Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Teri-tanosil, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi dermatovenerologlar va pediatrlarni «Dermatovenerologiyaning bolalik davridagi rivojlanish istiqbollari» nomli 2-chi xalqaro ishtirokidagi ilmiy-amaliy onlayn anjumanda ishtirok etish uchun taklif etadi.

Anjuman 2021 yil 15-iyun kuni soat 11:00 da Zoom elektron platformasida onlayn formatda bo’lib o’tadi va unda yetakchi mutaxassis – dermatologlarning bolalardagi teri kasalliklarining dolzarb muammolari bo’yicha ma’ruzalari mahorat darslarini o’tkazish ko’zda tutilgan.

Zoom anjumaniga ulanish uchun havola:
https://us02web.zoom.us/j/2346282439?pwd=YTBLMlJhRlZmVklaa2QwK252WHJZQT09

Anjuman identifikatori: 234 628 2439
Kirish kodi: 0202

Onlayn anjumanda ishtirok etish uchun amaliyotdagi shifokor – dermatologlar, magistrantlar, klinik ordinatorlar, doktorantlar va ilmiy xodimlar taklif etiladi.

Anjumanda ishtirok etish BEPUL.

Anjumanda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ma’ruzalar oq’ilishi rejalashtirilgan:
1. Epidemiologiya va bolalik davrida keng tarqalgan dermatozlarning klinik hususiyatlari (dermatitlar va ekzematoz kasalliklar, atopik dermatit, psoriaz, vitiligo, genodermatozlar, kollagenozlar, pufakli dermatozlar);
2. Bolalik davrida terining yuqumli kasalliklari (piodermiyalar, virusli va parazitar dermatozlar, dermatomikoz, tug’ma zaxm, terining sil kasalligi);
3. Bolalik davrida kam uchraydigan dermatozlari (nevuslar, gemangiomalar, mastotsitoz, pigmentli kseroderma, pigmentlarni tutmaslik kasalligi);
4. Bolalarda COVID-19 infektsiyasining klinik ko’rinishlari va ekzantematoz kasalliklar;
5. Bolalarda irsiy dermatozlarning zamonaviy diagnostikasi va davolashga innovatsion yondashuvlar (ixtioz, tug’ma bulyoz epidermoliz, enteropatik akrodermatit va boshqalar);
6. Bolalarda surunkali teri kasalliklarni davolash, profilaktika, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalari.

Anjuman tillari: o’zbek, rus, ingliz

Anjuman ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

*Sertifikat olish uchun ishtirokchilar 2021 yil 15 iyun soat 11.00 ga qadar quyidagi shakl orqali yoki quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishlari lozim – https://forms.gle/nMTDFWgYdxwdqTDy5.

Anjuman materiallari asosida to’plam tayyorlanadi.

Qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun quyidagi telefon raqami va elektron pochta manzili orqali bog’laning:
+998903743181 Mun Andrey Vitalyevich, andrey_mun@yahoo.com

Anjuman dasturi quyida ilova qilingan.