2021 yil 21 aprel kuni Buyuk Britaniyaning oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yorituvchi va universitetlar faoliyatini baholab boruvchi Times Higher Education tashkiloti o’zining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini e’lon qildi.

Unga binoan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 100 balldan 36.5 ball to’plab, umumiy reyting bo’yicha dunyoning 1115 ta universitetlari orasida 801-1000 o’rinni qayd etdi.

University Impact Ranking 2015 yilda BMTga a’zo barcha mamlakatlar tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan bo’lib, u dunyo universitetlarining o’z mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo’shgan hissasini baholash uchun yaratilgan.

Jami 20 ming OTMda olib borilgan o’rganishlar natijasida bu galgi reytingga faqat 1115 ta OTM kiritildi.

Reytingdan, shuningdek O’zbekistonning boshqa 11 ta OTMlari o’rin olishdi.