Hurmatli bitiruvchilar, 2021-2022 o’quv yilida magistratura bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish onlayn tarzda http://magistr.edu.uz elektron manzili orqali amalga oshirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziriligining 2021 yil 12 maydagi 6-son “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga muvofiq magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklariga mos bakalavr ta’lim yo’nalishlari bir hil belgilangan.

Hozirgi kunga qadar magistraturaga qabul bo’yicha tushgan arizalar soni va mutaxassisliklar va tillar kesimida tanlovni quyidagi havola orqali onlayn kuzatib borish imkoningaiz mavjud:
https://magistr.edu.uz/qabul-rejasi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash” to’g’risidagi 393-son qaroriga asosan magistraturaga hujjatlarni qabul qilish 30 iyulgacha davom etadi.

Sizlarga Toshkent pediatriya tibbiyot institutida magistraturada ta’lim olishingiz uchun hujjat topshirish imkoniyatingiz borligini eslatib o’tamiz.

Institutimizda qabul jarayoni bo’yicha “Call-center” tashkil etilgan va siz quyidagi telefon orqali o’zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

“Call-center”
+99878 150-51-51

▶️@daminovbotirturgunpulatovich
▶️@tashpmi_press