2021-yil 10-da ToshPMI Innovatsiyalar markazi xodimlari I.P.Virxov, M.O.Qodirova, X.Sunnatov, U.U.Sadatov va Koreyaning Seul shahridagi Kyung Xi universitetidan proff.N.Yu. Li va O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligidan Rahmonov F. bilan birgalikdagi uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda tibbiyot sohasida sun’iy intellektni rivojlantirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildilar. Uchrashuvda TashPMI Innovatsiya markazida sog‘liqni saqlashda sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bir qator qiziqarli ishlanmalar mavjud bo‘lgani, shu munosabat bilan ToshPMI AKT vazirligida bo‘lib o‘tadigan seminarda nutq so‘zlash uchun taklif etilgani ta’kidlandi.
Koreyalik mutaxassis o‘zini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislarimizdan kerakli javoblarni oldi. Bundan tashqari, mazkur sohadagi kamchiliklar, maqsad va rejalar hamda istiqboldagi rivojlanish konsepsiyasi yuzasidan fikr almashildi.
ToshPTI IM xodimlarining ilmiy-amaliy maqolalari katta qiziqish uyg‘otdi va shu munosabat bilan Koreya oliy o‘quv yurtlari bilan bu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.