Hurmatli talabalar!

Xabaringiz bor, 2020 yilning fevral oyida institutimiz rektori tomonidan Toshkent pediatriya tibiyot institute talabalarini moddiy rag’batlantirish to’g’risida buyruqni imzolagan edi. Ushbu buyuqga muvofiq endi institutda alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo’lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, xalqaro va respublika miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g’oliblari bo’lgan davlat granti va to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalarni belgilangan stipendiyalariga nisbatan semestr mobaynida foizlik yoki bir martalik to’lov orqali qo’shimcha ravishda rag’batlantirish imkoni paydo bo’ldi.

Shu munosabat bilan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2020/2021 o’quv yilining 1-chi semestri natijalariga ko’ra talabalarni moddiy rag’batlantirish uchun tanlov e’lon qiladi.

Rag’batlantirish uchun ariza va hujjatlar 2021 yil 24 fevral kunidan 8 martga qadar qabul qilinadi.

Agar siz institut tomonidan rag’batlantirilishingizni hohlasangiz kerakli bo’lgan hujjatlaringizni kurs bo’yicha dekan muoviniga OFFLAYN tarzda taqdim etib stipendiyaga qo’shimcha ravishda ustamaga ega bo’ling.

1. 1-pediatriya fakulteti talabalari uchun:
Nishantaev Mahammadjon Kushmetovich – fakultet dekanining 1 kurs bo’yicha muovini;
Abdumadjidov Abdulxay Abdulxakovich – fakultet dekanining 2 va 3 kurslar bo’yicha muovini;
Umarov Toir Usmonovich – fakultet dekanining 4 va 5 kurslar bo’yicha muovini;
Ro’ziqulov O’ktam Shukurovich – fakultet dekanining 6 kurs bo’yicha muovini.

2. 2-pediatriya va biotibbiyot fakulteti talabalari uchun:
Islomov Abdumavlon Yo’ldoshevich – fakultet dekanining 1 kurs bo’yicha muovini;
Saidazimov Kamol Tulkunovich – fakultet dekanining 2 va 3 kurslar bo’yicha muovini;
Otamurodov Furqat Abdukarimovich – fakultet dekanining 4 va 5 kurslar bo’yicha muovini;
Umarov Jaxongir Toirovich – fakultet dekanining 6 kurs bo’yicha muovini.

3. Tibbiy-pedagogika va umumiy tibbiyot fakulteti talabalari uchun:
Musurmonqulov Jaxongir Maxamatjonovich – fakultet dekanining 1 kurs bo’yicha muovini;
Qarshiyev Dilshod Abduraxmanovich – fakultet dekanining 2 va 3 kurslar bo’yicha muovini;
Isayev Elshod Sultanovich – fakultet dekanining 4 va 5 kurslar bo’yicha muovini;
Qo’ziyev Otabek Jurakulovich – fakultet dekanining 6 kurs bo’yicha muovini.

4. Oliy malakali hamshira fakulteti talabalari uchun:
Tagaev Mamarazak Abdiyevich – fakultet dekan muovini.

5. Magistratura talabalari uchun:
Sangilov Umid Baxtiyarovich – magistratura dekani muovini;
Sobirov Jamoliddin Alimjanovich – magistratura dekani muovini.

