2019 yil 2 oktyabr kuni Toshkent shahridagi International mehmonxonasida “Ma’lumotlar markazlari: iqtisodiyot, infrastruktura, xizmatlar” xalqaro konferensiyasi o’tkazildi. Unda ma’lumot markazlari va ular uchun muhim bo’lgan tizimlarni (yong’in havfsizligi, elektr quvvat boshqaruvi va h.k.) ta’minlovchi boshqa asbob-uskunalar ishlab chiqarish, konsalting, sifatni aniqlash va standartlash sohalaridagi Rossiya kompaniyalari va xalqaro kompaniyalar, shuningdek shu sohadagi ekspert va tahlilchilar ishtirok etishdi.
Konferensiyada ma’lumot markazlari, ularning turlari, ularning nazorat tizimlari, ularning kelajakdagi rivoji haqida batafsil ma’lumot berildi. So’ngi paytlarda iste’molchilar talablarini namoish etuvchi, AKT dunyosida ommalashayotgan va ma’lumot markazlarining rivojiga ta’sir ko’rsatuvchi trendlar keltirib o’tildi. Shu bilan birga, ma’luot markazlari rivojiga tahdid soluvchi faktorlar sanab o’tildi. Umumiy hisobda, O’zbekistonda ma’lumot markazlari qurilishida hisobga olinishi kerak bo’lgan barcha faktorlar muhokama qilindi. Mamlakat rivoji uchun ma’lumot markazlarining muhimligi mavzusi eslab o’tildi. Konferensiya ishtirokchilarining ta’kidlashlaricha, ma’lumot markazlari infrastrukturasini yaratish ta’lim (masofaviy ta’lim), tibbiyot (telemeditsina), internet banking (onlayn tranzaksiyalar), shuningdek electron hukumat sohalarining rivojlanishida kata rol o’ynaydi. Ma’lumot markazlarining qurilishi va ekspluatatsiyasi bo’yicha Rossiya va boshqa mamlakatlarning tajribalari, O’zbekistondagi ma’lumot markazlarining holati va MDH mamlakatlaridan farqlari muhokama qilindi. Ma’lumot markazlari va boshqa qurilmalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shu jumladan Schneider Electric, Atos, Tripp Lite kabi yirik kompaniyalar, O’zbekistonda ma’lumot markazlari qurish bo’yicha o’z takliflarini bildirdilar, shuningdek mamlakatdagi barcha omillarni hisobga olgan holda, sharoit va talablardan kelib chiqib, texnik va muhandislik jihatdan hammaga individual yondashishga tayyorligini bildirishdi. Konsalting tashkilotlari o’z xizmatlarini taklif etishdi, ma’lumot markazlarini qurishda O’zbekiston uchun xos bo’lgan ba’zi muammolarni hal qilish bo’yicha o’z tajriba va maslahatlarini ulashishdi.
Taqdimotlardan so’ng, korporativ va tijorat ma’lumot markazlarini taqqoslash, mijozlarning talablari, O’zbekistonda ma’lumot markazlarini qurishda milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda jahonning eng yaxshi tajribasini qo’llash savollari muhokama qilindi.