Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida ko’p yillar samarali mehnat qilib hurmat e’tibor qozongan yurtdoshlarimiz Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “Mehnat fahriysi” (I darajali, oltin yulduz) ko’krak nishoni bilan taqdirlandilar.

E’tiborlisi, taqdirlanganlar qatorida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti vakillarining ham mehnatlari e’tirof etildi va ular ham mukofotlandi.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimidan:

DAMINOVA Malika Nasirovna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi;

MIRZAYEVA Mamlakat Aynakulovna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori;

NAZAROV Ozod Ahmedovich – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori;

FAYZIYEVA Muhabbat Fayziyevna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan:

TURDIEVA Kavsar Sheralievna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining O’zbek, rus va lotin tillari kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari nomzodi.

Taqdirlanganlarning to’liq ro’yhati bilan “Nuroniy” gazetasida hamda Fikrat.uz saytida tanishing.