgan joyda kon tomirlar kengayadi, xarakatlantiruvchi nervlar oxirida sezuvchanlik yukoladi. Maxalliy anestetiklar nerv tolalarining Shvann pustlogidan utolmaydi. fakat kuzgaluvchanlikni utkazish yullarini, Ranve tugunchalarini falajlaydi.

            Anesteziya maxalliy anestetiklarni bevosita nerv tukimalari bilan boglanishi tufayli kelib chikadi. Maxalliy anestetiklar nerv impulslarni utishini markaziy xamda vegetativ gangliylarda falajlaydi. Ular presinaptik tolalardan astetilxolin, noradrenalinning ajralishiga tuskinlik kiladi.

            Maxalliy anestetiklar xar xil anesteziya (yunoncha – ap – inkorlik, anestesis – sezuvchanlik),  uchun birinchi galda joylarda ogrikni bartaraf kilish uchun kullanadi. Bular bolalarda kamrok, fakat tez utadigan, deyarli ogrik bermaydigan jarroxliklarni utkazish uchun kullanadi. Bolalarda maxalliy anestetiklar kupincha umumiy narkoz moddalari bilan birga kullanadi.

            Maxalliy anestetiklar farmakokinetikasi. Kimyoviy tuzilishi jixatidan murakkab efirlarni (novokain, dikain) kondagi soxta xolinesteraza parchalaydi, ayniksa novokain tez gidrolizga uchraydi. Bunda novokain deyarli faol bulmagan paraminobenzoy kislota (PABK) xamda aminospirt – dietilaminetanolga (DEAE) parchalanadi. Novokainning rezorbtiv ta’siri ushbu aminospirt bilan boglik. Novokainning gidroliz maxsulotlari uziga nisbatan zaxarsizrok xisoblanadi. Masalan, 2 g novokain yuborilganda 30 dakikadan keyin uning kondagi xajmi 3 barobar kamayadi, bir soatdan keyin novokainni konda aniklab bulmaydi. Bir sutka ichida novokaindan xosil buladigan PABK ning 70-80%, DEAE ning 20-35% buyraklar orkali chikib ketadi. Dikainning gidrolizi novokainga nisbatan 5 barobar sekin utadi, uning zaxarliligi xam shunga boglik.

            Amidli anestetiklarni (ksikain, trimekain) xolinesteraza parchalamaydi, ularning organizmda parchalanishi ancha sekin utadi, ta’siri davomlirok, organizmda tuplanish xususiyatiga ega. Masalan, ksikain 20% uzgarmagan xolda bir sutka ichida buyraklar orkali chikib ketadi, kolgan kismi jigarda metabolizmga uchraydi.

            Anesteziya turlari :

            1. Yuza terminal anesteziya. Maxalliy anestetiklar shillik pardalar, yaralar, jaroxatlar yuzasida joylashgan sezuvchan nerv tolalarini oxirida anestetik ta’sir kursatadi. Bu xil anesteziya oftalmalogiya, stomatologiya, otolaringologiya, urologiya, xirurgiyada yaralarni, kuygan joylarni davolashda kullanadi. Terminal anesteziya uchun kokain, dikain, lidokain  kullanadi, bu moddalar shillik kavatdan sezuvchan nervlar oxiriga osongina utadi. Terminal anesteziya uchun suvda erimaydigan anestetik – anestezin  xam kullanadi, bu modda jaroxatlangan, yaralangan yuza joylarga kuyiladi. Oshkozon yarasida kukun shaklida ichishga xamda tugri ichak kasalliklarida-bavosilda shamchalar shaklida tugri ichakka kuyiladi. Pediatriyada yuza anesteziya kuzning rangdor pardasini, burun yullarini (intranazal) intubastiya kilishda, oshkozonni, uretrani zond bilan tekshirishda, kuygan yuzalarni davolashda kullanadi.

            2. Infiltrastion anesteziya.  Bunda anestetik eritma  teridan boshlab katma-kat chukurrok joylashgan tukimalarga, jarroxlik uchun kesiladigan joyga yuboriladi. Maxalliy anestetiklar sezuvchan nerv tolalariga va ularning oxiriga ta’sir kursatadi. Bu xil anesteziyani paydo kilish uchun novokain, trimekain, ksikain (lidokain)  kullanadi.

            3. Regionar anesteziyani   paydo kilish uchun anestetik modda nerv ustuniga yuboriladi, bunda ushbu nerv innervastiya kiladigan joyda sezuvchanlik yukoladi. Regionar anesteziya uchun novokain, trimekain, ksikain stomatologiyada xamda nevralgiyalarni davolashda kuprok kullanadi.

