O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 avgustdagi 207-sonli buyrug’iga asosan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-sonli «2021/2022 o’quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to’g’risida»gi buyrug’iga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

2021/2022 o’quv yili uchun Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul muddati 10 sentabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi.

Eslatib o’tamiz, koronavirus infeksiyasi bilan bog’liq pandemiya sharoitida 2021/2022 o’quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura) qabulida hujjat topshiruvchi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida ro’yhatdan o’tish jarayoni onlayn tarzda – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining rasmiy veb-saytida quyidagi havola orqali amalga oshiriladi:
https://docs.google.com/forms/d/1lBYSEEzyS9bTLzbKFJf1zifWLuzLhuQ8blAgCwm4AAM/edit

Klinik ordinatura bo’yicha qabul komissiyasiga topshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ro’yxati:
1. Klinik ordinatura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda institut rektori nomiga ariza (ariza namunasini ro’yxatdan o’tganda yuklab olish mumkin – yuqoridagi havola);
2. Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjat (yoki diplomgan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun);
3. Oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatning (yoki diplomgan ko’chirma – O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) ilovasi;
4. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
5. Pasport;
6. Chet tilini bilish darajasi haqidagi milliy (Davlat test markazi sertifikati) yoki xalqaro (IELTS, TOEFL, Cambridge Assessment English FCE, Goethe-Zertifikat, TestDAF, DSD, DELF, TCF) sertifikat (mavjud bo’lsa);
7. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat (mavjud bo’lsa).

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-sonli «2021/2022 o’quv yilida klinik oridnatura (rezidentura)ga qabul qilish to’g’risida»gi buyrug’iga asosan klinik ordinaturaga o’qishga qabul qilishda chet tili bo’yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo’yicha maksimal ball beriladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 395-son «Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga hujjat topshirgan milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo’lgan talabgorlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
 ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
 yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
 nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
 fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Тest de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
– boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

O’qish muddatining normativi: 2 yil

O’qish shakli: kunduzgi

Qabul qilish to’g’risidagi buyruq: 2021 yil 20 sentabr

ToshPTIda 2021/2022 o’quv yili bo’yicha klinik ordinaturada o’quv jarayonini boshlanishi (respublikadagi epidemiologik vaziyat va karantin tartiblarini inobatga olgan holda): 2021 yil 20 sentabr

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 2021/2022 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etildi.

Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog’lanib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Murojaatlar uchun telefon raqamlar:
+99878 1505151.

“Call-center”ning ish rejimi:

dushanbadan shanbagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

ToshPTI klinik ordinaturasiga qabul bo’yicha Mas’ul kotib – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Muhamedhanova Shaxnoza Turgudovna.

Klinik ordinaturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi.
birinchi bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo’yicha test sinovlari – 2021 yilning 10 sentabrdan 15 sentabr oralig’ida;
ikkinchi bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari – 2021 yilning 16 sentabrdan 20 sentabr oralig’ida o’tkaziladi.

Klinik ordinaturaga qabul test sinovlarini o’tkazish sanasi institutning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

MUHIM! Test sinovi o’tkaziladigan hududga kirishda tana harorati 37,0 C dan yuqoriligi aniqlangan ishtirokchini test sinovlariga kiritmasdan dalolatnoma tuzib, tibbiy tekshiruv o’tkazish uchun hududga biriktirilgan tibbiyot xodimiga topshiriladi. Bunda tibbiy tekshiruvidan o’tkazilgan va koronavirus kasalligi aniqlanmagan (PZR – «manfiy») ishtirokchilar uchun test sinovlari to’liq yakunlangandan so’ng to’rtinchi kuni test sinovlari o’tkaziladi.

MUHIM! Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Klinik ordinatura to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq klinik ordinaturaga kirish uchun bir vaqtning o’zida bir nechta yo’nalish va muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi. Aks holda hujjatlar qabuli bekor qilinadi.

2021/2022 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinik ordinaturasi (rezidentura) bo’yicha davlat buyurtmasi asosida o’qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar bo’yicha taqsimlanishi

Eslatib o’tamiz, kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 avgustdagi 207-sonli buyrug’iga muvofiq klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarini 2021/2022 o’quv yilida tayyorlash bo’yicha mutaxassisliklari va ularga muvifoq keluvchi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati tasdiqlangan:

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 12 maydagi 6-son (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2021 yil 12 may kuni 3303-son raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi tasdiqlangan.