Moddiy rag’batlanishga da’vogar talaba 2020/2021 o’quv yilining 1 semestri yakuni bo’yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
1. Rektor nomiga ariza (talaba tomonidan to’ldirilgan va imzolangan holda);
2. Pasport nusxasi (ro’yxatdan o’tish – propiska sahifasi bilan);
3. Reyting daftarchasi nusxasi (faqat 1-2 chi varaqlar va 2020/2021 o’quv yilining 1 semestri varaqi to’ldirilgan, imzolangan, tasdiqlangan holda);
4. Anketa (to’ldirilgan va imzolangan holda);
5. Mezonlar jadvali (to’ldirilgan, imzolangan, tasdiqlangan holda);
6. Moddiy rag’batlanishga da’vogar talabaga beriladigan ustaman asoslovchi hujjatlarning nusxalari (sertifikat, diplom, maqolalar, tezislar va h.q.) (imzolangan va tasdiqlangan holda);
7. Dekanat tavsifnomasi (to’ldirilgan, imzolangan, tasdiqlangan holda);
8. Talabalar Kengashining tavsiyanomasi (to’ldirilgan va imzolangan holda);
9. Yuqoridagi hujjatlar uchun fayl papkasi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarning to’ldirilmagan elektron nusxalarini hamda na’munaviy to’ldirilgan nusxalarini fakultetlar dekanatlari yoki institutining rasmiy veb-sayti orqali yuklab olishingiz mumkin:

Talabalarni rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan barcha savollarga batafsil javoblar fakultetlar dekanatlari, Talabalar Kengashi va Yoshlar Ittifoqi boshlang’sich tashkilotida yoki maxsus Telegram bot orqali beriladi:
@pooshrenie_bot

Izoh: * – hujjatlarni topshirishda talaba taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun shaxsan javobgardir. Hujjatlar noto’g’ri va / yoki to’liq to’ldirilmagan taqdirda talabaning arizasi ko’rib chiqilmaydi. Agar ma’lumot va/yoki hujjatlar soxtalashtirilgan bo’lsa, tanlov natijalari bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq talabaga nisbatan jarimalar qo’llaniladi.

Quyida stipendiyaga ustama olish uchun hujjatlarni topshirish bo’yicha bosqichma-bosqich yo’riqnoma keltiriladi

1. Talaba hujjatlarning to’ldirilgan namunalarini (anketa, ariza, mezon va tavsiyalar) institutning rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali o’rganib chiqishi va yuqoridagi hujjatlarni qanday qilib to’g’ri to’ldirishni tushunishi zarur:
https://tashpmi.uz/uz/2021/02/talabalarni-moddiy-ragbatlantirish-uchun-tanlov-elon-qilindi/

2. Talaba hujjatlarning to’ldirilmagan elektron nusxalarini (anketa, ariza, mezon, tavsifnoma va tavsiyanoma) institutning rasmiy veb-saytidan quyidagi havola orqali yuklab olishi zarur:
https://tashpmi.uz/uz/2021/02/talabalarni-moddiy-ragbatlantirish-uchun-tanlov-elon-qilindi/

3. Rektor nomiga ariza – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– rektor nomiga yuklab qo’yilgan arizaning elektron nusxasini to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring;
– uni chop eting;
– sanani qo’ying;
– hujjatga imzo cheking;
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

4. Pasport nusxasi – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– pasport ma’lumotlari va ro’yxatdan o’tish sahifalarini chop etish;
– faylni to’g’ri nomlang;
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

5. Reyting daftarchasining nusxasi – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– fan, o’qish soatlari, ballar, reyting, o’qituvchining F.I.SH. va sana ko’rsatilgan holda reyting daftarchasini to’ldiring;
– har bir fan bo’yicha kafedra mudirlari tomonidan reyting daftarchasini imzolating;
– reyting daftarchasini muhr bilan tasdiqlang (dekanat);
– 1-2-beti  va 2020/2021 o’quv yilining 1-semestrining sahifasini chop eting;
– reyting daftarchasini muhr bilan tasdiqlang (dekanat);
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

6. Ariza – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– arizani to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z ma’lumotlaringiz bilan to’ldiring;
– uni chop eting;
– 3×4 sm o’lchamdagi rasmingizni yopishtiring;
– hujjatga imzo cheking va tegishli shaxslarga imzolating;
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

7. Mezonlar jadvali – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– moddiy rag’batlantirish uchun asos bo’lgan mavjud hujjatlarga muvofiq to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab mezonlar jadvalida ustama miqdorini belgilaydigan maydonni va tegishli bandlarni ma’lumotlar bilan to’ldiring;
– uni chop eting;
– hujjatga imzo cheking va tegishli shaxslarga imzolating;
– hujjatni muhr bilan tasdiqlang (dekanat);
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

