2022 yil 3-5 iyun kunlari “Millat Umidi” jamg`armasi,  Cambridge International University hamda O`zbekiston Respublikasi ITPark rahbarligida “Cambridge Coding Festival” mavzusida 3 kunlik hackaton bo«lib o`tdi

100 mln so`mlik pul  jamg`armaga ega bo`lgan  hackaton bo`lib o`tdi. Hackatonda 16 yoshdan 20 yoshgacha bo`lgan yosh dasturchilar  guruh-guruh bo`lib qatnashdilar.

 Hackatonda institutimiz Innovatsiya markazi mutaxassisi Mamadullayev Bobomurod o`zining “Alphabet” jamoasi bilan birgalikda “Motivation Profile” 33 ta testga asoslangan foydalanuvchini ruhlantiruvchi 12 motivatsion omillardan birini aniqlab beruvchi IOS mobil ilovalari  bilan ishtirok etdilar.

Hackatonni so`ngi kunida ishtirokchilar o`z loyihalarini namoyish qilib berishdi. 1-o`rin qatnashchilari 50 mln, 2 -o`rin ishtirokchilari 30 mln, 3 o`rin ishtirokchilari 20 mln so`m va qolgan ishtirokchilar serifikatlar bilan taqdirlandilar.