Hokimlik to’lov-kontrakti – hudud uchun zarur bo’lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash maqsadida viloyat hokimliklari tomonidan mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan hokimlik to’lov-kontrakti asosida ta’lim olish uchun ajratilgan kvotalar.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-sonli «2021/2022 o’quv yilida klinik oridnatura (rezidentura)ga qabul qilish to’g’risida»gi buyrug’iga muvofiq hokimlik to’lov-kontrakti asosida ta’lim olgan shifokorlarga tegishli viloyatga borib, uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.

Egallanadigan mutaxassisliklar hususiyatlari to’g’risida ma’lumot

AKUSHERLIK VA GINEKOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Akusherlik va ginekologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Anesteziologiya va reanimatologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASI VA REANIMATOLOGIYASI
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

BOLALAR VA O’SMIR QIZLAR GINEKOLOGIYASI
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Bolalar va o’smir qizlar ginekologiyasi
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

BOLALAR XIRURGIYASI
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Bolalar xirurgiyasi
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

BOLALAR YUQUMLI KASALLIKLARI
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Bolalar yuqumli kasalliklari
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

DERMATOVENEROLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Dermatovenerologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

TERAPIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Terapiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

KARDIOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Kardiologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

NARKOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Narkologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

NEVROLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Nevrologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

NEYROXIRURGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Neyroxirurgiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

NEONATOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Neonatologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

OTORINOLARINGOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Otorinolaringologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

OFTALMOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Oftalmologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

PEDIATRIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Pediatriya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

PSIXIATRIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Psixiatriya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

TIBBIY RADIOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Tibbiy radiologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

TRAVMATOLOGIYA VA ORTOPEDIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Travmatologiya va ortopediya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

UMUMIY ONKOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Umumiy onkologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

XIRURGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Xirurgiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

FTIZIATRIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Ftiziatriya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Shoshilinch tibbiy yordam
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

ENDOKRINOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Endokrinologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

EPIDEMIOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Epidemiologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Tibbiy profilaktika ishi» — 5510300

YUQUMLI KASALLIKLAR
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Yuqumli kasalliklar
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

NEYROREABILITOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Neyroreabilitologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

ALLERGOLOGIYA VA KLINIK IMMUNOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Allergologiya va klinik immunologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

GEMATOLOGIYA VA TRANSFUZIOLOGIYA
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Gematologiya va transfuziologiya
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

NEFROLOGIYA GEMODIALIZ BILAN
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Nefrologiya gemodializ bilan
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Davolash ishi» — 5510100«Kasb ta’limi (Davolash ishi)» — 5111000

BOLALAR NEFROLOGIYASI GEMODIALIZ BILAN
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Bolalar nefrologiyasi gemodializ bilan
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

BOLALAR NEVROLOGIYASI
Ta’lim yo’nalishi: Tibbiy (klinik) mutaxassisliklar
Mutaxassislik nomi: Bolalar nevrologiyasi
Ta’lim pog’onasi: oliy ta’limdan keyingi ta’lim – kadrlarni qayta tayyorlash
O’qish muddatining normativi: 2 yil
O’qish shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o’zbek, rus
Qabul qilish uchun asosiy oliy tibbiy ma’lumot (bakalavriat) yo’nalishi: «Pediatriya ishi» — 5510200

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul qilish to’g’risida batafsil ma’lumotni «Klinik ordinatura» sahifasida olishingiz mumkin.Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul qilish to’g’risida batafsil ma’lumotni «Klinik ordinatura» sahifasida olishingiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 avgustdagi 207-sonli «O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-sonli buyrug’iga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi buyrug’ining to’liq matni bilan bu yerda tanishishngiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 iyuldagi 172-sonli «2021/2022 o’quv yilida klinik oridnatura (rezidentura)ga qabul qilish to’g’risida»gi buyrug’ining to’liq matni bilan bu yerda tanishishngiz mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 12 maydagi 6-son (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2021 yil 12 may kuni 3303-son raqami bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) “Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash to’g’risida”gi buyrug’ining to’liq matni bilan bu yerda tanishishngiz mumkin.

@daminovbotirturgunpulatovich
@tashpmi_press