2021 yil 15 iyun kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutida «Bolalik davridagi dermatovenerologiyaning rivojlantirish istiqbollari» xalqaro ishtirokida 2-ilmiy-amaliy onlayn-konferentsiya bo’lib o’tdi.
Anjumanning asosiy maqsadi: bolalar dermatovenerologiyasi bo’yicha davolash-profilaktika dasturlari va chora-tadbirlarini ishlab chiqishda olimlar va amaliyotchi shifokorlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish, ushbu sohaning turli yo’nalishlari bo’yicha olimlar va amaliyotchilar o’rtasida munozara va tajriba almashish, bolalar dermatovenerologiyasi xizmatini takomillashtirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, teri kasalliklari va bolalar o’rtasida jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarni ni kamaytirish kabilardan.
Anjumanda 300 dan ortiq O’zbekistonning barcha mintaqalaridan yetakchi olimlar va mutaxassislar (dermatovenerologlar, pediatrlar, allergistlar, yuqumli kasalliklar bo’yicha mutaxassislar), yosh olimlar, magistrantlar, klinik ordinatorlar, doktorantlar, tadqiqotchilar, shuningdek Rossiya va Qirg’izistondan mehmonlar ishtirok etdilar.
Anjuman onlayn tarzda Zoom elektron platformasida o’tkazildi va unda mahorat darslari, ma’ruzalar va yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar – dermatologlarning bolalardagi teri kasalliklarining dolzarb muammolari bo’yicha ma’ruzalari tinglandi.
Anjumanda bolalar dermatovenerologiyasi, epidemiologiyasi va va bolalik davrida keng tarqalgan dermatozlarning klinik hususiyatlari, bolalik davrida terining yuqumli kasalliklari, bolalik davrida kam uchraydigan dermatozlari, bolalarda COVID-19 infektsiyasining klinik ko’rinishlari va ekzantematoz kasalliklar, bolalardagi irsiy dermatozlarning zamonaviy diagnostikasi va davolashga innovatsion yondashuvlar, bolalarda surunkali teri kasalliklarni davolash, profilaktika, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalari bo’yicha asosiy tashkiliy va amaliy yutuqlar haqida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari zamonaviy ilmiy va amaliy yutuqlar bilan tanishdilar, tajriba almashdilar, kasal bolalarni davolashda yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
Anjuman materiallari asosida to’plam tayyorlandi.
Anjuman O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston, Dermatovenerologlar Assotsiatsiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ko’magida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Teri-tanosil, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Dermatovenerologiya kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Ushbu anjuman bolalar dermatovenerologiyasining dolzarb masalalari bo’yicha fikr va tajriba almashish imkoniyatini yaratishga mo’ljallangan o’ziga xos munozara maydoniga aylandi.