            4. Orka miya anesteziyasi.  Bunda anestetik orka miyaning subaraxnoidal bushligiga, epidural – orka miya pardasidan yukoridagi bushlikka, orka miyaning oldinga va orkadagi sezuvchan ildizlariga ta’sir kilish uchun yuboriladi. Bu xil anesteziyaga paravertebral, sakral anesteziyalar xam kiradi. Ushbu anesteziya tufayli sezuvchanlik tananing pastki kismlarida – chanok a’zolarida, oyoklarda yukoladi, shu joylarda utkaziladigan jarroxlik uchun kullanadi, anesteziya uchun sovkain, bolalarda trimekain  xamda  ksikain kullanadi.

            5. Suyaklar ichi anesteziyasi. Anestetiklarni eritmasi suyaklarning govak moddasiga yuboriladi, yuborilgan joyning yukorisiga elastik tasma boglab kuyiladi, anesteziya ortopediya, travmatologiyada asosan novokain  xamda   trimekain bilan yuzaga keltiriladi.

            Kupchilik anestetiklar yuborilgan joyidan konga surilib, rezorbtiv ta’stir kursatishi mumkin. Kokain – kuchli anestetik ta’sir kursatadi, shu bilan birga konga surilish xususiyati  bor. Yuza anesteziya uchun kullanganda shillik pardalardan konga surilib, zaxarli ta’sir kursatishi mumkin. Kokain konga surilganda keyin asosan markaziy nerv sistemaga ta’sir kursatadi – eyforiya (kayf), psixomotor kuzgalish paydo kiladi, tolikishni yukotadi.  Kokainning konga surilishi davom etsa, uzunchok miya markazlari (nafas, kon tomir, kusish markazi) ni kuzgatadi, spinal reflekslar tonusi oshib, talvasa ruy berishi mumkin. Agar kokainni mikdori oshsa, nerv sistemaga ragbatlantiruvchi ta’siri tomorzlovchi ta’sirga aylanadi, xayot uchun uta zarur bulgan markazlar (nafas markazi) falajlanishini mumkin. Kokainning adrenergik innervastiyani kuzgatish, adrenomimetiklar ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

            Dikainning anestetik faolligi, zaxarliligi kokainga nisbatan kuchlirokdir. Asosan kuz shillik pardasining sezuvchanligini yukotish uchun kullanadi.

            Anestezin  suvda erimaydi, maxalliy sepmalar, pasta, malxamlar sifatida, ichish uchun kukun, tabletkalar xolida. tugri ichakka shamchalar shaklida yuborilganda, yuza anesteziya paydo kiladi.

            Novokain – amaliyotda eng kup kullanadigan, maxalliy anestetik. Anestetik ta’sir buyicha novokain kokainga nisbatan ikki barobar kuchsizrok, turt barobar zaxarsizrok (13-jadval). Novokain asosan infiltrastion anesteziya uchun kullanadi, yuborilgandan keyin 30 dakika – 1 soat davomida anesteziya ruy beradi. Organizmda novokain kondagi va tukimalardagi esterazalar ta’sirida parchalanadi. Novokain kon tomirlarni kokainga uxshab toraytirmaydi. Yuborilgan joyida surilshni kamaytirish, maxalliy anesteziya muddatini oshirish uchun adrenomimetiklar – adrenalin, mezaton bilan kushib yuboriladi. Adrenomimetiklar kon tomirlarni toraytirib, novokainning surilishini sekinlashtiradi, ta’sirini uzaytiradi, zaxarliligini kamaytiradi.

            Novokain regionar anesteziya uchun xam kullanadi. Tez parchalanganligi tufayli yuza anesteziya uchun kullanmaydi. Konga surilgandan keyin novokain rezorbtiv ta’sir kursatadi. Novokain markaziy nerv sistemaga tormozlovchi ta’sir kursatadi: bemor uz vaznini, tanasini sezmay koladi. Novokain yuborilgan sari analgeziya tarkaladi, novokainli uyku, novokainli narkoz xosil buladi, ayniksa orka miyaning polisinaptik yullariga, faol kutariluvchi sistemaga va miya pustlogiga tomzlovchi ta’sir kursatadi.

            Ksikain (lidokain), trimekain  ksilidin katorli anestetiklar, anestetik ta’siri va uning davomliligi buyicha novokainga nisbatan ancha ustun turadi. Kimyoviy jixatdan  chidamli, uzok muddat ichida saklash va sterilizastiya kilish mumkin. Trimekain infiltrastion, regionar, peridural anesteziya uchun kullanadi.

            Lidokain universal anestetik xisoblanadi, bu modda xar xil anesteziya uchun kullanadi. Anestetik faolligi novokainga nisbatan 2,5 barobar kuchlirok. 2 barobar davomlirok,zaxarliligi novokaindan bir oz ortikrok. Tukimalarni deyarli ta’sirlamaydi, uni adrenalin bilan birga kullash tavsiya etiladi, konga suriladi – kuchli aritmiyaga karshi xususiyati bor. Lidokainni mikdori oshirilsa uykuchanlik paydo buladi. kurish xususiyati kamayadi, kungil aynaydi, oyok-kul titraydi, talvasalar ruy beradi. Ogir xolatlarda yurak va kon tomirlar faoliyati uzgaradi, nafas kiyinlashadi.