Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari uchun masofaviy ta’lim bo’yicha yo’riqnoma

Hurmatli Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat va magistratura talabalari!

2020 yil 1 aprel kunidan e’tiboran “Pediatriya ishi”, “Davolash ishi”, “Kasbiy ta’im (Davolash ishi)”, “Tibbiy-biologiya ishi”, “Oliy hamshiralik ishi” va magistraturaning barcha mutaxassisliklari bo’yicha masofaviy ta’lim tashkil etildi va yo’lga qo’yildi.

Quyida masofaviy ta’lim bo’yicha yo’riqnoma beriladi:

1. Institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan dars jadvallari asosida o’z mashg’ulotingiz jadvalini bilib olishingiz zarur.

2. Institutning rasmiy veb-saytida Moodle tizimida e’lon qilingan har bir kafedra uchun alohida mashg’ulot jadvaliga muvofiq fan bo’yicha o’qituvchini aniqlashtirish va o’qituvchiga murojaat qilish zarur.

3. Har bir guruh uchun alohida Telegram guruhi tashkil etilgan bo’lib, unga talabalardan tashqari o’qituvchi (lar) va guruh murabbiyi kiradi.

4. Semestr boshida institut kutubxonasidan olingan kitoblar to’plami, internet materiallar, shuningdek Moodle masofaviy ta’lim platformasi va institutning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan video-ma’ruzalar yordamida mustaqil ravishda mashg’ulot jadvali va har bir fan bo’yicha tematik rejaga muvofiq materialni o’zlashtirish zarur.

Moodle masofaviy ta’lim platformasiga moodle.tashpmi.uz manzili orqali o’tishingiz va quyidagi maxsus «login» va «kalit» dan foydalanib materiallardan foydalanish mumkin:

Login: student

Kalit: P@ssw0rd

5. Har bir mavzu o’zlashtirilgandan so’ng, mashg’ulot jadvali va fanlar rejasiga muvofiq talabalar o’z video-javoblarini (davmiyligi 10 daqiqa) tayyorlashlari shart, unda quyidagilar bo’lishi kerak:

– klinik fanlar uchun: etiologiya, patogenez, klinika, diagnostika, differentsial tashhisot, davolash, profilaktika);

– klinikadan oldingi fanlar uchun: mashg’ulot mavzusining asosiy mazmuni.

Quyida video-javobning na’munasi keltirilgan: (e’lon to’ldirilmoqda)

6. Tayyorlangan video-javob har kuni mashg’ulot jadvali va mavzular rejasiga muvofiq, talabalar tomonidan o’quv materiallarini o’zlashtiriganligini tasdiqlash uchun o’qituvchi (lar) va guruh murabbiyi bilan bo’lgan Telegram guruhiga yuborilishi zarur.

*Video-javobni yuborish imkoni bo’lmagan holda (Internetning mavjud emasligi), talaba o’z o’qituvchisini bu haqida xabardor qilishi va yozib olingan video-javobni alohida vositada (disk, fleshka) saqlashi va karantin davridan so’ng uni taqdim etishi va o’quv materiallarini o’zlashtirilganligini tasdiqlash zarur.

Agar talaba video-javobni (yuqoridagi ikkala holatda ham) o’z vaqtida – mashg’ulot bo’lgan kuni taqdim qilmasa, mashg’ulot o’zlashtirilmagan deb hisoblanadi.

2020 yil 15 martdan 2 aprelgacha bo’lgan muddat davomida o’tkazib yuborilgan mashg’ulotlar talabalar tomonidan yuqorida ko’rsatilgan tartibga muvofiq mavjud fanlarga parallel ravishda o’zlashtirilishi zarur. Aks holda o’tkazib yuborilgan mashg’ulotlar o’zlashtirilmagan deb hisoblanadi.