Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Tibbiy-pedagogika va davolash fakulteti rahbariyati, professor-o’qituvchilari va volontyorlik guruhi a’zolari ishtirokida Yunusobod tumanidagi «Beg’ubor» MFY guzarida «1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so’zga chiqqan instituti dotsenti X.X.Ahrorov, assistentlar M.Akbarova, B.Ergashev va talabalar Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida bolajonlarimizning mehr-muhabbat, ulkan g’amho’rliklar og’ushida voyaga yetishi uchun olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga alohida to’htaldilar.

Shundan so’ng, talaba-yoshlar tomonidan bolajonlar uchun turli sahna ko’rinishlari namoyish etildi, kuy-qo’shiqlar va raqslar ijro etildi. Tadbir so’nggida bolajonlarga esdalik sovg’alar va kitoblar taqdim etildi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy Telegram kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAEWXCZVyD3l3YAR2zg