Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari kursi 1972 yildan boshlab bakalavr ta’lim bosqichida pediatriya ishi, tibbiy pedagogika fakultetlariga operativ jarroxlik yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Kafedraning ilmiy-izlanish mavzusi – «Odam bo’g’imlari morfologik ko’rsatkichlarining yoshga qarab o’zgarishi» ga bag’ishlangan bo’lib, professor-o’qituvchilar shu mavzu bo’yicha ilmiy izlanish olib boradilar. O’quv yili davomida ham ilmiy ishlar kafedrada rejalashtirilgan va tasdiqlangan dasturi asosida olib boriladi.
Ilmiy tadqiqot ishlari professor Sh.M.Axmedov rahbarligida olib boriladi. Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari kursi qoshida tuzilgan innovatsion guruhning vazifalari: 1. Mustaqil tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining birlamchi bo’g’imlariga tadbiq qilish. 2. O’zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti, biomexanika laborotoriyasiga ilmiy – tadqiqot ishlarini o’rganishga tadbiq qilish. 3. Klinik sinovlarini o’tkazish.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida bir qancha laborator tekshiruvlar va ularning monitoringini olib borish asosida amaliyotga tadbiq qilish aktlari amalga oshirilmoqda. Odam bo’g’imlari morfologik ko’rsatkichlarining yoshga qarab o’zgarishi. Hamkorlar: Rossiya Tibbiy Akademiyasi Sibir bo’limi qoshidagi Klinik va eksperimental limfologiya ilmiy tekshirish instituti.
Qu’llanish sohasi: Ta’lim tizimida odam bo’g’imlarining morfologik ko’rsatkichlarining yoshga qarab o’zgarishini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o’rganish. Hamkorlik predmeti: – ta’lim tizimida hamda ilmiy-tadqiqod ishlarini zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amaliyotga tadbiq qilish; – ta’lim jarayonida hamda ilmiy-tadqiqod ishlarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida amaliyotga tadbiq etishning dasturiy ta’minotini yaratish; – ta’lim jarayonida va ilmiy-tadqiqod ishlarida AKTlardan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqish va amaliyotda qo’llash. Hamkorlik ishlari natijasida amalga oshirildi: – ta’lim jarayonida va ilmiy-tadqiqod ishlarini amalga oshirishda zamonaviy axborot tizimidan keng foydalanilmoqda; – ilmiy-tadqiqod ishlarini amalga oshirishda antropometriya, organometriya, morfometriya, sito-kariometriya va ularning biomexanikasi bo’g’imlarni o’rganishdagi asosiy usullardan keng foydalanilmoqda; Hamkorlik asosida olingan muhim natijalar: – ta’lim tizimida va ilmiy – tadqiqod ishlarini samarali tashkil qilishda zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining muhim rol o’ynashi asoslandi; – ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot kommunikayion texnologiyalarni qo’llashning dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi.
Kafedrada boshqa yo’nalishlarda ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda (buyrak usti bezi morfologiyasi, bo’yin limfa tugunlari morfologiyasi va hokazolar). Professor Sh.M.Axmedov boshchiligida kafedra xodimlaridan 4 kishi kandidatlik dissertatsiyasi himoya qilganlar (Saidmurodov A.M. – 1994 yilda; Tulemetov S.T. – 2000 yilda; Qobulova M.U. – 2001 yilda; Jalolov R.K. – 2002 yilda).
40 yil ichida Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari kafedrasida jami ilmiy maqola va tezislar 407 ta, shundan Xorijda 17 tasi chop etilgan. 2 ta monografiya va 11 ta risola chop etilgan. Talabalar ilmiy jamiyati va Jarrox to’garagi ilmiy ishlari. 2012 o’quv yilida 10 dan ortiq talabalar ilmiy ishlarini boshladilar. Ularga kafadraning professor-o’qituvchilari rahbarlik qildilar. Talabalar ilmiy anjumanida qatnashib, 3 ta tezis va 2 ta ma’ruza, 1ta devoriy dokladlari bilan ishtirok etdilar. Talabalar ilmiy jamiyati anjumaninig ochilishi Kirish so’zi: Rektor, prof.Daminov B.T. O’quv ishlari prorektori, prof. Iskandarov A.I. Asomov M.I. “Bolalarda chanoq-son bo’g’imining yoshli morfologiyasi” mavzusidagi ilmiy ishlari yakunlari haqida ma’ruza qilmoqda.
Talabalar ilmiy jamiyati anjumani ochilishi oldidan. Ilmiy anjuman qatnashchilati faxriy yorliqlar va sovg’alar bilan taqdirlanmoqdalar. TIT qatnashchilari prof. Sh.M.Axmedov bilan amaliy mashg’ulot darsida. Ular o’z ilmiy ishlari yuzasidan olib borilayotgan jarroxlik operasiyalari kirish yo;llari ustida suhbatlashmoqdalar.
Topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari kursi talabalar ilmiy jamiyati talabalari va “Jarrox” to’garagi qatnashchilari ilmiy izlanishda. Talabalar ilmiy jamiyati va to’garak a’zolari Germaniyalik mutaxasisslar bilan o’tkazilgan anjumanda fikr almashmoqdalar.
XIV – Yevroosiyo simpoziumi, 2-6 iyun 2018 yil Bishkek, Qirg’iziston Respublikasida (tashkilotchilar Qirg’iziston, Rossiya, Qozog’iston) professor Axmedov Sh.M. tashkiliy qo’mita a’zosi sifatida qatnashdi. Simpoziumda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta maqola Qirg’iziston-Rossiya «Vestnik» jurnalida chop etildi. Kafedraning barcha xodimlari sertifikat oldilar.
2018 yil 19-21 sentyabr Astraxanda Xalqaro Morfologlar Kongressi bo’lib o’tadi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 tezis shu Kogresga yuborildi.
Bundan tashqari 1 ta maqola «Pediatriya» ilmiy amaliy jurnalining №2 sonida chop etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqilgan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat. Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Barcha profеssor – o’qituvchilar, хodimlar Scopus хamda Scince Direct хalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan ro’yхatdan o’tishdi va har bir mutaхassisliklar bo’yicha adabiyotlar, maqola va ma’lumotlarni yuklab olish yo’lga qo’yildi. Yuklab olingan ma’lumotlar asosida ARMda ma’lumotlar bazasi shakillantirilmoqda. Hozirgi kunga kеlib yuklab olingan ma’lumotlar 168 tani tashkil etmoqda.