02.02.2022 yil, ToshPTI Innovatsiya markazi direktori – Ashirboev Sh.P. boshchiligida markaz mutaxassislari – Virxov I.P., Qodirova M.O., Sunnatov X.B., Sadatov U.U. va Mamadullaev B.N. Fakultet dekan muovinlari – Djumaev O., Jamollidinov S., Toshmurodov F. va Musurmonqulov J. bilan “1 Million Uzbek Coders” loyihasini amalga oshirish bo’yicha uchrashuv o’tkazishdi.
Uchrashuv davomida markaz direktori – Ashirbaev Sh.P. loyiha haqida va OO’MTV topshirig’ini bajarish doirasida ajratilgan 800 ta ToshPTI talabalari va yosh olimlaridan tashkil topgan kvotalar haqida qisqacha ma’lumot berdi. Shuningdek, bakalavriat va magistratura fakultetlari talabalaridan tashkil topgan loyiha qatnashchilarini va o’quv jarayoni natijalarini yozib borish uchun tarmoqdagi xujjat taqdim etildi. Uchrashuvda ushbu onlayn o’quv kurslari tibbiyot sohasida, ayniqsa ma’lumotlarni tahlil qilishda qanchalik muhim ekanligi ta’kidlab o’tildi. Uchrashuv davomida dekanat tomonidan bajariladigan ishtirokchilarni yig’ish va ro’yxatga olish ishlarining muddati belgiandi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Innovatsiya Markazi direktori Ashirbaev Sh.P. agar talaba yoki o’qituvchi o’quv jarayonida biror qiyinchilikka duch kelsa, Innovatsiya Markazi mutaxassislari ularning muammosini hal qilishga yordam berishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.