Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari uchun 2020 yil 16 noyabr kunidan boshlab an’anavij darslar boshlanadi.
Institutning 1-5-kurslari talabalari bosqichma-bosqich an’anaviy darslarga jalb qilinishi rejalashtirildi. Institut tomonidan ishlab chiqilgan reja-grafikga muvofiq talabalar an’anaviy darslarni boshlashi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– 16-noyabrdan – 5-kurs talabalari uchun;
– 19-noyabrdan – 4-kurs talabalari uchun;
– 24-noyabrdan – 3-kurs talabalari uchun;
– 26-noyabrdan – 2-kurs talabalari uchun;
– 28-noyabrdan – 1-kurs talabalari uchun.
Hozirda, institut ma’muriyati tomonidan an’anaviy shaklda darslarni boshlash uchun barcha tayyorgarlik ko’rilmoqda. O’quv binolarini pirometr, dozator va antiseptik vositalar bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.
Shu o’rinda, Siz talabalar va ota-onalardan quyidagilarga alohida e’tibor qaratishingizni so’raymiz:
– an’anaviy ta’lim boshlangach institut hududiga tibbiy niqobsiz kiritilmaydi;
– tana harorati 37 darajadan ortiq bo’lgan talabalar ham binolarga kiritilmaydi;
– talabalar o’zlari bilan qo’lni tozalovchi antiseptik vositalarni olib yurishlari tavsiya etiladi;
– institut hududida qo’l berib, quchoqlashib, o’pishib ko’rishish qat’iyan taqiqlanadi;
– o’zaro muloqotda oraliq masofani saqlash talab etiladi.
An’anaviy ta’lim bilan bog’liq bo’lgan batafsil ma’lumotlarni faqatgina fakultetlar dekanatlari orqali olishingiz mumkin.