Yaqin orada talabalarni «oflayn» ya’ni institut hududida o’qitishi yo’lga qo’yilishi munosabati bilan bugun, 2020 yil 14-noyabr kuni ToshPTI murabbiy-o’qituvchilari uchun mahsus, Innovatsiya markazi: Markaz direktori – Ashirbaev Sh.P., muhandis Ubaydullaev Z.A. va xodimlar jamoasi tomonidan, interaktiv elektron doskalar bilan ishlash bo’yicha o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Ushbu trening nafaqat nazariy bilimlarni, balki doskalardan foydalanishni ko’rgazmali namoyish etishga ham qaratildi. Trening davomida doskani ishga tushirishdan tortib, yangi hujjat yaratish va ishni yakunlashgacha, ya’ni, elektron interaktiv doska bilan ishlashning barcha ahamiyatga loyiq xususiyatlari tushuntirildi.
O’quv treningga, asosiy binoda joylashgan kafedralar o’qituvchilari taklif etildi. Bundan tashqari, trening davomida ishtirokchilarga doska bilan ishlash uchun qo’llanmalar ikki tilda (o’zbek va rus tillarida) tarqatildi. Jarayon, video formatida yozib olinib, institutning bulutli omboriga (files.tashpmi.uz) matn va video ko’rsatmalar tariqasida yuklanishi rejalashtirilmoqda. Bu esa, kelajakda foydalanish uchun asqotadi.