O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2019 yildagi PQ-4310-son qarori asosan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida tayyorlash tashkil etilgan.
Unga muvofiq:
birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalari va hududiy sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan tegishli sohalarda kadrlar tanqisligini inobatga olgan holda shakllantiriladigan talabnomalarga asosan oilaviy shifokorlar qabul qilinadi;
shifokorlarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida ularni taʼminlab turish uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi;
birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari yakunida shifokorlarga olingan ixtisoslik bo‘yicha faqatgina sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritish huquqini beruvchi belgilangan namunadagi sertifikat taqdim etiladi;
birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarini tamomlagan shifokorlar, ularni o‘qishga yo‘llagan muassasada egallangan tor mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yil ishlab berishlari shart;
talab etiladigan mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida o‘qitishning tartibi, dasturlari va muddatlari, shaxslarni birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslariga saralab olish kvotalari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab beriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 18 iyul 2022 yildagi birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul qilish buyrug‘iga asosan Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2022-2023 o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha mutaxassilar tayyorlanadi:
1. Anesteziologiya va reanimatologiya
2. Allergologiya va klinik immunologiya
3. Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
4. Bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan
5. Bolalar yuqumli kasalliklari
6. Ichki kasalliklar (terapiya)
7. Gematologiya va transfuziologiya
8. Laborotoriya ishi
9. Nefrologiya gemodializ bilan
10. Nutritsiologiya (ovqatlanish gigiyenasi)
11. Patolgik anatomiya
12. Psixiatriya
13. Pediatriya
14. Pulmanologiya
15. Sud tibbiyoti ekspertizasi
16. Tibbiy radiologiya
17. Ftiziatriya
18. Endokrinologiya
19. Epidemiologiya
20. Yuqumli kasalliklar.