8. Stipendiyaga ustama olish uchun asos bo’lgan hujjatlar nusxalari – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– hujjatlarni chop eting;
– hujjatlarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorda (Gulyamov Surat Saidvaliyevich) imzolating;
– hujjatlarni muhr bilan tasdiqlang (gerbli);
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

9. Yoshlar ittifoqi va talabalar kengashining tavsiyanomasi – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– o’z g’alaba va yutuqlaringizni ko’tsatib o’tgan holda to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z nomingizga tavsiyanoma yozing;
– yoshlar ittifoqi va talabalar kengashi fakultet raislarini to’g’ri ko’rsatib o’ting;
– uni chop eting;
– yoshlar ittifoqi va talabalar kengashi fakultet raislariga murojaat qiling va hujjatni o’rganish natijalari bo’yicha tavsiyanomani imzolating;
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

10. Dekanat tavsifnomasi – talaba qilishi lozim bo’lgan ishlar:
– o’z g’alaba va yutuqlaringizni ko’tsatib o’tgan holda to’ldirilgan namunadagi nusxaga o’xshab o’z nomingizga tavsifnoma yozing;
– fakulteti dekani va dekan muovinini to’g’ri ko’rsatib o’ting;
– uni chop eting;
– hujjatni tegishli shaxslarga imzolating;
– hujjatni muhr bilan tasdiqlang (dekanat);
– hujjatni Fayl papkasiga qo’ying.

11. Yuqoridagi barcha hujjatlarni bitta fayl papkasida quyidagi tartibda to’plang:
1. Titul
2. Ariza
3. Pasport nusxasi
4. Reyting daftarining nusxasi
5. Anketa
6. Mezon
7. Stipendiyaga ustama olish uchun asos bo’lgan hujjatlar nusxalari
8. Dekanat tavsifnomasi
9. Yoshlar ittifoqi va talabalar kengashining tavsiyanomasi

12. Institutdan qayta aloqani kuting va aloqada bo’ling.

Yoshlar Ittifoqi fakultet yetakchilari:

— 1-pediatriya fakulteti yetakchisi – Aymuradov U’lug’bek Tojiddin o’g’li
t.me/Dr_Aymuradov95
+998 91 226 25 24

— 2-pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti yetakchisi — To’xtaeva Jayrona To’lqin qizi
t.me/Jayronamedik
+998 93 598 97 70

— Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti yetakchisi — Mirxoshimov Mirsobit Botir o’g’li
t.me/mmb0101
+998 90 990 09 82

— Oliy malakali hamshira fakulteti yetakchisi — O’ktamova Nurjaxon Komiljon qizi
t.me/Nurjahon_0109
+998 99 129 36 21

— Magistratura fakulteti yetakchisi (v.v.b.) — Shukurov Saidnosir Ziyodulla o’g’li
t.me/Saidnosir
+998 97 470 59 56

Talabalar Kengashi fakultet raislari:

— 1-pediatriya fakulteti raisi — Xolmuminov Zufarjon Ulug’bekovich
t.me/Dr_Ulugbekovich
+998 99 013 07 09

— 2-pediatriya va tibbiy-biologiya fakulteti raisi — Norov Muxammadjon Abdurahmonovich
t.me/Norovm
+998 97 731 43 77

— Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti raisi — Kariyev Saidaziz Saidahrorovich
t.me/saidazizkariev
+998 93 530 40 50

— Oliy malakali hamshira fakulteti raisi — Abdullaeva Aziza Shovkat qizi
t.me/Azi_Abdullaeva
+998 90 970 07 23

— Magistratura fakulteti raisi — Ismoilov Bekzod Baxtiyorovich
t.me/ismoilovbegi
+998 90 910 14 91